So’zlar | o’ninchi so’z | 60
(38-89)
Beshinchi Asos: Ham anglaysanki, bu foniy san`atli asarlar fano uchun emas. Bir muddat ko’rinib yana mavh bo’lmoq uchun yaratilmaganlar. Balki vujudda qisqa vaqt to’planib, matlub vaziyat olarlar. Toki suratlari olinsin, rasmlari tushirilsin, ma`nolari bilinsin, natijalari qayd etilsin.
Masalan, abad ahli uchun doimiy manzaralar to’qilsin. Ham baqo olamida boshqa g’oyalarga sabab bo’lsin. Borliqlar baqo uchun yaratilganini, fano uchun bo’lmaganini, balki suratan fano bo’lsa ham vazifa bitishi va ozodlik bo’lgani quyidagi holdan anglashiladiki: Foniy bir narsa bir jihat ila fanoga ketar, ko’p jihatlar ila boqiy qolar. Masalan, qudrat kalimalaridan bo’lgan bu chechakka nazar solki: qisqa bir vaqt ichida u chechak tabassum qilib bizga boqar, hamon fano pardasida yashirinar. Faqat, sening og’zingdan chiqqan kalima kabi, u ketar, ammo minglab misollarini quloqlarda qoldirar. Tinglagan aqllar adadi qadar ma`nolarini aqllarda boqiylashtirar. Chunki vazifasi bo’lgan ma`no ifodalash tugagandan so’ng o’zida ketar, ammo uni ko’rgan har narsaning hofizasida zohiriy suratini va har bir urug’ida ma`naviy mohiyatini qoldirib shunday ketar. Go’yo har hofiza va har urug’ ziynatining hofizasi uchun bittadan suratkash asbob va baqosining davomi uchun bittadan manzildirlar. Eng sodda hayot martabasida bo’lgan san`atli asarning holati bunday bo’lsa, eng yuksak hayot tabaqasiga va boqiy ruhga sohib bo’lgan inson naqadar baqo ila aloqador bo’lgani anglashilar. Chechakli va mevali katta o’simliklarning bir oz ruhga o’xshagan har birining shakllanish qonuni suratining misoli zarrachalar kabi urug’larda mukammal intizom ila tashvishli inqiloblar ichra boqiylashtirilishi va muhofaza etilishi g’oyat jamiyatli va yuksak bir mohiyatga sohib, xorijiy bir vujud kiydirilgan bo’lsa, idrokli nuroniy amriy bir qonun bo’lgan bashar ruhi baqo ila qay darajada bog’liq va aloqador bo’lgani tushunilar.
Oltinchi Asos: Ham anglaysanki, inson bo’yniga arqon bog’lanib, istagan yerida o’tlash uchun bebosh qoldirilmagan, balki butun amallarining suratlari olinib yozilar va butun fe`llarining natijalari hisob-kitob uchun zabt etilar.
Yettinchi Asos: Ham anglaysanki, kuz mavsumida yozgi va bahorgi go’zal maxluqlarning xarob bo’lishi yo’q bo’lish emas. Balki vazifalarining tugashi ila bo’shalishdir.(Izoh) Ham yangi bahorda keladigan maxluqlarga yer xoli qilmoq uchun bo’shatmoqdir va yangi vazifadorlar kelib qo’nadigan va vazifador mavjudlarning kelishiga makon hozirlamoqdir va tayyorgarlikdir.
Ham idroklilarga vazifalarini unuttirgan g’aflatdan va shukrini unuttirgan sarxushlikdan Subhoniy tanbehdir.
Sakkizinchi Asos: Ham anglarsanki, shu foniy olamning sarmadiy Sone`i uchun boshqa va boqiy bir olami borki, qullarini u yerga chorlar va unga tashviq etar.
To’qqizinchi Asos: Ham anglarsanki, shunday bir Rahmon bunday bir olamda shunday xos qullariga shunday ikromlar ko’rsatajakki na ko’z ko’rgan, na quloq eshitgan, na inson qalbiga xotirlatilgandir. Amanna...
Аудио мавжуд эмас