So’zlar | o’ninchi so’z | 55
(38-89)
Hech mumkinmidirki, eng kichik bir hojatni eng kichik bir maxluqidan ko’rib mukammal shafqat ila kutmagan yeridan bajo keltirgan va eng yashirin bir ovozni eng yashirin maxluqidan eshitib madad bergan, hol lisoni va so’z ila istanilgan har narsaga javob bergan nihoyatsiz bir shafqat va bir marhamat sohibi bir Rab eng buyuk bir abdidan(Izoh), eng sevgili bir maxluqidan eng buyuk hojatini ko’rib bajo keltirmasin, o’rniga keltirmasin. Eng yuksak duoni eshitib, qabul etmasin? Ha, masalan hayvonot zaiflarining va bolalarining rizq va tarbiyalari borasida namoyon bo’lgan iltifot va osonligi ko’rsatmoqdaki shu koinotning Maliki nihoyatsiz bir rahmat ila rububiyat etar. Rububiyatida bu daraja rahiymona bir shafqat, hech mumkinmidirki maxluqotning eng afzalining eng go’zal duosini qabul etmasin? Bu haqiqatni O’n To’qqizinchi So’zda izoh etganim jihat ila bu yerda ham takroran shunday bayon etamiz:
Ey nafsim bilan birgalikda meni tinglagan birodar! Misoliy hikoyada aytgandik: Bir orolda bir yig’in bor... Bir yovari akram nutq o’qimoqda. U ishora etgan haqiqat shundaydirki: Kel! Bu zamondan chiqib, fikran Saodat Asriga va xayolan Jazirat-ul Arabga ketamiz. Toki, Rasuli Akramni (Alayhissolatu Vassalam) vazifa boshida va ubudiyat ichida ko’rib ziyorat etamiz. Boq! U zot qandayki risolati ila, hidoyati ila abadiy saodat sodir bo’lishining sababi va yetishish vasilasidir. Shuning kabi, ubudiyati ila va duosi ila u saodat vujudining sababi va Jannat ijodining vasilasidir.
Xullas boq! U zot shunday bir buyuk namozda, eng yuksak ibodatda abadiy saodat uchun duo etmoqdaki go’yo bu jazira, balki butun Zamin uning azamatli namozi ila namoz qilar, niyoz etar. Chunki ubudiyati unga itoat etgan ummatning ubudiyatini o’z ichiga olgani kabi, uyg’unlik siri ila butun payg’ambarlarning ubudiyat sirini o’z ichida olar. Ham u buyuk namozni shunday buyuk bir jamoatda o’qir, niyoz etarki, go’yo insonlarning Hazrati Odamdan asrimizga qadar, balki qiyomatga qadar butun nuroniy va komil insonlar unga ergashishlik ila iqtido etib, duosiga omin derlar.(Izoh1)
-----------------------------------------------------------------------------------
(Izoh) Ha, bir ming uch yuz ellik yil saltanat surgan va saltanati davom etgan; va aksar zamonda uch yuz ellik milliondan ziyoda raiyati bo’lgan; va har kun butun raiyati u bilan bay`atini yangilagan va uning kamolotiga shahodat etgan va amrlariga mukammal itoat ila bo’ysungan; va Yerning yarmi hamda bashariyatning bеshdan biri u zotning rangi ila ranglangan bo’lsa, ya`ni ma`naviy rangi ila ranglansa va u zot ular qalblarining mahbubi va ruhlarining murabbiyi bo’lsa, albatta u zot shu koinotda tasarruf etgan Rabning eng buyuk bandasidir. Ham, aksar koinot navlari u zotning bittadan mo’`jiza mеvasini tashimoq surati ila uning vazifasini va ma`muriyatini olqishlasa, albatta u zot shu koinot Хoliqining eng sеvgili maхluqidir. Ham butun insoniyat bor istе`dodi ila istagan baqo kabi bir hojatniki, u hojat esa insonni asfali sofiliyndan a`loyi illiyinga chiqaradi. Albatta, u hojat eng buyuk bir hojatdir va eng buyuk bir abd umumning nomiga uni Qoziyul Hojatdan istaydi.
(Izoh1) Ha, Hz.Muhammadning(S.A.V.) munojoti zamonidan bugunga qadar butun ummatning barcha namozlari va salavotlari uning duosiga doimiy bir omin va umumiy bir ishtirokdir. Hatto unga kеltirilgan har bir salavot ham uning duosiga bittadan omindir va ummatining har qaysisi har bir namozning ichida unga salot va salom kеltirmoq va qomatdan so’ng shofе`iylarning unga duo qilishi uning abadiy saodat хususidagi duosiga g’oyat quvvatli va umumiy bir omindir. Хullas, butun basharning insoniyat fitrat hol lisoni ila, bor quvvati ila istagan baqo va abadiy saodatni u insonlar nomiga Zoti Ahmadiya (S.A.V.) istamoqda va basharning nuroniy qismi uning orqasida omin dеmoqdalar. Ajabo, hеch mumkinmidirki, shu duo qabulga yaqin bo’lmasin?
Аудио мавжуд эмас