So’zlar | o’ninchi so’z | 47
(38-89)
MUQADDIMA
Bir qancha ishoralar ila boshqa risolalarda, ya`ni Yigirma Ikkinchi, O’n To’qqizinchi, Yigirma Oltinchi So’zlarda izoh etilgan bir nechta masalaga ishora etamiz.
BIRINCHI ISHORA: Hikoyadagi ahmoq odamning u amin hamrohi ila "Uch Haqiqatlari" bor.
Birinchisi: Nafsi ammoram ila qalbimdir.
Ikkinchisi: Falsafa shogirdlari ila Qur`oni Hakimning talabalaridir.
Uchinchisi: Ummati Islomiya ila millati kufriyadir.
Falsafa shogirdlari va millati kufriya va nafsi ammoraning eng mudhish zalolati Janobi Haqni tanimaslikdadir. Hikoyada qanday amin odam degandi: "Bir harf kotibsiz bo’lmas, bir qonun hokimsiz bo’lmas". Biz ham deymiz:
Qandayki bir kitob, xususan shunday bir kitobki har kalimasi ichida kichik qalam ila bir kitob yozilgan. Har harfi ichida ingichka qalam ila muntazam bir qasida yozilgan. Kotibsiz bo’lishi so’ng darajada maholdir. Xuddi shuningdek, bu koinotning naqqoshsiz bo’lishi so’ng darajada mahollar ustiga maholdir. Zero bu koinot shunday bir kitobdirki har sahifa ko’p kitoblarni o’z ichiga olar. Hatto, har kalimasi ichida bir kitob bordir. Har bir harfi ichida bir qasida bordir. Yer yuzi bir sahifa. Qanchalab kitoblar ichida bor. Bir daraxt bir kalimadir. Qanchalab sahifalari bordir. Bir meva bir harfdir, bir urug’ bir nuqtadir. U nuqtada ulkan bir darxtning dasturi, mundarijasi bor. Xuddi mana shunday bir kitob jalol va jamol sifatlariga, nihoyatsiz qudrat va hikmatga sohib bir Zoti Zuljalolning qudrat qalamining naqshi bo’la olar. Demak, olamning shahodati ila bu iymon lozimdir. Magaram, zalolat uni sarxush etmagan bo’lsa...
Ham qandayki bir xona ustasiz bo’lmas. Xususan shunday bir xonaki hayrat beruvchi san`atlar ila, ajib naqshlar ila, g’aroyib ziynatlar ila bezatilgan. Hatto har bir toshida bir saroychalik san`at joylashtirilgan. Ustasiz bo’lmog’ini hech bir aql qabul qilolmas, g’oyat mohir bir san`atkor istar. Xususan u saroy ichida kino lavhalari kabi har soatda haqiqiy manzillar tashkil qilinib, mukammal intizom ila ko’ylak almashtirgani kabi almashtirmoqda. Hatto, har bir haqiqiy lavha ichida ko’pgina kichik-kichik manzillar ijod qilinmoqda. Xuddi shuning kabi bu koinot nihoyatsiz hakiym, aliym, qodiyr bir Sone` istar. Chunki shu muhtasham koinot shunday bir saroydirki: Oy, Quyosh chiroqlari; yulduzlar mumlari; zamon bir ip, bir yo’ldirki, u Sone`i Zuljalol har yili bir boshqa olamni unga tizib ko’rsatmoqda. U ipga tizgan olamning ichida muntazam suratlarini uch yuz oltmish xilda yangilab turmoqda. Mukammal intizom hamda hikmat ila almashtirmoqda. Yer yuzini bir ne`mat dasturxoni qilganki, har bahor mavsumida uch yuz ming san`at navlari ila ziynatlantirmoqda. Sarhadsiz va behisob ehson turlari ila to’ldirmoqda. Shunday bir tarzdaki, behad aralashganlik ichra va qorishgan bo’lganlari holda bag’oyat darajada imtiyoz va farq ila bir-biridan ayrilmoqda. Boshqa jihatlarni bunga qiyos et... Qanday qilib shunday bir saroyning San`atkoridan g’aflatda qolish mumkin?
Аудио мавжуд эмас