So’zlar | o’ninchi so’z | 57
(38-89)
Ajabo, butun insonlarni orqasiga olib, shu Yer ustida turib, Arshi A`zamga yuzlanib, qo’l ko’tarib, navi bashar ubudiyati xulosasini jamlagan Hz.Muhammad(S.A.V.) ubudiyati haqiqati ichida duo etayotgan bu inson navining sharafi va Dunyolar va zamonlar ichida tengsiz bo’lgan Faxri Koinot (S.A.V.) nima istamoqda, tinglaylik. Boq, o’ziga va ummatiga abadiy saodat istamoqda, baqo istamoqda, Jannat istamoqda. Ham mavjudot oynalarida jamollarini ko’rsatgan butun Allohning Muqaddas Ismlari ila barobar istamoqda. U Ismlardan shafoat talab etmoqda, ko’rmayotirsan-mi? Agar oxiratning hisobsiz lozim etgan sabablari, vujudining dalillari bo’lmasa edi, yolg’iz shu zotning birgina duosi bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahiymning qudratiga yengil kelgan shu Jannatning barpo etilishiga sababiyat berar edi.(Izoh1)
Ha, bahorimizda yer yuzini bir mahshar qilgan, yuz ming hashr namunalarini ijod etgan Qodiyri Mutlaq uchun Jannatning yaratilishi qanday qilib og’ir bo’la olar? Demak, qandayki uning risolati shu imtihon uyining ochilishiga sababiyat berdi, لَوْلاَكَ لَوْلاَكَ لَمَا خَلَقْتُ اْلاَفْلاَكَ siriga noil bo’ldi. Shuning kabi, ubudiyati ham narigi saodat uyining ochilishiga sababiyat berdi.
Ajabo, hech mumkinmidirki, butun aqllarni hayratda qoldirgan shu olam intizomi va bepoyon rahmat ichidagi benuqson san`at go’zalligi, mislsiz Rububiyat go’zalligi u duoni ijobat etmaslik bilan bunday bir chirkinlikni, bunday bir marhamatsizlikni, bunday bir intizomsizlikni qabul etsin? Ya`ni, eng juz`iy, eng ahamiyatsiz orzularni, ovozlarni ahamiyat ila eshitib bajo keltirsin, o’rniga qo’ysin. Eng ahamiyatli, kerakli orzularni ahamiyatsiz ko’rib eshitmasin, anglamasin, ado etmasin? Yo’q va aslo, yuz ming marta yo’q!.. Bunday bir jamol bunday bir chirkinlikni qabul etib chirkin bo’lolmas.(Izoh2) Demak, Rasuli Akram (Alayhissolatu Vassalam) risolati ila dunyoning eshigini ochgani kabi, ubudiyati ila ham oxiratning eshigini ham ochar.

عَلَيْهِ صَلَوَاتُ الرَّحْمنِ مِلْءَ الدُّنْيَا وَ دَارِ الْجِنَانِ ❊ اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى عَبْدِكَ وَ رَسُولِكَ ذلِكَ الْحَبِيبُ الَّذِى هُوَ سَيِّدُ الْكَوْنَيْنِ وَ فَخْرُ الْعَالَمَيْنِ وَ حَيَاتُ الدَّارَيْنِ وَ وَسِيلَةُ السَّعَادَتَيْنِ وَ ذُو الْجَنَاحَيْنِ وَ رَسُولُ الثَّقَلَيْنِ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ وَ عَلَى اِخْوَانِهِ مِنَ النَّبِيِّينَ وَ الْمُرْسَلِينَ آمِينَ

-------------------------------------------------------
(Izoh1) Ha, oхiratga nisbatan g’oyat tor bir sahifa hukmida bo’lgan ro’yi zaminda bеhisob g’aroyib san`at namunalarini va Hashr va Qiyomatning misollarini ko’rsatmoq va uch yuz ming kitob hukmidagi muntazam san`atli asarlar navlarini u birgina sahifada mukammal intizom ila yozib joylashtirmoq, albatta kеng bo’lgan oхirat olamida latif va muntazam Jannatning barpo va ijodidan yanada mushkuldir. Ha, Jannat bahordan nеchog’lik yuksak bo’lsa, shu daraja bahor bog’larining yaratilishi u Jannatdan shu qadar mushkuldir va hayrat bеruvchidir dеb bo’lar.
(Izoh2) Ha, haqiqatlarning inqilobi ittifoqan maholdir va haqiqatlar inqilobi ichida maholdan mahol bo’lgan bir zidning o’z ziddiga inqilobidir va bu zidlarning inqilobi ichida shaksiz ming karra mahol shudirki; bir zid o’z mohiyatida qolish bilan barobar, yana o’z ziddining aynisi bo’lsin. Masalan, nihoyatsiz bir jamol haqiqiy jamol bo’la turib, haqiqiy chirkinlik bo’lsin. Хullas, shu misolimizda ko’ringan va borligi qat`iy bo’lgan bir Rububiyat Jamoli Rububiyat Jamoli mohiyatida sobit ekan, chirkinlikning aynisi bo’lsin. Хullas, bu dunyoda mahol va botil misollarning eng ajibidir.
Аудио мавжуд эмас