So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 327
(320-329)
Uchinchi sabab: O’n Ikkinchi va Yigirma To’rtinchi va Yigirma Beshinchi So’zlarda isbot etilgani kabi, nubuvvatning valiylikka nisbati Quyoshning o’zi bilan oynalarda ko’ringan quyoshning misoli kabidir. Xullas, nubuvvat doirasi valiylik doirasidan naqadar yuksak bo’lsa, nubuvvat doirasining xodimlari va u quyoshning yulduzlari bo’lgan sahobalar ham valiylik doirasidagi solih insonlardan shunchalik ustunligi bo’lmog’i lozim keladi. Hatto eng buyuk valiylik bo’lgan varosati nubuvvat va siddiqiyatki, sahobalarning valiyligidir, bir valiy qozonsa baribir ilk saf bo’lgan sahobalarning maqomiga yetisholmas. Shu uchinchi sababning ko’plab jihatlaridan uchtasini bayon etamiz:
Birinchi Jihat: Ijtihodda, ya`ni hukmlar chiqarishda, ya`ni Janobi Haqning rozi bo’ladigan amallarni kalomidan anglashlikda sahobalarga yetib bo’lmas. Chunki o’sha davrdagi ul buyuk Ilohiy inqilob Rabbimiz rozi bo’ladigan amallarni va Ilohiy hukmlarni anglash ustida jarayon etardi. Barcha zehnlar hukmlar chiqarishga qaratilgan edi. Barcha qalblar: "Rabbimiz bizdan istagani nedir!" deya maroq etardi. Zamonning ahvoli bu holni his qiladigan va sezadigan bir tarzda jarayon etardi. Suhbatlar bu ma`nolarni o’zida jamlagan holda sodir bo’lardi. Mana shuning uchun hamma narsa va har bir holat va muhovaralar va suhbat va hikoyalar butun u ma`nolarni bir daraja dars beradigan bir tarzda jarayon etganidan, hamda sahobalarning iste`dodini komillashtirgani va fikrlarini yoritganidan, ijtihod va hukm chiqarishda iste`dodi gugurt singari alanga olishga tayyor bo’lganidan, bir kunda yoki bir oyda qozongan ijtihod va hukm chiqarishdagi martabasini, u sahobaning iste`dod va zakovati darajasida bo’lgan boshqa bir odam hozirgi zamonda o’n yilda, balki yuz yilda qozonolmaydi. Chunki hozir abadiy saodatga badal dunyo saodati madori nazardir. Insonlarning diqqat nazari boshqa maqsadlarga yuzlangandir. Tavakkalsizlik ichra tirikchilik dardi ruhga sarsamlik hamda tabiat va moddaparastlik falsafasi aqlni ko’r qilganidan, basharning ijtimoiy muhiti u shaxsning zehniga va iste`dodiga ijtihod xususida quvvat bermagani kabi, parishon qilmoqda, tarqatmoqda. Yigirma Yettinchi So’zning ijtihod bahsida Sufyon Ibn Uyayna bilan uning zakovati darajasidagi bir odamning muvozanasida isbot qilganmizki, Sufyonning o’n yilda qozongan martabasini haligi odam yuz yilda qozonolmaydi.
Ikkinchi jihat: Sahobalarning Allohga yaqinligi nuqtasidagi maqomlariga valiylik orqali yetishib bo’lmas. Chunki, Janobi Haq bizga eng yaqindir va har narsadan ham ziyoda yaqindir. Biz esa Undan nihoyatsiz uzoqmiz. Unga yaqinligini qozonmoq ikki surat ila bo’lar. Birisi: Yaqinlikning kashf bo’lishi bilandirki, nubuvvatdagi yaqinlik unga taalluqli. Hamda varosati nubuvvat va suhbati jihati ila sahobalar u sirga sazovordirlar. Ikkinchi surat: Uzoqligimiz nuqtasida martabalarni bosib o’tib bir daraja yaqinlashmoqdirki, aksar valiylikning sayri suluki unga ko’ra va anfusiy sayr va ofoqiy sayr bu surat ila jarayon etar. Xullas, birinchi surat faqat ilhomiydir, kasbiy emas, o’ziga jazb etmoqdir, Rahmoniy jazbdir va mahbubiyatdir. Yo’l qisqadir, biroq o’ta mustahkam va juda yuksak va xolis va soyasizdir. Boshqasi kasbiydir, uzundir, soyalidir. Ajoyib g’aroyibotlari ko’p bo’lsada, qiymati Allohga yaqinlik jihatida avvalgiga yetisholmas. Masalan, qandayki kechagi kunga bugun yetishmoqning ikki yo’li bor. Birinchisi: Zamonning o’tishiga tobe bo’lmasdan, bir muqaddas quvvat ila, vaqt tushunchasidan chiqib ketib, kechani bugundek hozir ko’rmoqdir. Ikkinchisi, bir yillik masofani bosib o’tib, aylanib kechagi kunga kelmoqdir, biroq baribir kechagi kunni qo’lida tutib turolmaydi, uni tashlab ketadi. Shunga o’xshab, zohirdan haqiqatga o’tish ikki suratda bo’ladi. Biri, to’g’ridan-to’g’ri haqiqatning injizobiga berilib, tariqatning barzohiga kirmay, zohirning o’zida haqiqatni topmoqdir. Ikkinchisi: ko’p martabalardan sayri suluk tarzida o’tmoqdir. Avliyolar, garchi fano-i nafsga muvaffaq bo’larlar, nafsi ammorani o’ldirarlar. Baribir sahobalarga yetisholmaydilar. Chunki sahobalarning nafslari poklanib tarbiyalanganidan, nafsning mohiyatidagi ko’plab jihozlar orqali ibodatlarning barcha navlariga, hamda shukr va hamdning turli xillariga yanada ko’proq muvaffaq bo’lgandirlar. Nafsni o’ldirgandan so’ngra avliyolarning ibodatlari oddiylik paydo qilar.
Аудио мавжуд эмас