So’zlar | o’ninchi so’z | 50
(38-89)
UCHINCHI ISHORA: Xotirga kelmasinki: Bu kichkina insonning nima ahamiyati borki, bu azim dunyo uning amallari hisob-kitobi uchun yopilsin, boshqa bir doira ochilsin. Chunki bu kichkina inson, fitrat jamiiyati e`tibori ila shu mavjudot ichida bir ishboshi va bir Alloh saltanati dalloli hamda bir kulliy ubudiyat mazhari bo’lganidan buyuk ahamiyati bordir. Ham xotirga kelmasinki: Qisqacha bir umrda qanday abadiy bir azobga loyiq bo’lar? Zero kufr shu Samadoniy maktublar darajasida va qiymatida bo’lgan koinotni ma`nosiz, g’oyasiz bir darakaga tushirgani uchun butun koinotga qarshi bir haqorat bo’lgani kabi, bu mavjudotda jilvalari, naqshlari namoyon bo’lgan butun Allohning muqaddas ismlarni inkor ila rad va Janobi Haqning haqqoniyat va sidqini ko’rsatgan cheksiz butun dalillarini yolg’onlash bo’lganidan nihoyatsiz bir jinoyatdir. Benihoyat jinoyat esa nihoyatsiz azobni lozim etar...
TO’RTINCHI ISHORA: Qandayki hikoyada o’n ikki surat ila ko’rdikki: Hech bir jihatda mumkin emaski; shunday bir podshohning shunday vaqtinchalik musofirxona kabi bir mamlakati bo’lsin-da, barqaror va hashamatiga mazhar va eng buyuk saltanatiga mador bo’lgan boshqa doimiy bir mamlakati bo’lmasin... Shuning kabi hech bir jihatdan mumkin emaski; bu foniy olamning boqiy Xoliqi buni ijod etsin-da, boqiy bir olamni ijod etmasin? Ham mumkin emaski shu betakror va o’tkinchi koinotning sarmadiy Sone`i buni yaratsin-da, barqaror va doimiy boshqa bir koinotni ijod etmasin. Ham mumkin emaski bu namoyishgoh va imtihon maydoni va ekinzor hukmidagi bu dunyoning Hakiym va Qodiyr va Rahiym bo’lgan Fotiri uni yaratsin, uning butun g’oyalariga mazhar bo’lgan oxirat yurtini yaratmasin. Bu haqiqatga "O’n ikki eshik"dan kirilar. "O’n ikki haqiqat" ila u eshiklar ochilar. Eng qisqa va osonidan boshlaymiz:
Birinchi Haqiqat - Rububiyat va Saltanat Bobidirki, Rab Ismining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki, rububiyat sha`ni va uluhiyat saltanati, xususan shunday bir koinotni kamolotini ko’rsatmoq uchun g’oyat oliy g’oyalar va yuksak maqsadlar ila ijod etsin, uning g’oya va maqsadlariga qarshi iymon va ubudiyat ila qarshilagan mo’`minlarga mukofoti bo’lmasin? Va u maqsadlarni rad va kamsitish ila javob bergan zalolat ahliga jazo bermasin?
Ikkinchi Haqiqat - Karam va Rahmat Bobidirki, Kariym va Rahiym ismining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki, ko’rsatgan asarlari ila nihoyatsiz bir karam va nihoyatsiz bir rahmat va nihoyatsiz bir izzat va nihoyatsiz bir g’ayrat sohibi bo’lgan shu olam Rabbisining karam va rahmatiga loyiq mukofoti, izzat va g’ayratiga muvofiq jazosi bo’lmasin. Ha, bu dunyoning ketishiga qaralsa ko’rilmoqdaki; eng ojiz, eng zaifdan tut(Izoh) to eng kuchliga qadar har jonliga loyiq bir rizq berilmoqda. Eng zaif, eng ojizga eng yaxshi rizq berilmoqda. Har dardliga kutmagan yeridan darmon yetkazilmoqda. Shunday yuksak bir karam ila ziyofatlar, ikromlar bo’lmoqdaki, nihoyatsiz bir karam qo’li ichida ishlaganini ochiqchasiga ko’rsatmoqda.
Аудио мавжуд эмас