So’zlar | o’ninchi so’z | 75
(38-89)
MUQADDIMA
(Hashr aqidasining juda ko’p ruhiy foydalaridan va hayotiy natijalaridan birgina jome` natijani muxtasar shaklda bayon va inson hayotiga, xususan ijtimoiy hayotiga qay darajada kerakli va zaruriy ekanini izhor va bu hashrga iymon aqidasining juda ko’p hujjatlaridan birgina kulliy hujjatini muxtasar shaklda ko’rsatmoq va u hashriy aqida qanchalik yaqqol va shubhasiz ekanini ifoda etmoqdan iborat bo’lib "Ikki Nuqtda"dir.)
BIRINCHI NUQTA: Oxirat aqidasi insonning ijtimoiy va shaxsiy hayotining ussul asosi va saodati va kamolotining asoslari bo’lganiga yuzlab dalillaridan bir miqyos tarzida faqat to’rttasiga ishorat etamiz.
Birinchisi: Navi basharning deyarli yarmisini tashkil etgan bolalar, faqat Jannat fikri ila ularga dahshatli va yig’latadigan bo’lib ko’ringan o’limlarga va vafotlarga qarshi chiday oladilar va g’oyat zaif va nozik vujudlarida bir ma`naviy quvvat topa oladilar va har narsadan tez yig’lagan g’oyat bardoshsiz ruhiy tabiatlarida u Jannat ila bir umid topib masrurona yashay oladilar. Masalan, Jannat fikri ila der: "Mening ukam yoki o’rtog’im o’ldi, Jannatning bir qushi bo’ldi. Jannatda kezar, bizdan yanada go’zal yashar". Aks holda har vaqt atrofida o’zi kabi bolalarning va kattalarning o’limlari u zaif bechoralarning qo’rquv to’la ko’zlariga urilishi bardoshlarini va ma`naviy quvvatlarini yakson qilib, ko’zlari bilan birga ruh, qalb, aql kabi latifalarini ham shunday yig’lattirajak ediki yo mavh, yo devona bir badbaxt hayvon bo’lar edi.
Ikkinchi dalil: Navi insonning bir jihatdan yarmi bo’lgan keksalar, yolg’iz uxroviy hayot ila shundoq oldilarida bo’lgan qabrga qarshi bardosh qila oladilar. Va ko’p tomondan aloqador bo’lgan hayotlarining yaqinda so’nmog’iga va go’zal dunyolarining berkilmog’iga muqobil bir tasalli topa oladilar va boladay bo’lib qolgan juda ta`sirchan ruhlarida va tabiatlarida o’lim va zavoldan chiqqan alamli va dahshatli ma`yusiyatga qarshi faqat boqiy hayot umidi ila yenga oladilar. Bo’lmasa u shafqatga loyiq u muhtaramlar va xotirjamlikka va qalb istirohatiga juda muhtoj u tashvishli otalar va onalar, shunday bir ruhiy faryod va bir qalbiy iztirobni his etar edilarki, bu dunyo ular uchun zulmatli bir zindon va hayot ham qayg’uli bir azob bo’lar edi.
Uchinchi dalil: Insonlar ijtimoiy hayotining madori bo’lgan yoshlar va o’smirlarning shiddatli g’alayonda bo’lgan hissiyotlarini va haddidan oshiruvchi bo’lgan nafs va havolarini tajovuzlardan va zulmlardan va buzishlardan saqlagan va ijtimoiy hayotning go’zal ketishini ta`min etgan yolg’iz Jahannam fikridir. Aksincha, Jahannam qo’rqo’vi bo’lmasa "Al-hukmu lil-g’olib" qoidasi ila u sarxush o’smirlar havasotlari deb bechora zaiflarga, ojizlarga dunyoni Jahannamga aylantirar edilar va yuksak insoniyatni g’oyat tuban bir hayvoniyatga aylantirar edilar.
To’rtinchi dalil: Navi basharning dunyoviy hayotida eng jamiyatli markaz va eng asosli zambarak va dunyoviy saodat uchun bir Jannat, bir omonlik joyi, bir najotgoh oila hayotidir. Va harkasning xonadoni kichik bir dunyosidir. Va u xona va oila hayotining hayoti va saodati esa samimiy va jiddiy va vafodorona hurmat hamda haqiqiy va shafqatli va fidokorona marhamat ila bo’lishi mumkin va bu haqiqiy hurmat va samimiy marhamat esa abadiy bir do’stlik va doimiy bir hamrohlik va sarmadiy bir barobarlik va cheksiz bir zamonda va hududsiz bir hayotda bir-biri bilan padarona, farzandona, birodarona, do’stona munosabatlarning bo’lish fikri, aqidasi ila bo’lishi mumkin.
Аудио мавжуд эмас