So’zlar | o’ninchi so’z | 46
(38-89)
Boq, bu daftarlarda asboblar jihozlarining iste`mol qilish surati va mas`uliyatlar bordir. Holbuki, agar bu maydondan boshqa bir oliy, doimiy bir yer bo’lmasa; bu sog’lom daftar, u qat`iy juzdon butun-butun ma`nosiz bo’lar. Ham, shu muhtaram zobit va mukarram qo’mondon va izzatli rais; butun aholidan past, har kimdan yanada badbaxt, yanada bechora, yanada zalil, yanada musibatli, yanada faqir, yanada zaif bir darakaga tushar. Xullas bunga qiyos et. Qaysi narsaga e`tibor bersang guvohlik beradiki: Bu foniydan so’ngra bir boqiy bor...
Ey birodar! Demak, bu vaqtinchalik mamlakat bir ekinzor hukmidadir. Bir ta`limgohdir, bir bozordir. Albatta, orqasidan bir Mahkama-i Kubro, bir saodati uzmo kelajakdir. Agar buni inkor etsang; butun zobitlardagi juzdonlarni, jihozlash daftarlarlarini, dasturlarni, balki shu mamlakatdagi butun intizomlarni, hatto hukumatni inkor etishga majbur bo’lasan va butun mavjud bo’lgan ijrootlarning vujudini yolg’onlamoq lozim keladi. U vaqt senga inson va idrok sohibi deyilmas. Sofistlardan ham aqlsiz bo’lasan...
Bu mamlakatni almashtirish dalillari bu "O’n Ikki Surat"ga maxsusdir deb zinhor o’ylama. Balki son-sanoqsiz alomatlar, dalillar borki: Shu beqaror, o’zgaruvchan mamlakat zavolsiz, barqaror bir mamlakatga almashtirilajakdir. Ham son-sanoqsiz ishoralar, alomatlar borki: Bu aholi shu vaqtinchalik musofirxonalardan olinajak, saltanatning doimiy qarorgohiga yuborilajak.
Xususan, kel, senga bu "O’n Ikki Surat" quvvatidan ham kuchli bir burhon ko’rsataman.
Xullas kel, boq. Shu uzoqdan ko’ringan azim jamoat ichida, avval orolda ko’rganimiz buyuk nishon sohibi yovari akram bir narsalarni bildirib e`lon qilmoqda. Boraylik, tinglaylik. Boq, u porloq yovari akram hov yuksaklikda osilgan farmoni a`zamni aholiga bildirmoqda va demoqdaki: "Hozirlaningiz; boshqa, doimiy bir mamlakatga ketajaksiz. Shunday bir mamlakatki, bu mamlakat unga nisbatan bir zindon hukmidadir. Podshohimizning saltanati poytaxtiga borib, marhamatiga, ehsonlariga noil bo’lajaksiz. Agar go’zal ravishda bu farmonni tinglab itoat qilsangiz... Yo’qsa isyon etib tinglamasangiz, mudhish zindonlarga tashlanajaksiz", kabi ma`nolarda da`vat qilmoqda. Sen ham ko’rmoqdasanki; u farmoni a`zamda shunday mo’`jizali bir muhr borki, hech bir jihatdan taqlid qilinishi mumkin emas. Sen kabi ahmoqlardan boshqa harkas u farmon podshohning farmoni bo’lganini qat`iy bilar. Va u porloq yovari akramda shunday nishonlar borki, sen kabi ko’rlardan boshqa har kim u zotni podshohning juda to’g’ri amrlarining tarjimoni bo’lganini yaqiynan anglar.
Ajabo, u yovari akram u farmoni a`zam ila barobar butun quvvati ila da`vo etib xabar berganlari shu mamlakatni o’zgartirish masalasi, hech mumkinmidirki e`tiroz uyg’otsin? Yo’q, mumkin emasdir! Faqat shu shart ilaki, butun bu ko’rganimiz har narsani inkor etsang...
Endi, ey birodar!. So’z sengadir, so’zla! Nima aytsang ayt!
- Men nima ham deyman, ortiq bunga qarshi bir narsa deyish mumkinmi? Kunning o’rtasida quyoshga qarshi so’z so’ylanirmi? Yolg’iz deymanki: Alhamdulilloh, yuz ming marta shukr bo’lsinki; vahima va havo tazyig’idan, nafs va havas asoratidan qutulib, doimiy hibs va zindondan ozod bo’ldim va ishondimki: Bu aralash-quralash, beqaror musofirxonalardan boshqa va podshohning huzurida bir saodat diyori bordir; biz ham unga nomzodmiz...
Xullas, hashr va oxiratdan kinoya va iborat bo’lgan bu misoliy hikoya shu yerda tamom bo’ldi. Endi, Allohning tavfiqi ila oliy haqiqatlarga o’tamiz... Ko’rib chiqilgan "O’n Ikki Surat"ga javoban bir "Muqaddima" ila "O’n Ikki Bir-Biriga Tayangan Haqiqat"ni bayon etamiz.
Аудио мавжуд эмас