So’zlar | yigirma birinchi so’z | 186
(186-193)
YIGIRMA BIRINCHI SO’Z
(Ikki Maqomdir)

Birinchi Maqom
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
اِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

Bir zamon yoshi, qomati, martabasi katta bir odam menga dedi: "Namoz yaxshidir. Lekin har kuni besh martadan o’qish ko’plik qiladi. Takrorlanib turishi zeriktiradi?"
U zotning ul so’zidan xiyla vaqt o’tgandan so’ng nafsimga quloq soldim. Eshitdimki, ayni so’zlarni so’ylamoqda. Va unga boqdim, ko’rdimki, bu darsni u tanballik qulog’i ila shaytondan olmoqda. Shunda angladimki: U zot ul so’zni butun nafsi ammoralarning nomidan aytgandek va yoki ayttirilgandek. Shunda men ham dedim: "Modomiki, nafsim ammoradir. Nafsini isloh qilmagan boshqalarni isloh qilolmas. Bas, shunday ekan, nafsimdan boshlayman.
Dedim: Ey nafs! Tubsiz jaholat ichra, tanballik to’shagida, g’aflat uyqusida so’zlagan bu so’zingga javoban "Besh tanbeh"ni mendan eshit...
Birinchi tanbeh: Ey badbaxt nafsim! Ajabo, umring abadiymi? Kelajak yilga, balki ertagacha yashab qola olishingga hech bir qat`iy hujjating bormi?! Senga zerikish bergan narsa o’zingni abadiy deb o’ylashingdir. Bu dunyoga kayfu-safo uchun kelib, unda abadiy qoladigandek nozlanasan. Agar umring oz ekanini, hamda foydasiz ketayotganini anglasayding, albatta uning yigirma to’rtdan birini, abadiy hayotning haqiqiy saodatiga sabab bo’ladigan go’zal va xush, rohat va rahmat keltiradigan bir xizmatga sarflamoq, zerikish u yoqda tursin, balki jiddiy bir ishtiyoq va xush bir zavqni uyg’otishga sabab bo’lar edi!
Ikkinchi tanbeh: Ey maishatparvar nafsim! Ajabo, har kuni non eysan, suv ichasan, havodan nafas olasan, senga ular zerikish beradimi? Bermaydi. Chunki ehtiyoj takrorlanib turganidan zerikish emas, balki lazzat olasan. Shunday ekan, xona-i jismimda sening hamrohlaring bo’lmish qalbimning ozuqasi, ruhimning obi hayoti va Rabboniy his-tuyg’ularimning havo-i nasimini jazb va jalb etgan namoz ham seni zeriktirmasligi kerak. Ha, benihoyat taassurot va alamlarga ma`ruz va mubtalo hamda benihoyat lazzatlarga va orzu-umidlarga maftun va oshiq bo’lgan bir qalbning qut va quvvati har narsaga qodir bir Rahiymi Kariymning eshigini iltijo ila qoqish bilan qo’lga kiritilishi mumkin. Ha, bu foniy dunyoda kamoli sur`at ila firoq faryodini ko’tarib ketgan juda ko’p mavjudotlar bilan bog’liq bir ruhning obi hayoti esa har narsaga badal bo’lmish bir Ma`budi Boqiyning, bir Mahbubi Sarmadiyning chashma-i rahmatiga namoz ila yuzlanish bilan ichilishi mumkin. Ha, yaratilishidan abadiyatni istagan va abad uchun yaratilgan va azaliy va abadiy bir Zotning oynasi bo’lgan va nihoyatda nozik va latofatli va nurli bir Rabboniy tuyg’u bo’lgan, bu inson deb ataluvchi ongli bir sir, bu qayg’uli, ezuvchi va siquvchi, o’tkinchi va zulmatli va bo’g’uvchi dunyoviy ahvol orasida albatta tanaffusga g’oyat muhtojdir. Va faqat namozning derazasi orqaligina nafas olmog’i mumkin!
Аудио мавжуд эмас