So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 328
(320-329)
Uchinchi jihat: Amallardagi fazilat va savobli ishlar va oxiratga oid fazilatlar jihatida sahobalarga yetishilmas. Chunki, qanday bir askar ba`zi sharoit ichida muhim va xavfli bir joyda bir soat navbatda turish bilan bir yil ibodat qilganchalik fazilat qozonishi mumkin va bir o’q yeyish bilan eng kamida qirq kunda qozoniladigan valiylik darajasidek bir maqomga bir daqiqada chiqar. Shunga o’xshab, sahobalarning Islomiyatni ta`sis qilishdagi va Qur`on hukmlarini yoyishdagi xizmatlari va Islomiyat uchun butun dunyoga jang e`lon qilishlari shunchalar yuksakdirki, bir daqiqasiga boshqalar bir yilda yetisholmas. Hatto deyilishi mumkinki; barcha daqiqalari, - u muqaddas xizmatda- u shahid bo’lgan askarning daqiqalari kabidir. Butun soatlari mudhish bir joyda bir soat navbatda turgan bir fidokor askarning navbati kabidirki, amali oz, mukofoti ko’p, qiymati yuksakdir. Ha, sahobalar modomiki Islomiyatni ta`sis qilishda va Qur`on nurlarini yoyishda avvalgi safni tashkil etadilar. اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga ko’ra butun ummatning hasanotlaridan ularga hissa chiqib turar. Ummatning اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ وَاَصْحَابِهِ deyishi sahobalarning butun ummatning hasanotlaridan hissador ekanliklarini ko’rsatadi. Ham masalan, bir daraxtning ildizidagi kichik bir maziyat daraxtning shoxlarida buyuk bir surat olar, katta shoxdan ko’ra kattaroq bo’lar. Ham qandayki, boshlanishda kichik bo’lgan yuksak bir narsa borgan sari bir yakun tashkil etar. Ham qandayki, markaziy nuqtaga yaqin bir igna uchi qadar bir ziyodalik ko’k yuzida ba`zan bir metrga yaqin bo’lgan ziyodaga teng kelar. Aynan shu to’rt misol kabi, sahobalar Islomiyat nuroniy daraxtining ildizlaridan, asoslaridan bo’lganlari, ham Islomiyat binosining nuroniy chizmalarining boshlang’ichida bo’lganlari; ham Islomiyat jamoatining imomlaridan va adadlarining avvalgilarida; ham Shamsi Nubuvvat va Siroji Haqiqatning markaziga yaqin bo’lganlari tufayli, oz amallari ko’pdir, kichik xizmatlari buyukdir. Ularga yetishmoq uchun haqiqiy sahoba bo’lmoq lozim keladi.

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذِى قَالَ اَصْحَابِى كَا لنُّجُومِ بِاَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ وَ خَيْرُ الْقُرُونِ قَرْنِى وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ سَلِّمْ
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Savol:. Deyiladiki: Sahobalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rdilar, keyin iymon keltirdilar. Biz esa ko’rmasdan iymon keltirdik. Demak, iymonimiz ularnikidan quvvatliroqdir. Buning ustiga, iymonimizni quvvatliroq ekaniga dalolat qiluvchi rivoyat bor?
Javob: Sahobalar o’sha zamonda olamdagi umum fikrlar Islom haqiqatlariga qarshi va muxolif bo’lib turganda; -sahobalar- yolg’iz inson suratida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rib, ba`zan mo’`jizasiz o’laroq, shunday bir iymon keltirdilarki, olamdagi umum fikrlar ularning iymonlarini tebratmasdi. Shubha tugul, ba`zilarini vasvasaga ham berolmasdi. Sizlar esa o’z iymonlaringizni sahobalarning iymonlari bilan solishtirmoqdasiz. Barcha umum islomiy fikrlar iymoningizga quvvat va hujjat bo’lgani holda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning payg’ambarlik nuroniy daraxtining danagi bo’lmish insoniy va jismoniy surati emas, balki barcha Islomiy nurlar va Qur`on haqiqatlari ila nuroniy muhtasham ma`naviy shaxsini minglab mo’`jizalar bilan o’ralganini aql ko’zi bilan ko’rganingiz holda, bir Ovrupa faylasufining so’zidan vasvasa va shubhaga tushgan iymoningiz qayoqda-yu! Butun kufr olamining va Nasroniy va Yahudiy va faylasuflarning hujumlari qarshisida tebranmagan sahobalarning iymonlari qayoqda? Ham, sahobalar iymonlarining quvvatini ko’rsatgan va iymonlaridan sizib chiqqan shiddatli taqvolari va solih amallarda komillari qayoqda? Ey davogar! Sening o’ta zaifligingdan farzlarni to’liq ado qilolmagan so’niq iymoning qayoqda? Ammo, hadisda aytilganki: "Oxirzamonda meni ko’rmay iymon keltirgan maqbulroqdir" mazmunidagi rivoyat xususiy fazilatga doirdir. Ba`zi xos shaxslar haqidadir. Bahsimiz esa umumiy fazilat va aksariyat e`tiboriga ko’radir.
Аудио мавжуд эмас