So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 320
(320-329)
YIGIRMA YETTINCHI SO’Z
Ijtihod Risolasi
Ijtihod Risolasi
Besh-olti yil muqaddam Arabiy risolada ijtihodga doir bir masala yozgandim. Ikki qardoshimning istaklari bilan bu masalada haddidan oshganlarning haddini bildirish uchun shu so’z o’sha ijtihodiy masalaga doir yozildi.
بِسْمِ اللّهِ الرّحْمنِ الرّحِيمِ
وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَاِلَى اُولِى اْلاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ
وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَاِلَى اُولِى اْلاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ
Ijtihod eshigi ochiqdir. Faqat hozirgi zamonda unga kirishga "Oltita to’siq" bor.
Birinchisi: Qandayki qishda, bo’ronlar shiddat ila kuchaygan vaqtda kichkina teshiklar ham berkitilar. Yangi eshiklar ochmoq hech bir jihat ila aqldan emas. Ham qandayki katta bir sel hujum qilgan paytda ta`mirlash uchun devorlarda teshiklar ochmoq g’arq bo’lishga sababdir. Xuddi shuning kabi, shu munkirot zamonida va ajnabiy odatlari har tarafni bosib olgan onida hamda bid`atlar ko’paygan vaqtida va zalolatning buzg’unchiliklari hangomida ijtihod nomi ostida Islomiyat qasridan yangi eshiklar ochib, devorlaridan buzg’unchilarning kirishiga sabab bo’luvchi darchalar ochmoq Islomiyatga jinoyatdir.
Ikkinchisi: Dinning zaruriy asoslari borki, ularga ijtihod kirolmas. Chunki qat`iy va muayyandirlar. Ham u zaruriy asoslar qut va ozuqa hukmidadirlar. Hozirgi zamonda ular tark qilina boshlangan va qat`iy ishonilmay qo’yilgan va butun himmat va g’ayratni ularning qayta tiklanishiga hamda qayta tiriltirilishiga sarflash lozim bo’lib turgan paytda, Islomiyatning nazariyot qismida va salaflarning sof va xolisona ijtihodlari bilan barcha zamonlarning ehtiyojlariga javob bera oladigan fikrlari bo’lgani holda, ularni tashlab, havaskorona tarzda yangi ijtihodlar qilish bid`atkorona bir xiyonatdir.
Uchinchisi: Bamisoli, bozorda mavsumlarga ko’ra bittadan matoning savdosi chaqqon bo’lgani kabi, hamda vaqti-vaqti bilan bittadan mol rivoj topgani kabi, olam ko’rgazmasida, insonlarning ijtimoiy va madaniy bozorida har asrda bittadan mato marg’ub bo’lib rivoj topadi. Bozorda ko’rsatiladi, rag’batlar unga jalb qilinadi, nazarlar unga qaratiladi, fikrlar u bilan mashg’ul bo’ladi. Masalan, hozirgi zamonda siyosat matosi va dunyoviy hayotni ta`minlash hamda falsafaning rivojlari kabi... Salafi solihiyn asrida esa va u zamon bozorida eng marg’ub mato Yeru Ko’klar Yaratuvchisining rozi bo’ladigan ishlarini va bizdan xohishlarini kalomidan anglab yetmoq hamda Qur`on va payg’ambarlik nuri ila, berkitilmaydigan darajada ochilgan oxirat olamidagi abadiy saodatni qozontiradigan vositalarni qo’lga kiritmoq edi.
Ana o’sha zamonlarda zehnlar, qalblar, ruhlar bor quvvati bilan yerlar va ko’klar Rabbining rozi bo’ladigan amallarini anglashga qaratilganidan, insonlarning ijtimoiy suhbatlari, hodisalari, ahvollari ham unga qarab bo’lardi. Unga ko’ra jarayon etganidan, har kimning go’zalcha bir iste`dodi bo’lsa, uning qalbi va fitrati o’zi sezmagan holda har narsadan bir ma`rifat darsini olardi. U zamonda jarayon etgan ahvollar, hodisalar va suhbatlardan ta`lim olardi. Go’yo har bir narsa unga bir muallim hukmiga o’tib, uning fitrat va iste`dodiga ijtihodga tayyorgarlik fikri tarbiyalanar edi.
Аудио мавжуд эмас