So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 324
(320-329)
Xullas shuning kabi, Ilohiy hukmlar mazhablarga Alloh hikmatining chorlashi ila ergashuvchilariga ko’ra o’zgarar, ham haq o’laroq o’zgarar va har biri ham haq bo’lar, foydali bo’lar. Masalan, Alloh hikmatining munosib ko’rishi ila Imom Shofiiyga ergashganlarning aksariyat qismi Hanafiylarga nisbatan qishloqlarga va sahrolarga yaqinroq bo’lib, jamoatni birgina vujud hukmiga keltiruvchi ijtimoiy hayot noqis bo’lganidan, har biri shaxsan o’zi Qoziyul Hojat dargohida o’z dardini so’ylamog’i va xususiy talabini istamoq uchun imom orqasida Fotihani yakka-yakka o’qiydilar. Ham ayni haq va mahzi hikmatdir. Imomi A`zamga ergashganlarning mutlaq aksariyat qismi esa, Islomiy hukumatlarning aksariyati u mazhabni tanlaganidan, madaniyatga, shaharlarga yaqinroq va ijtimoiy hayotga iste`dodi borligi uchun, bir jamoat bir shaxs hukmiga kirib, birgina odam barchasining nomidan so’ylar. Qolganlar qalban uni tasdiqlab va qalban unga bog’lab, uning so’zi barchaning so’zi hukmiga o’tganidan, Hanafiy Mazhabiga ko’ra imomning orqasidan Fotiha o’qilmas. O’qilmasligi ayni haq va mahzi hikmatdir.
Ham masalan, modomiki shariat tabiatning tajovuzlariga to’siq bo’lishi bilan uni mo’`tadillashtirib nafsi ammorani tarbiya etar. Albatta, aksariyat ergashuvchilari qishloqli va yarim badaviy va og’ir mehnat bilan mashg’ul insonlardan iborat bo’lgan Shofiiy Mazhabiga ko’ra: "Ayol kishiga tegilish ila tahorat buzilar, ozgina najosat zarar berar". Aksariyat e`tibori ila ijtimoiy hayotga kirgan, yarim madaniy shaklini olgan insonlar tobe bo’lgan Hanafiy Mazhabiga ko’ra: "Ayol kishiga tegib ketsa tahorat buzilmas, bir tanga qadar najosatga fatvo bor".
Xullas, bir qora ishchi bilan bir janobni nazarga olamiz. Qora ishchi maishiy mehnat tarzi e`tibori ila begona ayollar bilan aralashishga, tegilishga va bir o’choq yonida o’tirishga va iflos narsalar ichida o’ralashib yurishga mubtalo bo’lganidan, san`at va maishat e`tibori ila tabiat va nafsi ammorasi imkon topib tajovuz qilishi mumkin. Shuning uchun shariat ular haqida u tajovuzlarga chek qo’yish uchun "Tahorat buzilar, tegib ketma. Namozingni yo’qqa chiqaradi, bulg’anma," qulog’ida ma`naviy bir samoviy sado jaranglatar. Ammo ul janob, nomusli bo’lish sharti bilan, ijtimoiy odatlari e`tibori ila, umumiy axloqlar nomidan, begona ayollarga tegib yurishga mubtalo emas, iflos narsalarga ozodalik madaniyati nomidan o’zini unchalik bulg’amas. Shuning uchun shariat Hanafiy Mazhabi nomi ila unga shiddat va azimat ko’rsatmagan. Ruxsat tarafini ko’rsatib, yengillashtirgandir. "Qo’ling tegib ketgan bo’lsa tahorating sinmaydi. Uyalib, gavjum joyda suv ila poklanmaslikning zarari yo’qdir. Bir tanga miqdorigacha fatvo bordir," deya uni vasvasadan qutqarar. Xullas, mana senga dengizdan ikki qatra misol... ularga qiyos qil. Me`zoni Shoroniy ila shariat mezonlarini bu suratda muvozana eta olsang et.

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ تَمَثَّلَ فِيهِ اَنْوَارُ مُحَبَّتِكَ لِجَمَالِ صِفَاتِكَ وَ اَسْمَائِكَ بِكَوْنِهِ مِرْآةً جَامِعَةً لِتَجَلِّيَاتِ اَسْمَائِكَ الْحُسْنَى وَ مَنْ تَمَرْكَزَ فِيهِ شُعَاعَاتُ مَحَبَّتِكَ لِصَنْعَتِكَ فِى مَصْنُوعَاتِكَ بِكَوْنِهِ اَكْمَلَ وَ اَبْدَعَ مَصْنُوعَاتِكَ وَ صَيْرُورَتِهِ اَنْمُوذَجَ كَمَالاَتِ صَنْعَتِكَ وَ فِهْرِسْتَةَ مَحَاسِنِ نُقُوشِكَ وَ مَنْ تَظَاهَرَ فِيهِ لَطَائِفُ مَحَبَّتِكَ وَ رَغْبَتِكَ ِلاِسْتِحْسَانِ صَنْعَتِكَ بِكَوْنِهِ اَعْلَى دَلاَّلِى مَحَاسِنِ صَنْعَتِكَ وَ اَرْفَعَ الْمُسْتَحْسِنِينَ صَوْتًا فِى اِعْلاَنِ حُسْنِى نُقُوشِكَ وَ اَبْدَعِهِمْ نَعْتًا لِكَمَالاَتِ صَنْعَتِكَ وَ مَنْ تَجَمَّعَ فِيهِ اَقْسَامُ مَحَبَّتِكَ وَ اِسْتِحْسَانِكَ لِمَحَاسِنِ اَخْلاَقِ مَخْلُو قَاتِكَ وَلَطَاءِفِ اَوْصَافِ مَصْنُو عَاتِكَ بِكَونَهِ جَمِعًالَمِحَاسِنِ الاخلاق كَافَّةً بِاِحْسَانِكَ وَ لِلَطَائِفِ اْلاَوْصَافِ قَاطِبَةً بِفَضْلِكَ وَ مَنْ صَارَ مِصْدَاقًا صَادِقًا وَ مِقْيَاسًا فَائِقًا لِجَمِيعِ مَنْ ذَكَرْتَ فِى فُرْقَانِكَ اِنَّكَ تُحِبُّهُمْ مِنَ الْمُحْسِنِينَ وَ الصَّابِرِينَ وَ الْمُؤْمِنِينَ وَ الْمُتَّقِينَ وَ التَّوَّابِينَ وَ اْلاَوَّابِينَ وَ جَمِيعِ اْلاَصْنَافِ الَّذِينَ اَحْبَبْتَهُمْ وَ شَرَفْتَهُمْ لِمَحَبَّتِكَ فِى فُرْقَانِكَ حَتَّى صَارَ اِمَامَ الْحَبِيبِينَ لَكَ وَ سَيِّدَ الْمَحْبُوبِينَ لَكَ وَ رَئِيسَ اَوِدَّائِكَ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اِخْوَانِهِ اَجْمَعِينَ آمِينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

* * *
Аудио мавжуд эмас