So’zlar | o’ninchi so’z | 64
(38-89)
Ha, shu olamning Mutasarrifi Ziyshoni har asr, har yil, har kun bu tor vaqtinchalik ro’yi zaminda eng buyuk hashrning va qiyomat maydonining juda ko’p misollarini va namunalarini va ishoralarini ijod etmoqda. Jumladan: Bahoriy hashrda ko’rmoqdamizki, besh-olti kun mobaynida kichik va katta hayvonot va nabototdan uch yuz mingdan ziyod navlarini hashr etib nashr qilmoqda. Butun daraxtlarning, o’tlarning ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan tiriltirib, avvalgi holiga qaytarmoqda. Boshqalarini ayniyat darajasida bir misliyat suratida ijod etmoqda. Holbuki jisman farqlari juda oz bo’lgan urug’chalar shu qadar chalkash ekanlar, mukammal va xatosiz shaklda ayirmoq va nima bo’lganini anglamoq ila shu qadar tezlik va to’kinlik va osonlik ichida mukammal intizom va mezon ila olti kun yoki olti hafta mobaynida tiriltirilmoqda. Hech qabulmidirki, bu ishlarni qilgan Zotga biron ish og’ir kela olsin, osmonlar va yerni olti kunda yarata olmasin, insonni bir na`ra ila hashr eta olmasin? Aslo!..
Ajabo, mo’`jiznamo bir kotib bo’lsa va harflari yo buzilgan, yo mavh bo’lgan uch yuz ming kitobni birgina sahifada adashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz hammasini barobar, g’oyat go’zal bir suratda bir soatda yozsa va birisi senga desa: "Shu kotib o’zi yozgan sening suvga tushib ketgan kitobingni yangidan bir daqiqa mobaynida hofizasidan yozadi." Sen ayta olasanmiki: "Qilolmas va ishonmasman".
Va yoxud, bir mo’`jizakor sulton o’z iqtidorini ko’rsatmoq uchun yoki ibrat va sayr uchun bir ishora bilan tog’larni ko’tarar, mamlakatlarni almashtirar, dengizni quruqlikka aylantirganini ko’rganing holda so’ngra ko’rsangki, katta bir tosh soyga dumalab tushgan, u zotning o’z ziyofatiga da`vat etgan musofirlarining yo’lini to’sgan, o’tolmayotirlar. Birov senga desa: "U zot bir ishora ila u toshni, qanchalar katta bo’lsa bo’lsin, ko’tarajak yoki parchalab sochib yuborajak. Musofirlarini yo’lda qoldirmayajak." Sen desangki: "Ko’tarmas yoki ko’tarolmas".
Va yoxud, bir kunda yangidan katta bir qo’shinni tashkil etgani holda biri desa: "U zot bir sur ovozi ila odamlari istirohat uchun tarqalgan batal`onlarni to’plar va bu batal`onlar nizomi ostiga kirarlar." Sen desangki: "Ishonmayman!" Qanchalar telbalarcha harakat etganingni anglarsan...
Xullas, shu uch misolni fahmlagan bo’lsang, boq: Naqqoshi Azaliy ko’z o’ngimizda qishning oppoq sahifasini o’girib, bahor va yozning yashil yaprog’ini ochib, ro’yi zamin sahifasida uch yuz mingdan ziyod navlarni qudrat va qadar qalami bilan eng chiroyli suratda yozar. Bir-biri ichida bir-biriga aralashmas, birgalikda yozar, bir-biriga mone bo’lmas. Tashkilcha, suratcha bir-biridan boshqa, hech adashtirmas, xato yozmas. Ha, eng katta daraxtning ruh dasturini bir nuqta kabi eng kichik bir danakda joylashtirib muhofaza qilgan Zoti Hakiymi Hafiyz: “Vafot etganlarning ruhlarini qanday muhofaza etar?”- deyilarmi? Va Yer Kurrasini bir sopqon toshi kabi aylantirgan Zoti Qodiyr: “Oxiratga ketgan musofirlarining yo’lida qanday bu Arzni ko’tarib tashlayajak yoki tarqatib yuborajak?”- deyilarmi? Ham hechdan, yangidan butun jonzotlarning qo’shinlarini butun jasadlarining batal`onlarida mukammal intizom ila zarralarni Amri كُنْ فَيَكُونُ ila qayd etib joylashtirgan, qo’shinlar ijod etgan Zoti Zuljalol: «Batal`on kabi jasadning nizomi ostiga kirmoq ila, bir-biri bilan tanishgan asosga oid zarralar va asl parchalarini bir na`ra ila qanday to’play olar?”- deyilarmi?
Аудио мавжуд эмас