So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 326
(320-329)
Ikkinchi Sabab: Yigirma Yettinchi So’zdagi ijtihod bahsida bayon va isbot etilganidek, sahobalar mutlaq aksariyat e`tibori ila inson kamolotining eng a`lo darajasidadirlar. Chunki u zamonida, u Islomning azim inqilobida xayr va haq butun go’zalligi ila, shar va botil butun chirkinligi ila ko’rilgan va moddatan his etilgan. Shar va xayr o’rtasida shundayin bir farq hamda kizb va sidq o’rtasida shunday bir masofa ochilgandirki, kufr va iymon qadar, balki Jahannam va Jannat qadar oralari uzoqlashdi. Kizb va shar va botilning dalloli va namunasi bo’lgan Musaylima-i Kazzob va masxara-omuz kalimalari bo’lganidan, fitratan oliy hislar sohibi va yuksak axloqlarga maftun hamda izzat va go’zallikdan faxrlanishga moyil bo’lgan sahobalar, albatta ixtiyorlari ila kizb va sharga qo’llarini uzatib, Musaylima darakasiga tushmaganlar. Sidq va xayr va haqning dalloli va namunasi bo’lgan Habibulloh(S.A.V.) kamoloti a`loyi illiyinidagi maqomiga boqib, butun quvvat va himmatlari ila u tarafga yugurmoq axloqlarining taqozosidir. Masalan, qandayki, ba`zan bo’ladiki bashariyat madaniyati bozorida va insoniyat ijtimoiy hayoti do’konida ba`zi narsalarning bergan mudhish natijalari va chirkin asarlari o’ldiruvchi zahardek har kas uni sotib olish emas, butun quvvati ila undan nafratlanib qochar va ba`zi narsalarning va ma`naviy matolarning bergan go’zal natijalari va qiymatli asarlari bir naf keltiruvchi malham va bir olmos kabi harkasning rag’bat nazarini o’ziga jalb etar. Harkas qo’lidan kelgancha ularni sotib olishga urinar. Shunga o’xshab, Saodat Asrida insoniyat ijtimoiy hayotining bozorida kizb va shar va kufr kabi moddalar abadiy halokat kabi natijalarni va Musaylima-i Kazzobdek past masxaralarni keltirib chiqarganidan, oliy axloqlar va sharafli vazifalarga maftun bo’lgan sahobalar undan o’ldiruvchi zahardan qochgandek qochishlari va nafratlanishlari yaqqoldir. Va abadiy saodat kabi natija bergan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kabi nuroniy mevalar ko’rsatgan sidq va haqqa va iymonga eng foydali bir malham, eng qiymatdor bir olmos kabi, u fitratlari sof va axloqlari yuksak bo’lgan sahobalar butun quvvatlari ila va hissiyot va latifalari ila ularga mushtariy va mushtoq bo’lishlari muqarrardir. Holbuki u zamondan so’ngra, borgan sari va kelib-kelib sidq va kizb o’rtasidagi masofa ozaya-ozaya yelkama-yelka keldi. Bir do’konda ikkisi birga sotila boshlagani kabi, ijtimoiy axloq buzildi. Siyosat propagandasi yolg’onga haddan tashqari rivoj berdi. Yolg’onning mudhish chirkinligi yashirinib, to’g’rilikning porloq go’zalligi ko’rinmay qolgan zamonda kimning haddi borki, sahobalarning adolat va sidq va oliylik va haqqoniyat xususidagi quvvatlariga, matonatlariga, taqvolariga yetisha olsin yoki darajalaridan o’tib ketsin. Bu masalani bir daraja yorituvchi boshimdan o’tgan bir holimni bayon etaman. Shundayki:
Bir vaqtlar qalbimga keldiki, nechun Muhyiddin Arabiy kabi g’aroyib zotlar sahobalarga yetisholmaydilar? So’ngra namoz ichida سُبْحَانَ رَبِّىَ اْلاَعْلَى derkan, shu kalimaning ma`nosi ochildi. To’liq ma`nosi bilan emas, faqat bir parcha haqiqati ko’rindi. Qalban dedim: Koshki birgina namozga bu kalima kabi muvaffaq bo’lsaydim, bir yillik ibodatdan ko’ra yaxshiroq edi. Namozdan so’ngra angladimki, u xotira va u hol sahobalarning ibodatdagi darajalariga yetishib bo’lmasligiga bir irshoddir. Ha, Qur`oni Hakimning nurlari ila hosil bo’lgan o’sha ijtimoiy azim inqilobda, zidlar bir-biridan chiqib ayrilarkan, sharlar butun ergashuvchilari ila, zulmatlari ila va ikir-chikirlari ila hamda xayr va kamolot butun nurlari ila va natijalari ila qarama-qarshi kelib bir vaziyatda va hayajonli bir zamonda, har zikr va tasbeh butun ma`nosining tabaqalarini ilk bor va tarovatli va yangi va yosh bir suratda ifoda etgani kabi, u azim inqilobning shovqin-suroni ostida bo’lgan insonlarning butun hissiyotlarini, ma`naviy latifalarini uyg’otgan, hatto vahima va xayol va sir kabi tuyg’ular hushyor va uyg’oq bir suratda ul zikr, ul tasbehlardagi ko’plab ma`nolarni o’z zavqlariga ko’ra olar, emar. Xullas, shu hikmatga binoan barcha hissiyotlari uyg’oq va latifalari hushyor bo’lgan sahobalar iymon nurlarini va tasbehlarni o’zida jamlagan muborak kalimalarni talaffuz etgan vaqtlari kalimaning butun ma`nolari ila so’ylar va barcha latifalari ila hissa olardilar. Holbuki u portlash va inqilobdan so’ngra, borgan sari latifalar uyquga va hislar u haqiqat nuqtasida g’aflatga tushib, u muborak kalimalar mevalar singari, bora-bora ko’nikib qolish pardasi ila latofatini va tarovatini yo’qotgan. Go’yoki, sathiylik tuyg’ulari ila qurayotgandek, oz bir namlik qoladiki, quvvatli, tafakkuriy bir amaliyot ila faqat avvalgi holi qaytarilishi mumkin. Mana shuning uchundirki, qirq daqiqada bir sahobaning qozongan fazilat va maqomga boshqa odam qirq kunda, hatto qirq yilda zo’rg’a yetisha olar.

Аудио мавжуд эмас