So’zlar | o’ninchi so’z | 63
(38-89)
Sakkizinchi Haqiqat - Va`d va Va`id Bobi bo’lib, Jamiyl va Jaliyl ismlarining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki: Bu san`atli asarlarning Aliymi Mutlaq va Qodiyri Mutlaq bo’lgan shu san`atli asarlarning Sone`i butun payg’ambarlarning tavotur ila xabar berganlari va butun siddiqiyn va avliyolarning ijmo` ila guvohlik ko’rsatganlari takrorli Allohning qo’rqitishini va va`dasini bajo keltirmasdan, aslo, ojizligini va johilligini ko’rsatsin? Holbuki, va`da bergan va qo’rqitganining amrlari qudratiga hech og’ir kelmas. Juda yengil va juda oson. O’tgan bahorning behisob mavjudotini kelgusi bahorda qisman aynan(Izoh1), qisman mislan(Izoh2) eski holiga keltirishdek osondir. Va`dani bajo keltirish esa ham bizga, ham har narsaga, ham o’ziga, ham rububiyat saltanatiga juda ham lozimdir. Va`dadan qaytish esa ham iqtidorining izzatiga ziddir, ham ilmining qamraganiga qarshidir. Zero, va`dadan qaytish yo johillikdan, yo ojizlikdan kelar.
Ey inkorchi! Bilasanmiki, kufr va inkoring ila naqadar ahmoqona bir jinoyat sodir etmoqdasanki, o’z yolg’onchi vahimangni, bema`ni aqlingni, aldatuvchi nafsingni tasdiq etib, hech bir jihat ila so’zdan qaytishga va xilofga majburiyati bo’lmagan va hech bir jihat ila xilof Uning izzatiga, haysiyatiga yarashmagan va butun ko’ringan narsalar va ishlar sidqiga va haqqoniyatiga guvohlik bildirgan bir Zotni yolg’onlamoqdasan! Nihoyatsiz kichiklik ichida nihoyatsiz buyuk jinoyat qilmoqdasan! Albatga, abadiy buyuk jazoga haqdor bo’lursan. Ba`zi Jahannam ahlining bir tishi tog’day qadar bo’lishi jinoyatining kattaligiga bir miqyos bo’lib xabar berilgan. Misoling bir yo’lchiga o’xsharki, Quyoshning ziyosidan ko’zini yumar. Boshi ichidagi xayoliga boqar. Vahimasi bir tilla qo’ng’iz kabi boshidagi yoritgichning yorug’i ila dahshatli yo’lini yoritmoq istar. Modomiki shu mavjudot haq so’zlagan sodiq kalimalari, shu koinot hodisalari to’g’ri so’zlagan notiq oyatlari bo’lgan Janobi Haq va`da etgan, albatta qilajakdir. Bir Mahkama-i Kubro ochajakdir, bir saodati uzmo berajakdir.
To’qqizinchi Haqiqat - Ihyo va Imota Bobidir. Hayyi Qayyum, Muhyi va Mumit ismlarining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki: O’lgan, qurigan ulkan Yerni tiriltirgan va u tiriltirish ichida har bir insoniyat hashri kabi ajoyib, uch yuz mingdan ziyod maxluqot navlarini hashru nashr etib, qudratini ko’rsatgan va u hashru nashr ichida bag’oyat darajada chalkashlik va qorishiqlik ichida yuksak darajada imtiyoz va ajratish ila ilmining qamraganini ko’rsatgan va butun samoviy farmonlari ila basharning hashrini va`da bermoq ila butun qullarining nazarini abadiy saodatga qaratgan va butun mavjudotni boshni boshga, yelkani yelkaga, qo’lni qo’lga berdirib, amr va irodasi doirasida aylantirib bir-biriga yordamchi va musahhar qilmoq ila rububiyatining azamatini ko’rsatgan va insonni koinot daraxtining eng jome` va eng nozik, eng nozanin, eng nozdor, eng niyozdor bir mevasi qilib yaratib, o’ziga suhbatdosh qabul etib har narsani unga musahhar qilmoq ila insonga bu qadar ahamiyat berganini ko’rsatgan bir Qodiyri Rahiym, bir Aliymi Hakiym qiyomatni keltirmasin? Hashrni qilmasin va qilolmasin? Basharni tiriltirmasin yoki etolmasin? Mahkama-i Kubroni ocholmasin? Jannat va Jahannamni yaratolmasin?! Qat`iyan va aslo!.
----------------------------------------------------------------------
(Izoh1) Daraхt va o’tlarning ildizlari kabi...
(Izoh2) Yaproqlar, mеvalar kabi..
Аудио мавжуд эмас