So’zlar | o’ninchi so’z | 61
(38-89)
Yettinchi Haqiqat - Hifz va Hofiziyat Bobi bo’lib, Hafiyz va Roqiyb ismlarining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki: Osmonda, yerda, quruqlikda, dengizda xo’l-quruq, katta-kichik, oddiy-oliy hamma narsani mukammal intizom va mezon ichida muhofaza etib, bir turli hisob-kitob ichida natijalarini elagan bir hofiziyat inson kabi buyuk bir fitratda, buyuk xalifalik kabi bir martabada, omonati kubro kabi buyuk vazifasi bo’lgan basharning rububiyati ommaga tegilgan amallari va fe`llari muhofaza etilmasin, hisob-kitob elagidan o’tkazilmasin, adolat tarozusida tortilmasin, loyiq jazo va mukofot ko’rmasin?! Yo’q, aslo!..
Ha, shu koinotni idora etuvchi zot har narsani nizom va mezon ichida muhofaza qilmoqda. Nizom va mezon esa ilm ila hikmat va iroda ila qudratning ko’rinishidir. Chunki ko’rmoqdamizki har san`atli asarning vujudi g’oyat muntazam va o’lchovli yaratilmoqda. Ham hayoti muddaticha o’zgartirgan suratlari ham bittadan intizomli bo’lgani holda, hay`ati majmuasi ham bir intizom ostidadir. Zero ko’rmoqdamizki, vazifasining bitishi ila umriga nuqta qo’yilgan va bu shahodat olamidan ko’chib ketgan har narsaning bir qancha suratlarini Hofizi Zuljalol hifzlangan lavhalar hukmida bo’lgan(Izoh1) hofizalarda va bir turli misoliy oynalarda hifz etib, aksar hayoti tarixchasini urug’ida, natijasida naqsh etib yozmoqda. Zohir va botin oynalarda boqiylashtirmoqda. Masalan, insonning hofizasi, daraxtning mevasi, mevaning danagi, chechakning urug’i – hofiziyat qonunining ihotasi azamatini ko’rsatmoqda.
Ko’rmayotirsanmiki, ulkan bahorning har chechakli, mevali butun mavjudoti va bularning o’zlariga ko’ra butun amallari sahifalari va tashkilotining qonunlari va suratlarining namunalari cheklangan bir miqdor urug’chalar ichida yozilib muhofaza etilmoqda. Ikkinchi bir bahorda ularga ko’ra bir hisob-kitob ichida amallari sahifalarini nashr etib, mukammal intizom va hikmat ila katta boshqa bir bahor olamini maydonga keltirmoq ila hofiziyatning qanchalar quvvatli ihota ila ro’y berayotganini ko’rsatmoqda. Ajabo, o’tkinchi, oddiy, bebaqo, ahamiyatsiz narsalarda bunday muhofaza qilinsada, g’ayb olamida, oxirat olamida, ruhlar olamida rububiyati ommada muhim samara beruvchi basharning amallari hifz ichida saqlanmoq surati ila, ahamiyat ila qayd etilmasligi mumkinmidir? Yo’q va aslo!
Ha, shu hofiziyatning bu suratda ko’rinishidan anglashiladiki, shu mavjudotning Maliki mulkida kechayotgan har narsaning tartibiga buyuk bir diqqati bor. Ham hokimiyat vazifasida bag’oyat darajada diqqat etar. Ham Rububiyati Saltanatida g’oyat diqqatni ko’zlar. Shu darajaki, eng kichik bir hodisani, eng arzimas bir xizmatni ham yozar, yozdirar. Mulkida kechayotgan har narsaning suratini ko’pgina narsalarda hifz etar. Shu hofiziyat ishora etarki, ahamiyatli bir amallar hisob-kitob daftari ochilajak va xususan mohiyat nuqta-i nazaridan eng buyuk, eng mukarram, eng musharraf bir maxluq bo’lgan insonning eng buyuk bo’lgan amallari, muhim bo’lgan fe`llari muhim bir hisob va mezonga kirajak, amallarning sahifalari nashr etilajak.
---------------------------------------------------------
(Izoh1) Yettinchi Holatning izohiga qaralsin.
Аудио мавжуд эмас