So’zlar | o’ninchi so’z | 88
(38-89)
So’ngra فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ ta`biri ila har narsaning tizgini qo’lida, har narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni bir kitob sahifalari kabi osonlikcha varaqlar. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi; birini berkitar, boshqasini ochguvchi bir Qodiyri Zuljaloldir. Modomiki shunday ekan, butun dalillarning natijasi o’laroq: وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ya`ni, qabrdan sizni tiriltirib, hashrga keltirib, kibriyoli huzurida hisob-kitobingizni qilajakdir.
Xullas, shu oyatlar hashrning qabuliga zehnni muhayyo etdi, qalbni ham hozir etdi. Chunki o’xshashlarini dunyoviy ishlar ila ham ko’rsatdi.
Ham goh bo’ladiki, uxroviy ishlarini shunday bir tarzda zikr etarki, dunyoviy o’xshashlarini his ettirsin. Toki aqldan uzoq ko’rishlikka va inkorga o’rin qolmasin. Masalan: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ila oxir... va اِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ ila oxir... va اِذَا السَّمَاءُ انْشَقَّتْ
Xullas, shu suralarda qiyomat va hashrdagi ulug’ inqiloblarni va rububiyatning tasarruflarini shunday bir tarzda zikr etarki, inson ularning o’xshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda ko’rgani uchun, qalbga dahshat solib, aqlga sig’magan u inqiloblarni osongina qabul qilar. Shu uch suraning lo’nda ma`nosiga ishora ham juda uzun bo’ladi. Shuning uchun birgina kalimani namuna sifatida ko’rsatamiz. Masalan: اِذَا الصُّّحُفُ نُشِرَتْ kalimasi ila ifoda qilarki: Hashrda harkasning butun amallari bir sahifa ichida yozilgan bo’lib nashr etiladi. Shu masala o’z holicha juda ajoyib bo’lgani uchun aql bunga yo’l topolmas. Faqat suraning ishora etganidek bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning o’xshashi bo’lgani kabi, shu sahifalar nashrining o’xshashi juda yaqqoldir. Chunki har mevali daraxt va chechakli bir o’tning ham amallari bor, fe`llari bor, vazifalari bor. Allohning Ismlarini qay shaklda ko’rsatib tasbehot etgan bo’lsa ubudiyatlari bor. Xullas, uning butun bu amallari hayot tarixlari bilan birga barcha danaklarida, urug’larida yozilib boshqa bir bahorda, boshqa bir zaminda chiqadi. Olgan shakl va surat lisoni ila g’oyat aniq bir tarzda onalarining va asllarining amallarini zikr qilgani kabi shox, novda, yaproq, chechak va mevalari ila amallari sahifalarini nashr etar. Xullas, ko’z o’ngimizda bu hakiymona, hafiyzona, mudabbirona, murabbiyona, latifona shu ishlarni qilgan udirki, der: اِذَا الصُّّحُفُ نُشِرَتْ
Boshqa nuqtalarni bunga qiyos ayla. Quvvating bo’lsa yashirin ma`nolarini top.
Senga yordam uchun shuni ham aytamizki: Xullas: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ Shu kalom ''takvir" lafzi ila, ya`ni o’ramoq va to’plamoq ma`nosi ila porloq bir misolga ishora etgani kabi, o’xshashini ham ishora qilar.
Birinchisi: Janobi Haq tarafidan yo’qlik va efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni yoritgan olmos-misol bir chiroqni, rahmati xazinasidan chiqarib, dunyoga ko’rsatdi. Dunyo berkitilgandan so’ng u olmosni yana pardalariga o’rab qo’yajak.
Ikkinchisi: Yoxud ziyo molini yoymoq va zaminning boshiga ziyoni zulmat ila navbatma-navbat o’ramoq ila vazifalangan bir ma`mur bo’lganini va har oqshom u ma`murga molini ham to’plattirib yashiringani kabi; goho bo’lar bir bulut pardasi ila savdo-sotig’ini kamroq qilar, goho bo’ladiki Oy uning yuziga qarshi parda bo’lar, muomalasini bir daraja tortar. Molini va muomala daftarlarini yig’gani kabi, albatta u ma`mur bir vaqt u ma`muriyatdan chetlashajakdir. Hatto chetlatilishga hech qanday sabab topilmasa, hozircha kichik, ammo kattaloshmoqqa yuz tutgan ikki dog’i kattalashmoq ila, Quyoshning Yerning boshiga Allohning izni ila sochib turgan ziyosini Rabboniy amr ila qaytarib olib, Quyoshning boshiga o’rab "Qani Yerda ishing qolmadi der, Jahannamga bor, senga ibodat etib, sendek musahhar bir ma`murni sadoqatsizlik ila haqorat etganlarni yoq!" der. اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini dog’ tushgan qora yuzi ila o’qir.
Аудио мавжуд эмас