So’zlar | yigirma birinchi so’z | 187
(186-193)
Uchinchi tanbeh: Ey sabrsiz nafsim! Ajabo, o’tgan kunlardagi ibodatning qiyinchiligini va namozning mashaqqatini va musibat zahmatini bugun o’ylab, iztirob chekish va kelajak kunlardagi ibodat vazifasini va namoz xizmatini va musibat alamini bugun tasavvur qilib, sabrsizlik ko’rsatish aqldanmi? Bu sabrsizliging bir esankiragan qo’mondonning ishiga o’xshaydiki, dushman o’ng qanot kuchini ham so’lga, ya`ni bu qo’mondonning o’ng tarafiga tashlab, shu qanotda katta kuch to’plaganiga va bu qanotda dushmanning yana yangi bir kuchi bor bo’lishiga qaramay, u qo’mondon muhim bir kuchini o’ng qanotga yuboradi, markazni zaiflashtiradi. Ham so’l qanotida dushmanning askari qolmaganiga qaramay, so’l qanotga ham katta bir kuch yuboradi va "O’t och!" buyrug’ini beradi. Markazni butunlay zaiflashtiradi. Dushman ham ishni anglab, markazga hujum qiladi va uni tor-mor etadi. Ha, sen shu noshud qo’mondonga o’xshaysan. Axir, o’tgan kunlarning zahmati bugun rahmatga aylangan. Alami ketib, lazzati qolgan. Kulfati karomatga qo’shilib, mashaqqati savobga aylangan. Shunday ekan, undan zerikish emas, balki yangi bir shavq va bir zavq va jiddiy bir g’ayrat bilan davom etmoq lozim bo’ladi. Modomiki, kelajak kunlar hali kelmagan ekan, hozirdanoq ularni o’ylab zerikish va noumid bo’lish, xuddi kelgusi kunlardagi ochlik va suvsizlik uchun bugundan boshlab baqirib-chaqirish kabi bir telbalikdir. Modomiki, haqiqat shunday ekan, oqil bo’lsang, ibodat jihatida faqat buguningni o’yla. Va "Uning bir soatini haqi juda katta, kulfati juda oz, xush va go’zal va yuksak bir xizmatga sarf etmoqdaman," de. Shunda sening achchiq bir tushkinliging totli bir g’ayratga aylanadi. Xullas, ey sabrsiz nafsim! Sen uch xil sabrga buyurilgansan. Biri toat ustida sabrdir. Ikkinchisi ma`siyatdan tiyilishda sabrdir. Uchinchisi musibatga sabrdir. Aqling bo’lsa, bu uchinchi tanbehdagi misolda ko’ringan haqiqatni o’zingga rahbar qil. Mardona "Yo Sobur!" deb uch sabrni zimmangga ol. Janobi Haqning senga bergan sabr quvvatini agar yanglish yo’lda sochib yubormasang, u har mashaqqatga va har musibatga kifoya bo’la oladi. Shu quvvatga tayan!
To’rtinchi tanbeh: Ey esankiragan nafsim! Ajabo, bu ibodat vazifasi natijasizmi yo haqi ozmiki, senga zerikish bermoqda? Holbuki, bir odam senga bir qancha pul bersa va yoxud seni qo’rqitsa, shomga qadar seni ishlatadi va berilib ishlaysan. Ajabo, bu dunyo mehmonxonasida ojiz va faqir qalbingga qut va baraka va albatta boradigan manziling bo’lgan qabringda ozuqa va ziyo, har holda mahkamang bo’lgan Mahsharda hujjat va barot va xohlasang ham, xohlamasang ham ustidan o’tiladigan Sirot Ko’prigida nur va buroq bo’ladigan namozning hech natijasi yo’qmi yoki haqi ozmi?! Bir odam senga yuz so’mlik bir hadya va`da qilsa, yuz kun seni ishlatadi. Holbuki, u va`dasidan qaytishi mumkin, lekin sen u odamga ishonasan, berilib ishlaysan. Ajabo, va`dadan qaytishi mahol bo’lgan bir Zot, Jannat kabi bir mukofotni va abadiy saodat kabi bir hadyani senga va`da qilsa, juda oz bir vaqt ichida juda go’zal bir vazifada seni ishlatsa, lekin sen xizmat qilmasang va yo xohishi yo’q dangasa kabi yoki zerikish ila chala-yarim xizmating bilan Uni va`dasini tuhmatga qo’ysang va hadyasini qadriga etmasang, juda shiddatli bir jazoga va dahshatli bir azobga loyiq bo’lishingni o’ylamayotirsanmi? Bu dunyodagi hibsdan qo’rqib, eng og’ir ishlarda berilib xizmat qilganing holda, narigi dunyoda jahannam kabi bir abadiy hibsning xavfi senga eng yengil va latif xizmat uchun g’ayrat bermayotirmi?

Аудио мавжуд эмас