So’zlar | o’ninchi so’z | 52
(38-89)
Uchinchi Haqiqat - Hikmat va Adolat Bobi bo’lib, Hakiym va Odil Ismining jilvasidir.

Hech mumkinmidirki,(Izoh2) zarralardan quyoshlarga qadar jarayon etgan hikmat va intizom, adolat va mezon ila rububiyatining saltanatini ko’rsatgan Zoti Zuljalol rububiyatining himoya qanotiga iltijo etgan va hikmat va adolatiga iymon va ubudiyat ila muvofiq harakat etgan mo’`minlarga iltifot ko’rsatmasin va u hikmat va adolatga kufr va tug’yon ila isyon qilgan adabsizlarni adablantirmasin? Holbuki bu vaqtinchalik dunyoda u hikmat, u adolatga loyiq mingdan biri insonda ijro etilmayotir, keyinga qoldirilayotir. Zalolat ahlining ko’pi jazo olmasdan, hidoyat ahlining ham ko’pi mukofot ko’rmasdan bu yerdan ko’chib ketmoqdalar. Demak, bir Mahkama-i Kubroga, bir saodati uzmoga qoldirilmoqda.
Ha, ko’rinmoqdaki, shu olamda tasarruf etgan zot nihoyatsiz bir hikmat ila ish yuritmoqda. Bunga burhon-mi istaysan? Har narsada maslahat va foydalarga rioya etmog’idir. Ko’rmayotirsanmiki insonda butun a`zo, suyaklar va tomirlarda, hatto tanadagi hujayralarida, har yerida, har juzida foydalar va hikmatlarning mavjudligi, hatto ba`zi a`zosi bir daraxtning qancha mevalari bo’lsa, shu daraja u a`zoga hikmatlar va foydalar toqishi ko’rsatadiki, nihoyatsiz bir hikmat qo’li ila ish bajarilmoqda.
Ham har narsaning san`atida bag’oyat darajada intizom bo’lishi ko’rsatmoqdaki, nihoyatsiz bir hikmat ila ish qilinmoqda. Ha, go’zal bir chechakning nozik dasturini kichkinagina bir urug’ida joylashtirmoq, katta bir daraxtning amallar sahifasini, hayoti tarixchasini, jihozlari mundarijasini kichkinagina bir urug’da ma`naviy taqdir qalami ila yozmoq nihoyatsiz bir hikmat qalami ishlaganini ko’satar.
Ham har narsaning xilqatida g’oyat darajada san`at go’zalligi mavjudli cheksiz darajada hakiym bir Sone`ning naqshi bo’lganini ko’rsatar. Ha, shu kichkina inson badani ichiga butun koinotning mundarijasini, butun rahmat xazinalarining kalitlarini, butun ismlarining oynalarini joylashtirmoq cheksiz darajada bir san`at go’zalligi ichra bir hikmatni ko’rsatar. Endi hech mumkinmidirki, shunday rububiyat ijrootida hokim bir hikmat u Rububiyatning qanotiga iltijo etgan va iymon ila itoat etganlar mukofotlanishini istamasin va abadiy mukofotlantirmasin?
Ham, adolat va mezon ila ish yuritilganiga burhon-mi istaysan? Har narsaga sezgir mezonlar ila, maxsus o’lchovlar ila vujud bermoq, surat kiydirmoq, joy joyiga qo’ymoq nihoyatsiz bir adolat va mezon ila ish yuritilganini ko’rsatar.
Ham, har haq egasiga iste`dodi nisbatida haqqini bermoq, ya`ni vujudining butun lozim narsalarini, baqosining butun jihozlarini eng munosib bir tarzda bermoq nihoyatsiz bir adolat qo’lini ko’rsatar.
Ham iste`dod lisoni ila, fitriy ehtiyoj lisoni ila, nochorlik lisoni ila so’ralgan va istanilgan har narsaga doimiy javob bermoq nihoyat darajada bir adolat va hikmatni ko’rsatar.
Аудио мавжуд эмас