So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 322
(320-329)
Masalan: Bir odam sui ixtiyori ila harom bir tarzda o’zini sarxush qilsa, sodir qilgan ishlari, Shariat ulamolarining fikricha, o’ziga qarshi joriy bo’lar, ma`zur hisoblanmas. Taloq qilsa, talog’i voqe` bo’lar. Bir jinoyat qilsa, jazo ko’rar. Biroq sui ixtiyori ila bo’lmasa, taloq voqe` bo’lmas, jazo ham ko’rmas. Ham masalan, bir ichkilik mubtalosi zarurat darajasida mubtalo bo’lsa ham, deya olmaski: "Zaruratdir, men uchun haloldir".
Xullas, shu zamonda zarurat darajasiga kelgan va insonlarni mubtalo qilgan bir ommaviy balo suratiga kirgan ko’p ishlar borki, sui ixtiyordan, shar`iy bo’lmagan mayllardan va harom muomalalardan kelib chiqqanlaridan, ruxsatli hukmlarga mador bo’lib, haromni halol qilishga mador bo’lolmaslar. Holbuki, shu zamonning mujtahidlari u xildagi zaruratlarni Shar`iy hukmlarga mador qilganlari uchun ijtihodlari arziydir, havasiydir, falsafiydir, samoviy bo’lolmas, shar`iy emas. Holbuki, Samovot va Yer Xoliqining Ilohiy hukmlarida tasarruf va bandalarining ibodatiga aralashish ul Xoliqning ma`naviy izni bo’lmasa, u tasarruf u aralashish marduddir. Masalan: Ba`zi g’ofillar xutba kabi ba`zi Islomiy shiorlarni Arabchadan chiqarib, har bir millatning o’z tilida o’qilishini ikki sababga binoan ma`qullaydilar.
Birinchisi: "Toki hozirgi siyosat avom musulmonlarga ham shu suratda anglatilsin". Holbuki hozirgi siyosat ichiga shunchalik ko’p yolg’on va hiyla va shaytanat kirganki, shaytonlar vasvasasi hukmiga o’tgandir. Holbuki, minbar Ilohiy vahiyning tablig’ maqomi bo’lganidan, u siyosiy vasvasalarning haqqi yo’qdirki ul oliy maqomga chiqa olsin.
Ikkinchi sabab: "Xutba ba`zi Qur`on suralarining nasihatlari anglashilmog’i uchundir". Ha, agar Islom millati Islomiyatning zaruriyati va shubhasiz qoidalari va ma`lum bo’lgan hukmlarini aksariyat e`tibori ila rioya qilib o’rniga keltirsa edi, u payt shariat nazariyasi va nozik masalalar va maxfiy nasihatlarni anglamoq uchun bilgan tilida xutba o’qimog’i va Qur`on suralarining — agar tarjima qilish mumkin bo’lsaydi(Izoh) balki mustahsan bo’lar edi. Biroq namoz, zakot, ro’zaning vojibligi va qotillik, zino va sharobning nomashru`ligi kabi ma`lum bo’lgan Islomning qat`iy hukmlari e`tibordan chetda qolmoqda. Avom insonlar ularning vojibligi va nomashru`ligi haqida dars olishga muhtoj emaslar. Balki tashviq va eslatma ila u muqaddas hukmlarni xotirlatib, Islomiyat tomirini va iymon hissini harakatga keltirmoq orqali ergashishlari uchun tashviq va eslatib va xotirlatib turishga muhtojdirlar. Holbuki, bir omi naqadar johil bo’lmasin, Qur`ondan va Arabiy xutbadan shu umumiy mazmunlarni anglarki: "Har kimga va menga ma`lum bo’lgan iymon ruknlarini va Islomiyatning asoslarini xatib va imom xotirlatadi va dars beradi, o’qiydi", der. Qalbida ularga nisbatan bir ishtiyoq hosil bo’lar. Ajabo, koinotda qaysi iboralar borki, Arshi A`zamdan kelgan Qur`oni Hakimning i`jozkorona, anglatuvchi eslatmalariga, zikrlariga, tashviqlariga teng kela olsin?
Oltinchisi: Salafi solihiynning buyuk mujtahidlari nur va haqiqat asri bo’lgan sahobalar asriga yaqin bo’lganlaridan, sof bir nur olib, xolis bir ijtihod qila olardilar. Shu zamonning mujtahidlari esa shu qadar pardalar orqasida va uzoq bir masofada haqiqat kitobiga boqarki, eng yaqqol bir harfini ham zo’rg’a ko’ra oladilar.
Agar desang: "Sahobalar ham insondirlar, xatodan, xilofdan xoli bo’lolmaslar. Holbuki, ijtihodlarning va Islom hukmlarining madori sahobalarning adolati va to’g’riligidirki, hatto ummat: "Sahobalar umuman odildirlar, to’g’ri so’zlarlar" deya ittifoq etganlar.
Javob: Ha, sahobalar mutlaq aksariyat e`tibori ila haqqa oshiq, to’g’rilikka mushtoq, adolatga xohishgardirlar. Chunki yolg’onning va kizbning chirkinligi butun chirkinligi ila hamda sidqning va to’g’rilikning go’zalligi butun go’zalligi ila u asrda shunday bir tarzda ko’rsatilganki, o’rtalaridagi masofa Arshdan Farshga qadar ochilgan. Asfali Sofiliyndagi Musaylima-i Kazzobning darakasidan A`loyi Illiyinda bo’lgan Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning sidq darajasiga qadar farq ko’rilgandir. Ha, Musaylimani Asfali Sofiliynga tushirgan kizb bo’lgani kabi, Muhammad-ul Amin Alayhissalotu Vassalomni a`loyi illiyinga chiqargan sidq va to’g’rilikdir.
---------------------------------------------------
(Izoh) I`jozga doir bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z Qur`onning haqiqiy tarjimasi mumkin emasligini ko’rsatgandir.
Аудио мавжуд эмас