So’zlar | o’ninchi so’z | 66
(38-89)
O’ninchi Haqiqat - Hikmat, Inoyat, Rahmat, Adolat Bobi bo’lib, Hakiym, Kariym, Odil, Rahiym ismlarining jilvasidir.
Hech mumkinmidirki, shu bebaqo dunyo musofirxonasida va shu davomsiz imtihon maydonida va shu qarorsiz zamin namoyishgohida bu daraja yaqqol bir hikmat, bu daraja zohir bir inoyat va bu daraja g’olib bir adolat va bu daraja keng bir marhamatning asarlarini ko’rsatgan Malik-ul Mulki Zuljalolning mamlakati doirasida va mulk va malakut olamida doimiy maskanlar, abadiy sokinlar, boqiy maqomlar, muqim maxluqlar bo’lmasdan, shu ko’ringan hikmat, inoyat, adolat, marhamatning haqiqatlari yo’qqa tushsin?.. Ham hech mumkinmidirki u Zoti Hakiym shu insonni butun maxluqot ichra o’ziga kulliy suhbatdosh va jome` bir oyna qilib, butun rahmat xazinalari ichidagilarini unga tottirsin, ham torttirsin, ham tanittirsin, o’zini butun ismlari ila unga bildirsin, uni sevsin va sevdirsin... keyin u bechora insonni abadiy mamlakatiga yubormasin? U doimiy saodatgohga da`vat etib mas`ud etmasin?
Ham hech ma`qulmidirki, hatto urug’ qadar har bir mavjudotga bir daraxt qadar vazifa yukini yuklasin, chechaklari qadar hikmatlarni mindirsin, samaralari qadar foydalarni taqsinda, butun u vazifalarga, hikmatlarga, u foydalarga dunyoga yuzlangan yolg’iz bir urug’chalik g’oya bersin! Bir tariqchalik ahamiyati bo’lmagan dunyoviy baqosini g’oya qilsin! Va bularni ma`no olamiga urug’lar va oxirat olamiga bir ekinzor qilmasin! Toki haqiqiy va loyiq g’oyalarini bersinlar. Va bu qadar muhim ahamiyatli marosimlarni g’oyasiz, bo’sh, foydasiz qoldirsin. Ularning yuzini ma`no olamiga, oxirat olamiga qaratmasin? Toki asl g’oyalari va mevalarini ko’rsatsin. Ha, hech mumkinmidirki, bu narsalarni bunday haqiqatga zid qilmoq ila o’z haqiqiy sifatlari bo’lmish Hakiym, Kariym, Odil, Rahiymning ziddi ila –yo’q va yana yo’q- vasflangan qilib ko’rsatib, hikmat va karamiga, adolat va rahmatiga dalolat etgan butun koinotning haqiqatlarini yolg’onga chiqarsin, butun mavjudotning shahodatlarini rad etsin, butun san`atli asarlarning dalolatlarini yo’q qilsin?
Ham hech aql qabul etarmiki, insonning boshiga va ichidaki tuyg’ulariga sochlari adadicha vazifalar bersinu, yolg’iz bir tolasichalik unga bir dunyoviy haq bersin, haqiqiy adolatiga zid o’laroq va haqiqiy hikmatiga teskari, ma`nosiz ish qilsin?
Ham hech mumkinmidirki, bir daraxtga taqqan natijalari, mevalar miqdoricha har bir jonzotga, balki til kabi har bir a`zosiga, balki har bir san`atli asarga u darajada hikmatlarni, foydalarni taqmoq ila o’zining bir Hakiymi Mutlaq bo’lganini isbot etib ko’rsatsin, so’ngra butun hikmatlarning eng buyugi va butun foydalarning eng muhimi va butun natijalarning eng keraklisi va hikmatni hikmat, ne`matni ne`mat, rahmatni rahmat qilgan va butun hikmatlarning, ne`matlarning, rahmatlarning, foydalarining manbasi va g’oyasi bo’lgan baqo va qovushishni va abadiy saodatni bermasdan tark etib, butun ishlarini mutlaq g’oyasizlik darakasiga tushirsin va o’zini u zotga o’xshatsinki; shunday bir saroy qilar, har bir toshida minglab naqshlar, har bir tarafida minglab ziynatlar va har bir manzilida minglab qiymatdor asboblar va uy lavozimotlarini hozirlasinu, so’ngra unga tom qilmasin, hamma narsa chirisin, behuda buzilsin.
Аудио мавжуд эмас