So’zlar | o’ninchi so’z | 54
(38-89)
Demak, bu olam Sone`ining juda muhim va hayratlantiruvchi va yashirin kamoloti bordir. Bu g’aroyib san`atlar ila ularni ko’rsatmoq istar.Chunki yashirin, qusursiz kamolot taqdirlovchi, tahsin etuvchi, mashaolloh deb tomosha qilguvchilarning boshlarida namoyon bo’lmoq istar. Doimiy kamolot esa doimiy ko’rinmoq istar. Bu esa taqdir va tahsin etuvchilar vujudining davomini istar. Baqosi bo’lmagan tahsin etuvchining nazarida kamolotning qiymati sukut etar(Izoh2). Ham yana koinotning yuzida tizilgan g’oyatda go’zal va san`atli va porloq va ziynatli shu mavjudot ishiq Quyoshni bildirgani kabi, mislsiz ma`naviy bir jamolning go’zalligini bildirar va nozirsiz, maxfiy bir husnning latifalarini xabar berar(Izoh3). U munazzah husn, u muqaddas jamolning jilvasidan ismlarda, balki har ismda ko’p yashirin xazinalar bo’lganini ishora etar. Xullas, shu darajada oliy, tengsiz, yashirin bir jamol o’z go’zalliklarini bir oynada ko’rmoq va husnining darajalarini va jamolining miqyoslarini idrokli va mushtoq bir oynada mushohada etmoq istagani kabi, boshqalarining nazari ila yana sevgili jamoliga boqmoq uchun ko’rinmoq ham istar. Demak, ikki jihatdan o’z jamoliga boqmoq: biri har biri boshqa-boshqa rangda bo’lgan oynalarda shaxsan o’zi mushohada etmoq; Boshqasi: mushtoq bo’lgan tomoshabin va hayratda qolgan tahsinchilarning mushohadasi ila mushohada etmoq istar. Demak, husn va jamol ko’rmoq va ko’rinmoq istar. Ko’rmoq, ko’rinmoq esa mushtoq tomoshabin, hayratda qolgan tahsin etuvchilarninig vujudini istar. Husn va jamol abadiy sarmadiy bo’lganidan mushtoqlar vujudlarining davomini istar. Chunki doimiy bir jamol o’tkinchi bir mushtoqqa rozi bo’lolmas. Zero qaytmaslik sharti bilan zavolga mahkum bo’lgan bir tomoshabin zavolning tasavvuri ila muhabbati adovatga aylanar. Hayrati haqoratga, hurmati kamsitishga mayl etar. Chunki xudgam inson bilmagan narsasiga dushman bo’lgani kabi, yetishmagan narsasiga ham muxolifdir. Holbuki nihoyatsiz bir muhabbat, hadsiz bir shavq va tahsin ila javob qaytarishga loyiq bo’lgan bir jamolga qarshi yashirincha bir adovat va kin va inkor ila javob berar. Xullas, kofir Allohning dushmani ekanining siri shundan tushunilar.
Modomiki u nihoyatsiz saxiylikning saxiyligi, u mislsiz go’zallikning go’zalligi, u nuqsonsiz kamolot abadiy shukr etganlarni, mushtoqlarni, tahsin etuvchilarni taqozo etarlar. Holbuki shu dunyo musofirxonasida ko’rmoqdamizki harkas tez ketib g’oyib bo’lmoqda. U saxovatning ehsonini faqat ozgina totar. Ishtahasi ochilar, faqat yemay ketar. U jamol, u kamolning ham faqat biroz ishig’iga, balki zaif bir soyasiga bir onda boqib, to’ymasdan ketar. Demak, doimiy bir sayrongohga ketilmoqda.
Al-hosil: Qandayki shu olam butun mavjudoti ila Sone`i Zuljaloliga qat`iy dalolat etar, xuddi shuning kabi Sone`i Zuljalolning sifat va muqaddas ismlari ham oxirat yurtiga dalolat etar va ko’rsatar va istar.
Beshinchi Haqiqat - Shafqat va Hz. Muhammadning (Alayhissolatu Vassalam) ubudiyati Bobi. Mujib va Rahiym Ismining jilvasidir.
Аудио мавжуд эмас