So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 325
(320-329)
Yigirma Yettinchi So’zning Ilovasi

Sahobalar haqidadir

Mavlono Jomiy Degani Kabi Deyman:


يَا رَسُولَ اللهَ چِه بَاشَدْ چُونْ سَگِ اَصْحَابِ كَهْف
دَاخِلِ جَنّتْ شَوَمْ دَرْ زُمْرَهءِ اَصْحَابِ تُو؟
اُو رَوَدْ دَرْجَنَّتْ مَنْ دَرْ جَهَنَّمَ كَىْ رَوَاسْت
اُو سَگِ اَصْحَابِ كَهْف مَنْ سَگِ اَصْحاَبْ تُو؟
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
بِسْمِ اللّهِ الرّحْمنِ الرّحِيمِ
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ اَشِدَّاۤءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاۤءُ بَيْنَهُمْ
ila oxiri oyat...
Savol bermoqdasiz: Ba`zi rivoyatlarda borki: "Bid`atlarning rivoji hangomida iymon va taqvo ahlidan bir qism solih insonlar sahobalar darajasida yoki yanada ziyoda afzal bo’lishi mumkin," deya rivoyatlar bordir. Bu rivoyatlar sahihmidir? Sahih bo’lsa, haqiqatlari nedir?
Javob: Payg’ambarlardan so’ngra navi basharning eng afzali sahobalar bo’lgani Ahli Sunnat va Jamoatning ittifoqi bir qat`iy hujjatdirki, u rivoyatlarning sahih qismi juz`iy fazilatlar haqidadir. Chunki juz`iy fazilatda va xususiy bir kamolda ustun bo’lmagan ustun bo’lgandan ustun bo’lishi mumkin. Bo’lmasa, Fath Surasining oxirida Rabboniy maqtovga mazhar va Tavrot, Injil va Qur`onning madhu-sanosiga sazovor bo’lgan sahobalarga umumiy fazilatlar nuqta-i nazarida yetishib bo’lmas. Shu haqiqatning juda ko’p sabab va hikmatlaridan hozircha uch sababni o’zida jamlagan uch hikmatni bayon etamiz:
Birinchi Hikmat: Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlari shundayin bir iksirdirki, bir daqiqa unga mazhar bo’lgan zot ko’p yillar davomida sayri sulukka muqobil haqiqat nurlariga mazhar bo’lar. Chunki suhbatda ranglanish va akslanish bordir. Ma`lumdirki, akslanish va ergashishlik ila u Payg’ambarimizning Buyuk Nuri ila barobar eng azim bir martabaga chiqish mumkin. Bamisoli bir sultonning xizmatkori va unga tobeligi ila shunday bir mavqega chiqarki, bir shoh chiqolmas. Xullas, shu sirdandirki eng buyuk valiylar sahoba darajasiga chiqolmaydilar. Hatto Jaloliddini Suyutiy kabi uyg’oq holida ko’p marta Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlariga sazovor bo’lgan valiylar Rasuli Akram (S.A.V.) ila hushyor hollarida ko’rishsalar va shu olamda suhbatiga musharraf bo’lsalar, yana sahobalarga yetisholmaydilar. Chunki Sahobalarning suhbati Nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) nuri ila, ya`ni Payg’ambar sifatida u kishi bilan suhbatlashadilar. Avliyolar esa Payg’ambarimiz (S.A.V.) vafotlaridan so’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rishlari valoyati Ahmadiya (S.A.V.) nuri ila suhbatdir. Demak Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ular nazarlariga tamassul va tazohur etishi valoyati Ahmadiya (S.A.V.) jihatidadir, nubuvvat e`tibori ila emas. Modomiki shunday ekan, nubuvvat darajasi valiylik darajasidan naqadar yuksak bo’lsa, u ikki suhbat ham shunchalik farqlanishi lozim bo’lar. Payg’ambarimizning (S.A.V.) suhbatlari qay daraja nuroniy bir iksir ekanligi bundan anglashilarki: Bir badaviy odam qizini tiriklayin ko’madigan darajada vahshiy bir bag’ritosh bo’lgani holda, kelib bir soat Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlariga musharraf bo’lar, qaytib chumolini ham oyoq bilan bosmaydigan darajada bir rahimona shafqat qozonardi. Ham johil, vahshiy bir odam bir kun Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlariga mazhar bo’lar, so’ngra Chin va Hind kabi mamlakatlarga ketardi, u madaniyatli qavmlarga haqiqatlarda muallim va kamolotda rahbar bo’lardi.
Аудио мавжуд эмас