So’zlar | o’ninchi so’z | 82
(38-89)
Ilovaning Ikkinchi Bo’limi

(Boshdagi oyatning mo’`jizona ishora etgan to’qqiz tabaqa hashr dalillariga doir to’qqiz maqomdan “Birinchi Maqom”.)
فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ ❊ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ ❊ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَيُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذلِكَ تُخْرَجُونَ
bo’lgan ifodadagi hashrga oid farmonga doir bu yerda ko’rsatgan ochiq burhoni va qat`iy hujjati bayon va izoh etilajak, inshaalloh.(Izoh)
Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon etilganki, hayot iymonning olti ruknlariga boqib isbot etadi, ularning yuzaga kelishiga ishoralar etadi. Ha, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi va mevasi va yaratilishining hikmati hayotdir. Albatta u oliy haqiqat bu foniy, qisqa, nuqsonli, alamli dunyoviy hayotga maxsus emasdir. Balki hayotning yigirma to’qqiz xossasi ila mohiyatining azamati tushunilgan hayot daraxtining g’oyasi, natijasi va u daraxtning azamatiga loyiq mevasi abadiy hayotdir va uxroviy hayotdir. Toshi ila va daraxti ila, tuprog’i ila hayotdor bo’lgan saodat yeridagi hayotdir. Bo’lmasa bu hadsiz muhim jihozlar ila jihozlangan hayot daraxti idroklilar haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz bo’lmog’i lozim keladi.. va sarmoyacha va jihozotcha chumchuqdan masalan yigirma martaba ziyoda va bu koinotning va jonlilarning eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi bo’lgan inson chumchuqdan hayot saodati jihatida yigirma martaba past tushib eng badbaxt, eng zalil bir bechora bo’ladi. Ham eng qiymatdor bir ne`mat bo’lgan aql ham o’tgan zamonning alamlarini va kelajak zamonning qo’rquvlarini o’ylash bilan inson qalbini doimo og’ritib bir lazzatga to’qqiz alamlarni qo’shganidan, eng musibatli bir balo bo’lar. Bu esa yuz daraja botildir. Demak bu dunyoviy hayot oxiratga iymon ruknini qat`iy isbot etadi va har bahorda hashrning uch yuz mingdan ziyoda namunalarini ko’zimizga ko’rsatadi. Ajabo, sening jismingda, sening bog’changda va sening vataningda hayotiga lozim va munosib butun kerakli narsalarni va jihozlarni hikmat va inoyat va rahmat ila tayyorlab qo’ygan va vaqtida yetishtirgan, hatto sening me`dangning baqo va yashamoq orzusi ila yetgan xususiy va juz`iy bo’lgan rizq duosini bilgan va eshitgan va hadsiz laziz taomlar ila u duoning qabulini ko’rsatgan va me`dani mamnun etgan bir Mutasarrifi Qodiyr, hech mumkinmidirki; seni bilmasin va ko’rmasin va inson navining eng buyuk g’oyasi bo’lgan abadiy hayotga lozim sabablarni tayyorlamasin va inson navining eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy bo’lgan baqo duosini uxroviy hayotning yaratilishi ila va Jannatning ijodi ila qabul etmasin va koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va natijasi bo’lgan inson navining arsh va yerni larzaga solgan umumiy va g’oyat quvvatli duosini eshitmasdan kichik bir me`da qadar ahamiyat bermasin, mamnun etmasin, mukammal hikmatini va benihoyat rahmatini inkor ettirsin? Aslo.. yuz ming marta aslo!..
Аудио мавжуд эмас