So’zlar | o’ninchi so’z | 69
(38-89)
Ham hech qabulmidirki: Hokimi Bilhaq, Rahiymi Mutlaq insonga shunday bir iste`dod berib, yer ila osmonlar va tog’lar ko’tarishdan qochgan omonati kubroni olib, ya`ni kichkinagina, juz`iy o’lchovlari ila, san`atchalari ila Xoliqining ihotali sifatlarini, kulliy ishlarini, nihoyatsiz ko’rinishlarini o’lchab, bilib; ham yerda eng nozik, nozanin, nozdor, ojiz, zaif yaratib; holbuki butun yerning nabotiy va hayvoniy bo’lgan maxluqotiga bir navi tartiblash ma`muri qilib, ularning tasbehot va ibodat tarzlariga mudohala ettirib, koinotdagi Allohning ijrootiga kichkina miqyosda bir misol ko’rsatib, Subhoniy rububiyatni fe`lan va qovlan koinotda e`lon ettirmoq, malaklaridan ustun qo’yib xalifalik martabasini bergani holda; unga butun bu vazifalarining g’oyasi va natijasi va samarasi bo’lgan abadiy saodatni bermasin? Uni butun maxluqotining eng badbaxt, eng bechora, eng musibatzada, eng dardmand, eng zalil bir darakasiga tashlab; eng muborak, nuroniy va xursandchilik vositasi bir hikmat hadyasi bo’lgan aqlni u bechoraga eng qahrli va zulmoniy bir azoblash vositasi qilib, mutlaq hikmatiga butunlay zid va mutlaq marhamatiga tamoman teskari bir marhamatsizlik etsin. Yo’q va aslo!
Al-hosil: Qandayki misoliy hikoyada bir zobitning juzdon va daftariga boqib ko’rgan edikki ham martabasi, ham vazifasi, ham maoshi, ham harakat dasturi, ham jihozlari bizga ko’rsatdiki; u zobit, o’sha vaqtinchalik maydon uchun emas, balki barqaror bir mamlakatga ketadi va shunga yarasha harakat qilmoqda. Xuddi shunga o’xshab, insonning qalb juzdonidagi latifalar va aql daftaridagi tuyg’ular va iste`dodidagi jihozlar tamoman va ittifoqan abadiy saodatga yuzlangan va unga ko’ra berilgan va unga ko’ra jihozlantirilgan bo’lganiga tahqiq ahli va kashf ahli yakdildirlar. Jumladan:
Masalan, aqlning bir xizmatkori va tasvirchisi bo’lgan xayol qilish tuyg’usiga aytilsaki: "Senga bir million yil umr ila dunyo saltanati beriladi, faqat oxirida mutlaqo yo’q bo’lasan.". Vahima aldamaslik, nafs aralashmaslik sharti ila u "Oh" o’rniga "Voh" deydi va afsuslanadi. Demak, eng katta foniy eng kichik bir vosita va insonning jihozlarini qondirolmaydi. Xullas, bu iste`doddandirki, insonning abad sari uzaygan orzulari va koinotni ihota etgan fikrlari abadiy saodatlarining navlariga yoyilgan orzulari ko’rsatarki; bu inson abad uchun yaratilgan va abad sari ketajakdir. Bu dunyo unga bir musofirxonadir va oxiratiga bir kutish xonasidir.
O’n ikkinchi Haqiqat - Risolat va Tanzil Bobi bo’lib, "Bismillahir rohmanir rohiym"ning jilvasidir.
Hech mumkinmidirki, butun payg’ambarlar mo’`jizalariga tayanib so’zini quvvatlantirganliklari va butun avliyolar kashfu karomatlariga suyanib da`vosini tasdiqlaganlari va butun asfiyolar tahqiqotlariga tayanib haqqoniyatiga shahodat etganlari Rasuli Akram Sallallohu Alayhi Va Sallamning maydonga chiqqan ming mo’`jizalarining quvvatiga tayanib butun quvvati ila, ham qirq jihat ila mo’`jiza bo’lgan Qur`oni Hakim minglab qat`iy oyatlariga tayanib, bor qat`iyat ila ochganlari oxirat yo’lini va ochganlari Jannat eshigini, chivin qanotichalik quvvati bo’lmagan ma`nosiz vahimalarning ne haddi borki yopib bilsin!
Аудио мавжуд эмас