So’zlar | o’ninchi so’z | 48
(38-89)
Ham qandayki, bulutsiz, kunning o’rtasida, Quyoshning dengiz yuzida, butun ko’pikchalar ustida va quruqlikda butun porloq narsalarda va qorning butun parchalarida jilvasi ko’ringani va aksi mushohada etilgani holda Quyoshni inkor etmoq, qay daraja ajib bir devonalik bo’lmag’urligidir. Chunki u payt birgina Quyoshni inkor va qabul qilmaslik ila qatralar sanog’icha, pufakchalar miqdoricha, parchalar adadicha haqiqiy va asl quyoshchalarni qabul etmoq lozim keladi. Har zarrachada (unda faqat bir zarra sig’isha olgani holda), ulkan bir Quyoshning haqiqatini ichida qabul etmoq lozim bo’lgani kabi, aynan shuningdek: Shu ketma-ketlik ichida har vaqt hikmat ila almashib turgan va saranjomlik ichida har vaqt yangilangan shu muntazam koinotni ko’rib, Xoliqi Zuljalolni komil sifatlari ila tasdiq etmaslik, undan ham rasvo bir zalolat telbaligidir, bir majnunlik bo’lmag’urligidir. Zero har narsada, hatto har bir zarrada mutlaq bir uluhiyat qabul etmoq lozimdir. Chunki masalan: Havoning har bir zarrasi har bir chechak ila har bir mevaga, har bir yaproqqa kirar va ishlay olar. Xullas, bu zarra agar ma`mur bo’lmasa, butun kira oladigan va ishlagan san`atli asarlarining tashkil bo’lish tarzlarini va suratlarini va shakllarini bilmog’i lozimdir. Toki ichida ishlay olsin. Demak, bepoyon bir ilm va qudratga sohib bo’lmog’i darkorki, bunday qilsin.
Masalan tuproqda, har bir zarrasi mumkindirki, turli-tuman butun urug’lar va danaklarga mador va asos bo’lsin. Agar ma`mur bo’lmasa, lozim keladiki: O’tlar va daraxtlar adadicha ma`naviy jihozlar va uskunalarni o’z ichiga olsin. Va yoxud, ularning butun tashkilot tarzini biladigan, qiladigan, butun ularga kiydirilgan suratlarni taniydigan, tika oladigan bir san`at va qudrat bermoq lozim bo’lar. Yana boshqa mavjudotni ham qiyos et. Shunda anglaysanki har narsada oshkora vahdoniyatning ko’p dalillari bor. Ha, bir narsadan har narsani qilmoq va har narsani birgina narsa qilmoq har narsaning Xoliqiga xos bir ishdir. وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ shonli farmoniga diqqat et. Demak, Vohidi Ahadni qabul etmaslik ila mavjudot adadicha ilohlarni qabul etmoq lozim bo’ladi...

IKKINCHI ISHORA: Hikoyada bir Yovari Akramdan bahs etilgan va deyilganki: Ko’r bo’lmagan harkas Uning nishonlarini ko’rmoq ila anglarki: U Zot podshohning amri ila harakat etar va Uning xos bandasidir. Xullas, u yovari akram Rasuli Akramdir (Alayhissolatu Vassalam). Ha, shunday ziynatli bir koinotning shunday muqaddas bir Sone`iga shunday Rasuli Akram nurning quyoshga zaruriyati qadar lozimdir. Chunki: Qandayki Quyosh ziyo bermasligi mumkin emasdir. Xuddi shuning kabi uluhiyat ham Payg’ambarlarni yubormaslik ila o’zini ko’rsatmasligi mumkin emasdir.
Ham hech mumkin bo’lurmiki, bag’oyat kamolda bo’lgan bir jamol ko’rsatuvchi va ta`rif etuvchi bir vosita ila o’zini ko’rsatmoq istamasin?
Ham mumkin bo’lurmiki, g’oyat jamolda bo’lgan bir mukammal san`at uning ustiga diqqat nazarlarini jalb etgan bir dallol vositasi ila namoyon etishni istamasin!
Аудио мавжуд эмас