So’zlar | o’ninchi so’z | 67
(38-89)
Yo’q va aslo!. Xayri Mutlaqdan xayr kelar, Jamiyli Mutlaqdan go’zallik kelar, Hakiymi Mutlaqdan foydasiz bir ish kelmas. Ha, har kim fikran tarixga minib o’tmish tarafiga ketsa, shu hozirgi zamonda ko’rganimiz dunyo manzili, imtihon maydoni, narsalar namoyishgohi kabi sanalar adadicha o’lgan manzillar, maydonlar, namoyishgohlar, olamlar ko’rajak. Holati qiymatcha bir-biridan boshqa bo’lganlari holda intizom, ajoyibot hamda Sone`ning qudrat va hikmatini ko’rsatish jihatidan bir-biriga o’xshar. Ham ko’rajakki, u beqaror manzillarda, u davomsiz maydonlarda, u bebaqo namoyishgohlarda shu qadar yaqqol bir hikmatning intizomlarini, shu darajada zohir bir inoyatning ishoralarini, shu martabada g’olib bir adolatning alomatlarini, shu darajada keng bir marhamatning samaralarini ko’rajak. Basiratsiz bo’lmaslik sharti ila, yaqinan bilajakki: U hikmatdan yanada akmal bir hikmat bo’lolmas va u asarlari ko’ringan inoyatdan yanada go’zal bir inoyat bo’lolmas va u alomatlari ko’ringan adolatdan yanada ustun bir adolat yo’qdir va u samaralari ko’ringan marhamatdan yanada shomil bir marhamat tasavvur etilmas.
Agar farzi mahol bo’lib shu ishlarni o’girgan, shu musofirlarni va musofirxonalarni o’zgartirgan Sultoni Sarmadiyning mamlakati doirasida doimiy manzillar, oliy makonlar, barqaror maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, mas`ud qullari bo’lmasa; ziyo, havo, suv, tuproq kabi quvvatli va qamrovli to’rt ma`naviy unsurlar bo’lmish hikmat, adolat, inoyat, marhamatning haqiqatlarini inkor etmoq va u zohiriy unsurlar kabi ko’ringan vujudlarini inkor etmoq lozim kelar. Chunki shu bebaqo dunyo va ichidagilari ularning to’liq haqiqatlariga mazhar bo’lolmasliklari ma`lumdir. Agar boshqa joyda ham ularga to’liq mazhar bo’ladigan makon bo’lmasa, u payt kunduzni to’ldirgan ziyoni ko’rgani holda Quyoshning vujudini inkor etmoq darajasida bir telbalik bilan, shu har narsada mavjud ko’zimiz o’ngidagi hikmatni inkor etmoq va shu juda quvvatli alomatlari ko’ringan adolatni inkor etmoq(Izoh1) va shu har yerda ko’rganimiz shu marhamatni inkor etmoq lozim bo’lgani singari, shu koinotda ko’rganimiz hakiymona ijrootlar va kariymona ishlar va rahiymona ehsonlar sohibini – yo’q, aslo yo’q - buzuq bir o’yinchi, g’addor bir zolim bo’lganini qabul etmoq lozim bo’larki, nihoyatsiz mahol haqiqatning bir inqilobidir. Hatto har narsaning vujudini va o’z nafsining vujudini inkor etgan ahmoq Sofistlar ham buning tasavvuriga osonlikcha yaqinlasholmaydilar.
Al-hosil: Shu ko’ringan ishlar, dunyodagi keng hayotiy to’planishlar va tez o’lim ayriliqlari va hashamatli to’planishlar va tez tarqalishlar va azamatli marosimlar va buyuk ko’rinish ila va ularning bu olamga oid bu foniy dunyoda qisqa bir zamonda ma`lumimiz bo’lgan juz`iy samaralari, ahamiyatsiz va vaqtinchalik g’oyalari mobaynida hech munosabat bo’lmaganidan, xuddi kichik bir toshga kattakon bir tog’ qadar hikmatlar, g’oyalarni taqmoq; bir katta tog’ga bir kichik tosh kabi vaqtinchalik bir juz`iy g’oya berishga o’xsharki, hech bir aql va hikmatga uyg’un kelolmas.
Аудио мавжуд эмас