So’zlar | o’ninchi so’z | 42
(38-89)
OLTINCHI SURAT:
Xullas, kel va ko’r, bu muhtasham poyezdlar, tayyoralar, ta`minotlar, omborlar, ko’rgazmalar, ijrootlar parda orqasida juda muhtasham bir saltanat bor deb(Izoh1) hukm etmoqdalar. Bunday bir saltanat o’ziga loyiq bir raiyat istar. Holbuki ko’rmoqdasanki, butun raiyat bu musofirxonada to’planganlar. Musofirxona esa har kuni to’lar, bo’shalar. Ham butun raiyat mashq uchun bu imtihon maydonida hozirdirlar. Maydon esa, har soat o’zgartirilmoqda. Ham butun raiyat podshohning qiymatli ehsonlarining namunalarini va g’aroyib san`atlarining antiqalarini ko’rgazmalarda tomosha qilish uchun bu namoyishgohda bir necha daqiqa to’xtab sayr etmoqdalar. Namoyish joyi esa har daqiqada o’zgarmoqda. Ketgan kelmas, kelgan ketar. Xullas bu hol, bu vaziyat qat`iy ravishda ko’rsatmoqdaki: Bu musofirxona va bu maydon va bu namoyish joylarining orqasida doimiy saroylar, barqaror maskanlar, bundagi namuna va suratlarning sof va yuksak asllari ila to’la bog’ va xazinalar bordir.
Demak, bu yerdagi tirishishlar ular uchundir. Bu yerda ishlattirar, u yerda haqini berar. Har kimning iste`dodiga ko’ra u yerda bir saodati bor...
--------------------------------------------------------
(Izoh1) Masalan: Qanday bu zamonda mashq maydonida harbiy usulda: "Qurol ol, nayza os!" amriga muvofiq ulkan bir lashkar boshdan oxir tikanli bir changalzorga o’xshagani kabi; har bayram kunida rasmiy namoyish uchun "Harbiy liboslaringizni kiyib, nishonlaringizni osingiz!" amriga qarshi qarorgoh boshdan oyoq turfa gullar ochgan ziynatli bir bog’chani misol etgani kabi; shuningdek, ro’yi zamin maydonida Sultoni Azaliyning nihoyatsiz turli askarlaridan farishta, jin va ins va hayvonlar kabi ongsiz o’simliklar toifasi ham hayotni qo’riqlash jihodida Amri كُنْ فَيَكُونُ ila "Mudofaa uchun qurollaringizni va jihozlaringizni osingiz!" Allohning amrini olganlari vaqt, zamin boshdan-oyoq butun undagi tikanli daraxtlar va o’simliklar nayzachalarini toqqan payt, aynan nayzalarini osgan muhtasham bir lashkargohga o’xshab qoladi.
Ham bahorning har bir kuni, har bir haftasi bir nabotot toifasining bir bayrami hukmida bo’lgani uchun, har bir toifa ham o’z Sultonining u toifaga ehson etgan go’zal hadyalarini ko’z-ko’z qilish uchun namoyishdan o’tayotgan bir qo’shin kabi, ko’kraklaridagi bu bezakli nishonlarni u Sultoni Azaliyning shuhud va ishhod nazariga arz etganidan va shunday bir vaziyatni ko’rsatganidan; butun nabotot va daraxtlar go’yo "Rabboniy San’at bezaklarini hamda chechak va meva deb atalgan Ilohiy Fitrat nishonlarini osingiz, gullar ochingiz!" rabboniy amrni tinglamoqdalarki, shu kabi ro’yi zamin ham g’oyat muhtasham bir bayram kunida shohona qo’shinlar namoyishida yaltiroq liboslari va bezakli nishonlari porlab turgan bir lashkargohni eslatadi.
Xullas, bu darajada hikmatli va intizomli jihozlar va ziynatlar, albatta, nihoyatsiz qodiyr bir sultonning, g’oyat darajada hakiym bir hokimning amri bilan bo’lishini ko’r bo’lmaganlarga ko’rsatar.

Аудио мавжуд эмас