So’zlar | o’ninchi so’z | 70
(38-89)
Yuqorida ko’rilgan haqiqatlardan anglashildiki hashr masalasi shunday quvvatli bir haqiqatdirki, Yer Kurrasini joyidan qo’zg’atadigan, parchalab tashlaydigan bir quvvat u haqiqatni tebrata olmas. Zero, u haqiqatni Janobi Haq butun ism va sifatlarining taqozosi bilan qaror toptirmoqda va Rasuli Akramning butun mo’`jizalari va burhonlari ila tasdiq etmoqda va Qur`oni Hakim butun haqiqatlari va oyatlari ila uni isbot etmoqda va shu koinot butun taqviniy oyatlari va hakimona ishlari ila shohidlik bildirmoqda. Ajabo, hech mumkinmidirki, hashr masalasida Vojib-ul Vujud ila butun mavjudot, kofirlar mustasno bo’lib, ittifoq etgan bo’lsalar, qilchalik quvvati bo’lmagan shubhalar, shaytoniy vasvasalar u tog’ kabi yuksak va sog’lom haqiqatni tebratsin, joyidan qo’zg’atsin. Yo’q va aslo!..
“Hashr dalillari bahs etganimiz o’n ikki haqiqatga maxsusdir” -deb zinhor o’ylama. Yo’q, balki yolg’iz Qur`oni Hakim, o’tgan shu o’n ikki haqiqatlarni bizga dars bergani kabi, yana minglab jihatlarga ishora etib, har bir jihat shunday quvvatli bir alomatdirki, Xoliqimiz bizni bu foniy yurtdan bir boqiy yurtga yuborajakdir.

Ham zinhor o’ylamaki, hashrni taqozo etgan Allohning ismlari, bahs etganimizdek, faqat Hakiym, Kariym, Rahiym, Odil, Hafiyz ismlariga xosdir. Yo’q, balki koinotning tadbirida ko’ringan butun Allohning ismlari oxiratni taqozo etar, balki talab etar.
Ham o’ylamaki, hashrga dalolat etgan koinotning taqviniy oyatlari, shu o’tgan bahs etganimizga maxsusdir. Yo’q, balki aksar mavjudotda o’ng-so’lga ochiladigan pardalar kabi yuz va kayfiyatlari bordirki, bir yuzi Sone`ga shahodat etgani kabi, boshqa yuzi ham hashrga ishora etar. Masalan, insonning ahsani taqvimdagi san`atli yaratilish go’zalligi Sone`ni ko’rsatgani kabi, u ahsani taqvimdagi jome` qobiliyati ila qisqa bir vaqtda zavol topishi hashrni ko’rsatar. Ba`zan bir jihat ila ikki nazar ila qaralsa, ham Sone`ni, ham hashrni ko’rsatar. Masalan, aksar narsalarda ko’ringan hikmatning tartiblashi, inoyatning ziynatlashi, adolatning muvozanatlashi va rahmatning iltifoti; qandayki mohiyatlariga boqilsa, bir Sone`i Hakiym, Kariym, Odil, Rahiymning qudrat qo’lidan chiqqanini ko’rsatarlar. Xuddi shuning kabi, bularning quvvati va cheksizliklari ila barobar, shularning mazharlari bo’lgan shu foniy mavjudotning ahamiyatsiz va oz yashashiga qaralsa, oxirat ko’rinar. Demakki, har narsa hol lisoni ila “Amantu billahi va bil yavmil axir” o’qimoqda va o’qittirmoqda.
Аудио мавжуд эмас