So’zlar | o’ninchi so’z | 43
(38-89)
YETTINCHI SURAT:
Kel, bir oz kezaylik. Shu madaniy aholi ichida nima bor, nima yo’q ko’raylik. Xullas boq!. har yerda, har burchakda ko’plab suratgir asboblar o’rnatilgan, suratga tushirmoqdalar. Boq, har yerda turli kotiblar o’tirganlar, bir narsalar yozmoqdalar. Har narsani qayd etmoqdalar. Eng ahamiyatsiz bir xizmatni, eng oddiy bir voqeani ham qayd etmoqdalar. Ana! shu yuksak tog’da podshohga maxsus bir katta suratgir asbob o’rnatilganki;(Izoh2) butun bu atrofda kechayotgan jarayonlarning suratini olmoqdalar. Demak, U zot amr etganki; mulkimda kechayotgan butun muomala va ishlar qayd etilsin. Demak bo’ladiki; u Zoti Muazzam butun hodisalarni qayd ettirar, suratini olar. Xullas, bu diqqatli hifz va muhofaza, albatta, bir hisob-kitob uchundir. Endi, eng oddiy raiyatning eng oddiy muomalalariga ahamiyatsizlik qilmagan bir Hokimi Hafiyz, hech mumkinmidirki, raiyatning eng kattalaridan eng katta amallarini muhofaza etmasin, hisob-kitob qilmasin, mukofot va jazo bermasin. Holbuki, U zotning izzatiga va g’ayratiga tegadigan, sha`ni marhamati hech qabul qilmaydigan muomalalar u kattalardan sodir bo’layotir. Bu yerda jazoga yo’liqtirmayotir.
Demak, bir Mahkama-i Kubroga qoldirilmoqda...
SAKKIZINCHI SURAT.
Kel, Undan kelgan bu farmonlarni senga o’qib berayin. Boq, takror-takror va`da bermoqda va shiddatli qo’rqitmoqdaki: "Sizlarni u yerdan olib saltanatim poytaxtiga keltiraman va mutelarni mas`ud, osiylarni mahbus etaman. U vaqtinchalik yerni xarob etib, abadiy saroylarni, zindonlarni o’z ichiga olgan boshqa bir mamlakat barpo etaman." Ham u va`da qilgan narsalari Unga g’oyat rohatdir. Raiyati uchun g’oyat muhimdir. Va`dasidan qaytmoq esa, iqtidori izzatiga g’oyat ziddir. Xullas, boq, ey ahmoq! Sen yolg’onchi vahimangni, bema`ni aqlingni, aldatguvchi nafsingni tasdiqlamoqdasan. Va hech bir jihat ila va`dasidan qaytishga va xilofga majburiyati bo’lmagan va hech bir jihat ila xilof sharafiga yarashmagan va butun ko’ringan ishlar sidqiga guvohlik bergan bir zotni yolg’onlamoqdasan. Albatta buyuk bir jazoga loyiq bo’lasan. Misoli shunga o’xsharki: Bir yo’lovchi quyosh ziyosidan ko’zini berkitib, xayoliga nazar soladi, vahmi esa, bir tilla qo’ngiz kabi, bosh chirog’ining yorug’ligi ila dahshatli yo’lini yoritishni istaydi. Modomiki va`da bergan, qilajakdir. Holbuki, bajo keltirish Unga juda rohat va bizga va har narsaga va Unga hamda saltanatiga juda ham lozimdir.
Demak, bir Mahkama-i Kubro bor, bir saodati uzmo bordir.
------------------------------------------------------------------------------
(Izoh2) Bu holat ishora etgan ma`nolarning bir qismi Yettinchi Haqiqatda bayon etilgan. Yolg’iz bu yеrdagi podshohga maхsus bir katta suratgir asbob ishorasi va haqiqati Lavhi Mahfuz dеmakdir. Lavhi Mahfuz borligining haqiqat bo’lgani Yigirma Oltinchi So’zda shunday isbot etilganki: qandayki kichik-kichik juzdonlar katta bir qutining mavjudligini sеzdirar va kichik-kichik vasiqalar bir katta daftarning borligini darak bеrar va kichik kasratli tomchilar katta bir suv manbasini his ettirar. Aynan shuning kabi: Kichik-kichik juzdonlar hukmida, ham bittadan kichik Lavhi Mahfuz ma`nosida, ham katta Lavhi Mahfuzni yozadigan qalamdan tomchilargan kichik-kichik nuqtalar shaklidagi insonlarning quvva-i hofizalari, daraхtlarning mеvalari, mеvalarning danaklari, urug’lari, albatta bir Hofiza-i Kubroni, bir daftari akbarni, bir lavhi mahfuzi a`zamni sеzdirar, хabar bеrar, isbot qilar. Balki o’tkir aqllarga ko’rsatar...
Аудио мавжуд эмас