So’zlar | o’ninchi so’z | 73
(38-89)
Yana bular kabi yaqqol Qur`on oyatlarini tinglab, "Ishondik va tasdiq etdik" deyaylik.


آمَنْتُ بِاللّهِ وَ مَلئِكَتِهِ وَ كُتُبِهِ وَ رُسُلِهِ وَ الْيَوْمِ اْلآخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ مِنَ اللّهِ تَعَالَى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ وَ اَنَّ الْجَنَّةَ حَقٌّ وَ النَّارَ حَقٌّ وَ اَنَّ الشَّفَاعَةَ حَقٌّ وَ اَنَّ

مُنْكَرًا وَ نَكِيرًا حَقٌّ وَ اَنَّ اللّهَ يَبْعَثُ مَنْ فِى الْقُبُورِ اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّهِ

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى اَلْطَفِ وَ اَشْرَفِ وَ اَكْمَلِ وَ اَجْمَلِ ثَمَرَاتِ طُوبَاءِ رَحْمَتِكَ الَّذِى اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ وَ وَسِيلَةً لِوُصُولِنَا اِلَى اَزْيَنِ وَ اَحْسَنِ وَ اَجْلَى وَ اَعْلَى ثَمَرَاتِ تِلْكَ

الطُّوبَاءِ الْمُتَدَلِّيَةِ عَلَى دَارِ اْلآخِرَةِ اَىِ الْجَنَّةِ. اَللّهُمَّ اَجِرْنَا وَ اَجِرْ وَالِدَيْنَا مِنَ النَّارِ وَ اَدْخِلْنَا وَ اَدْخِلْ وَالِدَيْنَا الْجَنَّةَ مَعَ اْلاَبْرَارِ بِجَاهِ نَبِيِّكَ الْمُخْتَارِ آمِينَ

Ey shu risolani insof bilan mutolaa etgan qardosh! "Nima uchun bu "O’ninchi So’z"ni birdan tamomi ila anglay ololmayotirman"- demagin va batamom anglamaganing uchun siqilma. Chunki Ibn Sinodek bir dohiyi hikmat, اَلْحَشْرُ لَيْسَ عَلَى مَقَايِيسَ عَقْلِيَّةٍ degan. "Iymon keltiramiz, faqat aql bu yo’lda ketolmas"- deya hukm etgandir. Ham butun Islom olimlari: “Hashr naqliy bir masaladir, dalili naqliydir. Aql bilan unga yetilmas",- deya bir ovozdan hukm chiqarganlari holda, albatta bu qadar chuqur va ma`nan juda yuksak bir yo’l; birdaniga bir umumiy aqliy yo’l hukmiga o’tolmas. Qur`oni Hakimning fayzi ila va Xoliqi Rahiymning rahmati ila shu taqlidi singan va taslimi buzilgan asrda u chuqur va yuksak yo’lni shu daraja ehson etgani uchun ming shukrlar etmog’imiz lozim. Chunki iymonimizning qutqarilishiga kifoya kelar. Fahmlaganimiz miqdoriga mamnun bo’lib, takror mutolaa qilishlik bilan ziyodalashmog’iga harakat qilmog’imiz lozim.
Hashrga aql bilan yetilmasligining bir siri shudirki, Hashri A`zam Ismi A`zamning bilinishi ila bo’lganidan Janobi Haqning Ismi A`zamining va har ismining a`zamiy martabasidagi ko’rinishi ila zohir bo’lgan muazzam ishlarni ko’rmoq va ko’rsatmoq bilan hashri a`zam bahor kabi oson isbot va qat`iy idrok va tahqiqiy iymon etilar.
Shu “O’ninchi So’z”da Qur`on fayzi ila shunday ko’rilmoqda va ko’rsatilmoqda. Yo’qsa, aql tor va kichik dasturlari bilan o’zi qolsa ojiz qolar, taqlidga majbur bo’lar.
Аудио мавжуд эмас