So’zlar | o’ninchi so’z | 56
(38-89)
Boq, ham shunday baqo kabi bir umumiy ehtiyoj uchun duo etmoqdaki, nafaqat Yer ahli, balki osmonlar ahli, balki butun mavjudot niyoziga ishtirok etib hol lisoni ila: "Ha...ha, yo Rabbano! Ber, duosini qabul et. Biz ham istaymiz", demoqdalar. Ham boq! Shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona boqiy saodat istamoqdaki, butun koinotni yig’lattirib, duosiga ishtirok ettirmoqda.
Boq, ham shunday bir maqsad, shunday bir g’oya uchun saodat istab duo etmoqdaki inson va butun maxluqotni asfali sofiliyn bo’lgan mutlaq yo’qlikka qulashdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, g’oyasizlikdan a`loyi illiyin bo’lgan qiymatga, baqoga, yuksak vazifaga, Samadoniy maktublar bo’lish darajasiga chiqarmoqda.
Boq, ham shunday yuksak bir fizori istimdotkoronalik ila istamoqda va shunday shirin bir niyozi istimdotkorona ila yolvormoqdaki go’yo butun mavjudotga, osmonlarga, arshga eshittirib, yuksak hayajonga keltirib duosiga "Omin, Allohumma omin" ayttirmoqda.(Izoh) Boq, ham shunday Sami` va Kariym bir Qodiyrdan, shunday Basiyr va Rahiym bir Aliymdan saodat va baqoni istamoqdaki shubhasiz eng yashirin bir jonzotning eng pinhoniy bir orzusini, eng yashirin bir niyozini ko’rar, eshitar, qabul etar, marhamat ko’rsatar. Hol lisoni bilan bo’lsa ham, ijobat qilar. Shunday hakiymona, basiyrona, rahiymona suratda berar va ijobat etarki, u tarbiya va tadbir shunday Sami` va Basiyrga maxsus, shunday bir Kariym va Rahiymga xos bo’lganiga shubha qoldirmas.
------------------------------------------
(Izoh) Ha, shu Olamning Mutasarrifining butun tasarruflari idrokona, aliymona, hakiymona bo’lgani holda, hеch bir jihat ila mumkin emasdirki, u Mutasarrif o’z san`atli asarlari ichida eng mumtoz bir kishisining harakatlaridan хabari va ma`lumoti bo’lmasin. Ham hеch bir jihat ila mumkin emasdirki, u Mutasarrifi Aliym u mumtoz kishining harakatlaridan va duolaridan хabardor bo’lgani holda unga nisbatan loqayd qolsin, ahamiyat bеrmasin. Ham, hеch bir jihat ila mumkin emasdirki, ul Mutasarrifi Qodiyri Rahiym uning duolariga loqayd qolmagani holda, u duolarni qabul etmasin. Ha, zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) nuri ila olamning shakli o’zgardi. Inson va butun koinotning haqiqiy mohiyatlari u nur, u ziyo ila maydonga chiqdi va ko’rindiki, bu koinotning mavjudoti Ilohiy Ismlarni o’qitgan bittadan Samadoniy maktublar, bittadan vazifador ma`mur va baqoga mazhar qiymatdor va ma`nodor bittadan mavjuddirlar. Agar u Nur bo’lmasa edi, mavjudot mutlaq yo’qlikka mahkum va qiymatsiz, ma`nosiz, foydasiz, g’oyasiz, chalkash, tasodif o’yinchog’i bo’lgan bir vahimalar zulmati ichida qolar edi. Хullas, shu sirdandirki, insonlar zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) duosiga "Omin" dеganlari kabi, arsh va farsh va zamindan ko’kka qadar butun mavjudot uning nuri bilan faхrlanib, aloqadorlik ko’rsatmoqdalar. Zotan, Hz.Muhammad(S.A.V.) ubudiyatining ruhi duodir. Balki, koinotning harakati va хizmatlari bir navi duodir. Masalan, bir urug’ning harakati Хoliqidan bir daraхt bo’lishiga bir navi duodir.
Аудио мавжуд эмас