So’zlar | o’ninchi so’z | 65
(38-89)
Ham bu bahor hashriga o’xshash bu dunyoning har davrida, har asrida, hatto kecha-kunduzning almashinishida, hatto fazoda bulutlarning ijod va yo’q etilishida hashrga namuna va misol va ishora bo’lgulik qanchalab naqshlar qilganini ko’zing bilan ko’rmoqdasan. Hatto agar xayolan ming yil avvaldan o’zingni bordek faraz qilsang, keyin zamonning ikki qanoti bo’lmish moziy bilan istiqbolni bir-biriga qarshilashtirsang, asrlar va kunlar soni qadar hashr va qiyomat misolining namunalarini ko’rajaksan. So’ngra bu qadar namuna va misollarni ko’rganing holda, jismoniy hashrni aqldan uzoq ko’rib ehtimol bermaslik ila inkor etsang, naqadar telbalik bo’lganini o’zing ham anglarsan. Boq Farmoni A`zam biz bahs etganimiz haqiqatga doir nima demoqda:
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Al-hosil: Hashrga mone hech bir narsa yo’qdir. Taqozo qiluvchi esa har narsadir. Ha, ajoyib mahshar bo’lgan shu ulkan Yerni oddiy bir hayvon kabi o’ldirib yana tiriltirgan va bashar va hayvonga yoqimli bir beshik, go’zal bir kema qilgan va Quyoshni ularga shu musofirxonada ishiq beruvchi va isintiruvchi bir chiroq etgan, sayyoralarni malaklariga tayyora qilgan bir zotning bu daraja muhtasham va sarmadiy rububiyati va bu daraja muazzam va ihota etgan hokimiyati, albatta faqat bunday o’tkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, o’zgaruvchan, bebaqo, nuqsonli, takammulsiz dunyo ishlari ustidagina qurilmas va turmas. Demak, unga loyiq doimiy, barqaror, bezavol, muhtasham bir boshqa diyor bor. Boshqa boqiy bir mamlakati bordir. Bizni uning uchun ishlattirar. U yerga da`vat qilar va u yerga yuborilishiga zohirdan haqiqatga o’tgan va huzurining yaqinligiga musharraf bo’lgan butun juda yuksak ruh sohiblari, butun munavvar qalb qutblari, butun nuroniy aql ahllari guvohlik etmoqdalar va bir mukofot va jazo hozirlanganini ittifoqan xabar bermoqdalar va takror-takror juda kuchli va`da va juda shiddatli qo’rqitmoqda deb naql etarlar.
Va`dadan qaytmoq esa ham zillat, ham xo’rlikdir. Hech bir jihat ila jaloli qudsiyatiga yaqinlasholmas. Xulf-ul Va`id esa yo afvdan, yo ojizlikdan kelar. Holbuki kufr mutlaq jinoyatdir,(Izoh) afv mumkin emas. Qodiyri Mutlaq esa ojizlikdan munazzah va muqaddasdir. Shohidlar, muxbirlar esa maslaklarida, mashrablarida, mazhablarida boshqa-boshqa bo’lganlari holda mukammal ittifoq ila shu masalaning asosida birlashgandirlar. Ko’plik jihatidan tavotur darajasidadirlar, qiymatcha ijmo` quvvatidadirlar. Mavqe jihatidan har biri navi basharning bir yulduzi, bir toifaning ko’zi, bir millatning azizidirlar. Ahamiyatcha shu masalada ham mutaxassis, ham isbot etganlardir. Holbuki, bir fanda yoki bir san`atda ikki mutaxassis minglab boshqalardan ustundirlar va xabar berishlikda ikki isbot qiluvchi minglab inkorchilardan ustun qo’yilar. Masalan, Ramazon hilolining ko’ringanini xabar bergan ikki odam minglab inkorchilarning inkorlarini hechga otarlar.
Al-hosil: Dunyoda bundan yanada to’g’ri bir xabar, yanada sog’lom bir da`vo, yanada ochiq bir haqiqat bo’lolmas. Demak, shubhasiz dunyo bir ekinzordir. Mahshar esa bir baydardir, xirmondir. Jannat, Jahannam esa bittadan ombordir.
Аудио мавжуд эмас