So’zlar | o’ninchi so’z | 71
(38-89)
XOTIMA

O’tgan o’n ikki haqiqat bir-birini quvvatlantirar, bir-birini takomillashtirar, bir-biriga quvvat berar. Butun ular birdan birlashib natijani ko’rsatar. Qaysi vahimaning haddi borki shu temirday, balki olmosday o’n ikki quvvatli qal`alarni yorib o’ta olsin. Va metin qal`ada bo’lgan hashrga iymonni tebratsin! مَا خَلْقُكُمْ وَلاَ بَعْثُكُمْ اِلاَّ كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ oyati karimasi ifoda etmoqdaki: "Butun insonlarning yaratilishi va hashr etilishi Qurdati Ilohiyaga nisbatan birgina insonning yaratilishi va hashr etilishi kabi osondir". Darhaqiqat, shundaydir. "Nuqta" nomli bir risolada Hashr bahsida shu oyatning ifoda etgan haqiqatni kengaytirib yozganman. Bu yerda yolg’iz bir qism misol keltirishlar bilan xulosasiga ishora etajakmiz. Agar istasang, u "Nuqta"ga murojaat et.
Masalan: وَ لِلّهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى – misolda nuqson yo’q- qandayki “nuroniyat” siri ila Quyoshning jilvasi o’z ixtiyori bilan bo’lsa ham, bir zarraga osongina bergan jilvani ayni osonlik bilan hadsiz shaffoflarga ham berar.
Ham “shaffofiyat” siri ila bir shaffof zarraning kichik ko’z qorachig’i Quyoshning aksini olishida dengizning keng yuziga tengdir.
Ham “intizom” siri ila bir bola barmog’i bilan kema suratidagi o’yinchog’ini aylantirgani kabi, ulkan harbiy kemani ham aylantirar.
Ham “imtisol” siri ila bir qo’mondon birgina askarni bir "Yur!" amri bilan harakatlantirgani kabi, bir ulkan qo’shinni ham ayni kalima bilan harakatlantirar.
Ham “muvozanat” siri ila samoda bir taroziki, shunday haqiqiy sezgir va shu daraja katta faraz etaylikki, ikki yong’oq tarozining ikki pallasiga qo’yilsa sezar va ikki quyoshni ham ichiga olib tortar. U ikki pallasida bo’lgan ikki yong’oqni birini osmonga, birini yerga tushiradigan ayni quvvat ila, ikki quyosh bo’lsa; birini arshga, boshqasini farshga ko’tarar, tushirar.
Modomiki shu oddiy, nuqsonli, foniy mumkinotda nuroniyat va shaffofiyat va intizom va imtisol va muvozanat sirlari ila eng katta narsa eng kichik narsaga teng bo’lar. Hadsiz-hisobsiz narsalar birgina narsaga teng ko’rinar. Albatta Qodiyri Mutlaqning zotiy va nihoyatsiz va g’oyat kamolda bo’lgan qudratining nuroniy ko’rinishlari va narsalar malakutiyatining shaffofiyati hamda hikmat va qadarning intizomlari va narsalarning taqviniy amrlariga to’liq tobeligi va mumkinotning vujudi va yo’qligining tengligidan iborat bo’lgan imkonidagi muvozanati siri ila oz-ko’p, katta-kichik unga teng bo’lgani kabi, butun insonlarni birgina inson kabi bir na`ra bilan hashrga keltira olar. Ham bir narsaning quvvat va zaiflikcha martabalari u narsaning ichiga ziddining mudohalasidir. Masalan haroratning darajalari sovuqning mudohalasidir. Go’zallikning martabalari chirkinlikning mudohalasidir. Ziyoning tabaqalari qorong’ilikning mudohalasidir. Faqat bir narsa zotiy bo’lsa, o’zgaruvchan bo’lmasa, uning ziddi unga mudohala etolmas.
Аудио мавжуд эмас