So’zlar | o’ninchi so’z | 53
(38-89)
Endi hech mumkinmidirki, bunday eng kichik bir maxluqning eng kichik bir hojatining yordamiga yugurgan bir adolat va hikmat inson kabi eng buyuk bir maxluqning baqo kabi eng buyuk hojatini e`tiborsiz qoldirsin? Eng katta madad so’rashini va eng katta istagini javobsiz qoldirsin! Rububiyatning hashamatini bandalarining huququni himoya etmoq ila muhofaza etmasin? Holbuki shu foniy dunyoda qisqa bir hayot kechirgan inson unday bir adolatning haqiqatiga noil bo’lolmas va bo’lolmayotir. Balki bir mahkama-i kubroga qoldirilmoqda. Zero haqiqiy adolat istarki: Shu kichkinagina inson shu kichikligi nisbatida emas, balki jinoyatining buyukligi, mohiyatining ahamiyati va vazifasining azamati nisbatida mukofot va jazo ko’rsin. Modomiki shu foniy, o’tkinchi dunyo abad uchun yaratilgan inson xususida shunday bir adolat va hikmatga sazovorlikdan juda uzoqdir. Albatta odil bo’lgan u Zoti Jaliyli Zuljamolning va Hakiym bo’lgan u Zoti Jamiyli Zuljalolning doimiy bir Jahannami va abadiy bir Jannati bo’lajakdir.
To’rtinchi Haqiqat - Jud va Jamol Bobidir. Javvod va Jamiyl Ismining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki, nihoyatsiz jud va saxovat, tuganmas boylik va bitmas xazinalar, mislsiz sarmadiy jamol, qusursiz abadiy kamol bir saodat yeri va ziyofat joyi ichida doimiy mavjud bo’ladigan muhtoj shokirlarni, mushtoq oynadorlarni, hayratlanuvchi tomoshabinlarni istamasinlar? Ha, dunyo yuzini bu qadar ziynatli san`atli asarlari ila bezantirmoq, Oy ila Quyoshni chiroq qilmoq, yer yuzini bir ne`mat dasturxoni etib, taomlarning eng go’zal xillari ila to’ldirmoq, mevali daraxtlarni bittadan idish qilmoq, har mavsumda bir necha martadan yangilab turmoq hadsiz bir jud-u saxovatni ko’rsatar... Bunday nihoyatsiz bir jud-u saxovat, shunday tuganmas xazinalar va rahmat ham doimiy, ham orzu etilgan, har narsa ichida muhayyo bo’lgan bir ziyofat yeri va saodat maskani istar. Ham qat`iy istarki u ziyofatdan lazzatlanganlar u saodat maskanida davom etsinlar, abadiy qolsinlar. Toki zavol va firoq ila alam chekmasinlar. Chunki alamning zavoli lazzat bo’lgani kabi, lazzatning zavoli ham alamdir. Unday saxovat alam chektirmoq istamas.
Demak, abadiy bir Jannatni, ham ichida abadiy muhtojlarni istar. Chunki nihoyatsiz jud-u saxovat nihoyatsiz ehson etmoq istar, ne`matlantirmoq istar. Nihoyatsiz ehson va ne`matlantirmoq esa nihoyatsiz minnatdorlik, ne`matlanmoq istar. Bu esa, ehsonga noil bo’lgan shaxs vujudining davomini istar. Toki doimiy ne`matlanmoq ila u doimiy in`omga qarshi shukr va minnatdorligini ko’rsatsin. Bo’lmasa zavol ila achchiqlashgan juz`iy bir lazzat qisqacha bir zamonda shunday bir jud va saxovatning taqozosi ila muvofiq emasdir.
Ham yana, Alloh (J.J.) san`atli asarlarining namoyishgohi bo’lgan olamning har tarafidagi ko’rgazmalariga boq. Yer yuzidagi nabotot va hayvonotning qo’llarida bo’lgan Rabboniy e`lonlarga diqqat et(Izoh1), rububiyat go’zalliklarining dallollari bo’lgan anbiyo va avliyoga quloq sol. Qanday hamjihatlik ila Sone`i Zuljalolning nuqsonsiz kamolotini g’aroyib san`atlarining namoyoni ila ko’rsatmoqdalar, bayon etmoqdalar, diqqat nazarini jalb etmoqdalar.
Аудио мавжуд эмас