So’zlar | o’ninchi so’z | 49
(38-89)
Ham hech mumkin bo’lurmiki, umumiy bir rububiyatning kulliy saltanati kasrat va juz`iyot tabaqalarida vahdoniyat va samadoniyatini zuljanohayn bir vakil vositasi ila e`lonini istamasin! Ya`ni, U Zot kulliy ubudiyat jihati ila kasrat tabaqalarining Janobi Haq dargohi elchisi bo’lgani kabi, yaqinlik va risolat jihati ila Alloh dargohining kasrat tabaqalariga ma`muridir.
Ham hech mumkin bo’lurmiki, nihoyat darajada bir zotiy husn sohibi jamolining go’zalliklarini va husnining latifalarini oynalarda ko’rmoq va ko’rsatmoqni istamasin! Ya`ni bir habib rasul vositasi bilanki ham habibdir, ubudiyati ila o’zini Unga sevdirar, oynadorlik etar. Ham rasuldir, Uni maxluqotiga sevdirar, Ismlarining go’zalligini ko’rsatar...
Ham hech mumkin bo’lurmiki; ajib mo’`jizalar ila, g’aroyib va qiymatdor narsalar ila to’la Xazinalar Sohibi sarrof bir ta`rif etuvchi va vassof bir namoyon etuvchi vositasi ila xalqning nazariga arz va boshlarida izhor etmoq ila yashirin kamolotini bayon etmoqni iroda etmasin va istamasin?
Ham mumkin bo’lurmiki, bu koinotni butun ismlarning kamolotini ifoda etgan san`atli asarlar ila ziynatlantirib sayr uchun g’aroyib va nozik san`atlar ila bezatilgan bir saroyga o’xshatsin-da, rahbar bir muallim tayin etmasin?
Ham hech mumkin bo’lurmiki, bu Koinotning Sohibi shu koinotning o’zgarishlaridagi maqsad va g’oya nima bo’lishini, tushunilishi qiyin yashirin sirlarning xabarini, ham mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Kimsan?" uch mushkul savolining muammosini bir elchi vositasi ila ochtirmasin!
Ham hech mumkin bo’lurmiki, bu go’zal san`atli asarlar ila o’zini ongli maxluqotlarga tanittirgan va qiymatli ne`matlar ila o’zini sevdirgan Sone`i Zuljalol bunga muqobil ongli maxluqlardan marziyoti va orzulari nima bo’lganini, bir elchi vositasi ila bildirmasin?
Ham hech mumkin bo’lurmiki, inson navini shuur nuqtai nazaridan kasratga mubtalo, iste`dod nuqtai nazaridan kulliy ibodatga muhayyo suratida yaratib, muallim bir rahbar vositasi ila ularning yuzlarini kasratdan vahdatga o’girishni istamasin!
Yana bular kabi ko’p nubuvvat vazifalari borki, har biri qat`iy bir burhondirki -Uluhiyat Risolatsiz bo’lolmas...
Endi, ajabo, olamda Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalamdan bayon bo’lgan sifat va vazifalarga yanada loyiq va yanada jome` kim chiqqan? Va Risolat rutbasiga va tablig’ vazifasiga undan yanada loyiq, yanada uyg’un hech zamon ko’rsatganmidir? Yo’q, aslo va qat`iyyan! Balki u butun rasullarning sayyididir, butun anbiyoning imomidir, butun asfiyoning sarvaridir, butun muqarrabiynning eng yaqinidir, butun maxluqotning akmalidir, butun murshidlarning sultonidir! Ha, tahqiq ahlining ittifoqi ila Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suv oqishi kabi mingga yetgan mo’`jizalaridan haddu hisobga kelmas nubuvvati dalillaridan boshqa Qur`oni Azimushshon kabi bir haqiqatlar dengizi va qirq jihatdan mo’`jiza bo’lgan mo’`jiza-i kubro Quyosh kabi risolatini ko’rsatishga kifoyadir. Boshqa risolalarda va xususan Yigirma Beshinchi So’zda Qur`onning qirqqa yaqin mo’`jiza jihatlaridan bahs etganimizdan bu yerda qisqa qilamiz.
Аудио мавжуд эмас