So’zlar | o’ninchi so’z | 45
(38-89)
O’N BIRINCHI SURAT:
Kel, ey qaysar birodar! Sharqqa yo G’arbga, ya`ni, moziyga yo istiqbolga ketadigan bir tayyoragami, bir poyezdgami minaylik. Bu mo’`jizakor Zotning boshqa yerlarda qanday mo’`jizalar ko’rsatganini ko’raylik. Xullas boq: ko’rganimiz manzil va maydon va namoyishgoh kabi ajoyibotlar har tarafda mavjuddir. Ammo san`atcha, suratcha bir-biridan farqlidirlar. Faqat, bir narsaga yaxshi ahamiyat berki, u sabotsiz manzillarda, u davomsiz maydonlarda, u bebaqo namoyishgohlarda; qanchalar yaqqol bir hikmatning intizomlari, qanchalar ravshan bir inoyatning ishoralari, qay daraja oliy bir adolatning nishonlari, qanchalab keng bir marhamatning samaralari ko’rinmoqda. Basiratsiz bo’lmagan har kim yaqiynan anglarki: Uning hikmatidan yanada akmal bir hikmat va inoyatidan yanada go’zal bir inoyat va marhamatidan yanada qamrovli bir marhamat va adolatidan yanada ustun bir adolat bo’lolmas va tasavvur qilib bo’lmas. Agar farazan, vahima qilayotganingdek, mamlakati ichida doimiy manzillar, oliy makonlar, sobit maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, mas`ud raiyati bo’lmasa: Shu hikmat, inoyat, marhamat va adolatning haqiqatlariga shu bebaqo mamlakat noil bo’lolmagani ma`lum va ularga noil bo’ladiganlar boshqa yerda ham topilmasa, u holda kunning o’rtasida quyoshning nurini ko’rib turib quyoshni inkor etishigacha borib etuvchi bir ahmoqlik ila, shu ko’z o’ngimizdagi hikmatni inkor etmoq va shu ko’rib turganimiz inoyatni inkor etmoq va shu ko’rganimiz marhamatni inkor etmoq hamda juda quvvatli nishonlari, belgilari ko’ringan adolatni inkor etmoq lozim kelar. Ham bu ko’rganimiz hakiymona ijrootlar va kariymona ishlar va rahiymona ehsonlar sohibini – yo’q, aslo yo’q! -buzuq bir o’yinchi, g’addor bir zolim bo’lganini qabul etishimiz lozim kelar. Bu esa haqiqatlarning zidlariga o’zgarishidir. Holbuki, haqiqatlarning aksiga o’zgarishi butun aql ahlining ittifoqi ila imkonsizdir, mumkin emasdir. Faqat, har narsaning vujudini inkor etuvchi Sofist ablahlar mustasnodir.
Demak, bu diyordan boshqa bir diyor bordir. Unda mahkama-i kubro, yuksak adolat, buyuk ikrom yeri bordirki, to shu marhamat va hikmat va inoyat va adolat to’laligicha namoyon bo’lsinlar...
O’N IKKINCHI SURAT:
Kel, endi qaytamiz. Bu jamoatlarning raislari va zobitlari ila ko’rishamiz hamda jihozlariga boqamiz; u jihozlar faqatgina u maydonda qisqa bir muddat ichida yashash uchun-mi berilgan? Yoxud boshqa bir yerda uzoq bir saodat hayotini hosil etish uchun-mi berilgan? Ko’raylik. Harkasni va hamma jihozlarni ko’rib chiqolmaymiz. Faqat, namuna uchun mana bu zobitninig juzdoniga va daftariga boqamiz. Bu juzdonda zobitning martabasi, maoshi, vazifasi, istaklari va harakat dasturi bordir. Boq, bu martaba bir necha kunlik emas; balki juda uzoq bir zamon uchun berilishi mumkin. "Shu maoshni maxsus xazinadan falon vaqtda olajaksan" yozilgandir. Vaholanki, aytilgan u vaqt ancha zamonlar o’tib, bu maydon yopilgandan keyin keladi. Shu vazifa esa; shu vaqtinchalik maydonga ko’ra emas, balki podshohning huzurida doimiy bir saodatni qozonish uchun berilgandir. Mazkur istaklar esa bir necha kunlik musofirxonada yashab qolish uchun bo’lolmas, balki uzun va mas`udona bir hayot uchun bo’lishi mumkin. Ushbu dastur esa, juzdon sohibi boshqa yerga nomzod ekanini, boshqa olam uchun mehnat qilayotganini yaqqol ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас