So’zlar | o’ninchi so’z | 41
(38-89)
Yashirin, qusursiz kamol esa taqdirlovchi, tahsin etguvchi, mashaolloh deb tomosha qilguvchilarning boshlarida namoyon bo’lishni istar. Maxfiy, mislsiz jamol esa ko’rinmoq va ko’rmoq istar. Ya`ni, o’z jamolini ikki jihat ila ko’rmoq: Biri, turli xil oynalarda shaxsan ko’rmoq; Boshqasi, mushtoq tomoshabin va hayratda qolgan tahsin etuvchilarning tomosha qilishi ila ko’rmoq istar. Ham ko’rmoq, ham ko’rinmoq, ham doimiy mushohada, ham abadiy guvohlikni istar. Ham u doimiy jamol mushtoq tomoshabin va tahsin etguvchilar vudujlarining davomini istar. Chunki doimiy bir jamol o’tkinchi mushtoqqa rozi bo’lolmas.
Zero, qaytib kelmaslik sharti bilan zavolga mahkum bo’lgan bir tomoshabinning muhabbati zavolning tasavvuri ila adovatga aylanar, hayrat va hurmati haqoratga mayl etar. Chunki inson bilmagan va yetisholmagan narsasiga dushmandir. Holbuki, bu dunyo musofirxonalaridan hamma tezda ketib g’oyib bo’lmoqda. U kamol va u jamolning bir ishig’iga, hatto zaif bir soyasiga bir ongina boqib, to’ymasdan ketmoqda.
Demak, doimiy bir sayrgoh sari ketmoqdalar...

BESHINCHI SURAT:
Boq, bu ishlar ichida u mislsiz zotning juda buyuk bir shafqati borligi ko’rinmoqda. Chunki har musibatzadaning yordamiga yugurtirmoqda. Har orzu va istaklariga javob bermoqda. Hatto boq, eng oddiy bir raiyatining eng kichik bir hojatini ham ko’rsa, shafqat bilan hojatbarorlik qilmoqda. Bir cho’ponning bir qo’yining bir oyog’i og’risa, yo malham, yo boytar yubormoqda.
Yur boraylik, ana u orolda katta bir yig’in bo’lmoqda. Butun mamlakat sharaflilari u yerda to’planganlar. Boq, juda buyuk bir nishon toshigan bir yovari akram bir nutq o’qimoqda. U shafqatli podshohidan bir narsalarni istamoqda. Butun aholi: "Ha, ha, biz ham istaymiz" demoqdalar. Uni tasdiq etmoqdalar va qo’llamoqdalar. Endi tingla, bu podshohning sevgilisi demoqdaki:
"Ey bizni ne`matlari ila parvarish qilgan sultonimiz! Bizga ko’rsatgan namunalarning va soyalarning asllarini, manbalarini ko’rsat. Va bizni saltanating poytaxtiga jalb et. Bizni bu cho’llarda mavh ettirma. Bizni huzuringga ol. Bizga marhamat et. Bu yerda bizga tottirgan laziz ne`matlaringni u yerda yedir. Bizni zavol va quvmoq ila azoblama. Senga mushtoq va shukr etgan ushbu mute raiyatingni bebosh qoldirib, i`dom etma", demoqda va juda ko’p yolvormoqda. Sen ham eshitmoqdasan. Ajabo, bu qadar shafqatli va qudratli bir podshoh eng oddiy bir odamning eng kichik bir orzusini ahamiyat ila bajo keltirsin, eng sevgili bir yovari akramining eng go’zal bir maqsudini bajo keltirmasin? Holbuki, u sevgilining maqsudi barchaning ham maqsudidir. Podshohning ham xushnudligi, ham marhamati va adolatining taqozo etganidir. Ham unga rohatdir, og’ir emas. Bu musofirxonalardagi vaqtinchalik sayrgohlar qadar og’ir kelmas. Modomiki namunalarini ko’rsatmoq uchun besh-olti kunlik sayrgohlarga bu qadar xarajat qilmoqda, bu mamlakatni bunyod etdi. Albatta, haqiqiy xazinalarini, kamolotini, hunarlarini saltanatining poytaxtida shunday bir tarzda ko’rsatajak, shunday sayrgohlar ochajakki, aqllarni hayratda qoldirajak.
Demak, bu imtihon maydonidagilar o’z hollariga tashlab qo’yilgan emaslar, saodat saroylari va zindonlar ularni kutmoqdalar...
Аудио мавжуд эмас