So’zlar | o’ninchi so’z | 68
(38-89)
Demak, shu mavjudot va ishlar ila va dunyoga oid g’oyalari o’rtasida bu daraja nisbatsizlik qat`iyyan shahodat etarki; bu mavjudotning yuzlari ma`no olamiga yuzlangandir, munosib mevalarni o’sha yerda beradi va ko’zlari muqaddas ismlarga diqqat etmoqdalar, g’oyalari o’sha olamga boqmoqda. Va o’zlari dunyo tuprog’i ostida, boshoqlari misol olamida ochilar. Inson iste`dodi darajasida bu yerda ekadi va ekiladi, oxiratda mahsulot oladi. Ha, shu narsalarning Allohning ismlariga va oxirat olamiga yuzlangan yuzlariga boqsang, ko’rajaksanki, qudrat mo’`jizasi bo’lgan har bir urug’ning bir daraxtchalik g’oyasi bor. Hikmat kalimasi bo’lgan har bir chechakning(Izoh2) bir daraxt gullari qadar ma`nolari bor va u san`at g’aroyiboti va rahmat manzumasi bo’lgan har bir mevaning, bir daraxtning mevalari qadar hikmatlari bor. Bizlarga rizq bo’lmog’i esa; u minglab hikmatlaridan birginasidirki, vazifasi bitar, ma`nosini ifoda qilar, vafot etar, me`damizga dafn etilar. Modomiki bu foniy narsalar boshqa yerda boqiy mevalar berar va doimiy suratlar qoldirar va boshqa jihatda abadiy ma`nolar ifoda etar, sarmadiy tasbehot qilar. Va inson bo’lsa, ularning shu jihatlariga boqqan yuzlariga boqmoq ila inson bo’lar, foniyda boqiyga yo’l topar.
Demak, bu hayot va o’lim ichida o’rmalagan, to’planib tarqalgan mavjudot ichida boshqa maqsad bor. Misolda nuqson yo’qdir: Shu ahvol, taqlid va misol keltirish uchun tashkil va tartib etilgan ahvolga o’xshar. Qanday katta xarajat ila qisqa yig’ilishlar, tarqalishlar qilinmoqda. Toki suratlari olinsin, tarkib etilsin va ekranda doim ko’rsatilsin. Shuning kabi, bu dunyoda qisqa bir muddat oralig’ida shaxsiy hayot va ijtimoiy hayot kechirishning bir g’oyasi shudirki; suratlari olinib tarkib etilsin, amallari natijasi yozilib hifz etilisin. Toki eng katta yig’ilish joyida hisob-kitobi ko’rilsin va eng katta namoyishgohda ko’rsatilsin va bir saodati uzmoga iste`dodi ko’rsatilsin. Demak, hadisi sharifda "Dunyo oxirat ekinzoridir" deya shu haqiqatni ifoda qiladi.
Modomiki dunyo bor va dunyo ichida bu asarlari ila hikmat va inoyat va rahmat va adolat bor . Albatta dunyoning vujudi kabi qat`iy bo’lib oxirat ham bor. Modomiki dunyoda har narsa bir jihatdan u olamga qaramoqda. Demak, u yerga ketilmoqda. Oxiratni inkor etmoq dunyo va ichidagilarni inkor etmoq demakdir. Demak, ajal va qabr insonni kutgani kabi, Jannat va Jahannam ham insonni kutmoqda va ko’zlamoqda.
O’n birinchi Haqiqat- Insoniyat Bobidir. Haqq Ismining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki: Janobi Haq va Ma`budi Bilhaq insonni shu koinot ichida mutlaq rububiyatiga va umum olamlarga rububiyati ommasiga qarshi eng ahamiyatli bir abd va Subhoniy xitoblariga eng mutafakkir bir suhbatdosh va ismlarining mazhariyatiga eng jome` bir oyna va ismi a`zamning ko’rinishiga va har ismda bo’lgan ismi a`zamlik martabasining ko’rinishiga mazhar bir ahsani taqvimda eng go’zal bir qudrat mo’`jizasi va rahmat xazinasining ichidagilarini tortmoq, tanimoq uchun eng ziyoda mezon va vositalarga sohib bir mudaqqiq va nihoyatsiz ne`matlariga eng ziyoda muhtoj va fanodan eng ziyoda alamzada va baqoga eng ziyoda mushtoq va hayvonot ichida eng nozik va eng nozdor va eng faqir va eng muhtoj va dunyoviy hayot jihatidan eng alamzada va eng badbaxt va iste`dod jihatidan esa eng baland va eng yuksak suratda, mohiyatda yaratsin-da, uni iste`dodli bo’lgani va mushtoq bo’lgani va loyiq bo’lgani bir abadiy joyga yubormasdan, insoniyat haqiqatini yo’q qilib o’z haqqoniyatiga tamoman zid va haqiqat nazarida chirkin bir haqsizlik qilsin!
Аудио мавжуд эмас