So’zlar | yıgırma yettınchı so’z | 323
(320-329)
Xullas, oliy hislarni toshigan va go’zal xulqlarni parastish etgan va Payg’ambarlik Quyoshining suhbat ziyosi ila nurlangan sahobalar shu daraja chirkin va sukutga sabab va Musaylimaning masxara-omuz soxta uydirmalar do’konidagi kizbga ixtiyorlari ila qo’llarini uzatmasliklari va kufrdan chekinganlari kabi kufrning do’sti bo’lgan kizbdan chekinishlari va shu daraja go’zal va faxrlanish va mubohlarga sabab va taraqqiy va saodatning eng yuksak darajasi va Faxri Risolatning oliy xazinasida eng qiymatli bo’lgan va jamolining dabdabasi ila insoniyat jamoatlarini nurlantirgan sidqqa va to’g’rilikka va haqqa, va ayniqsa shariat hukmlarini rivoyat qilish va yetkazishda, albatta qo’llaridan kelgancha tolib va muvofiq va oshiq bo’lganlari qat`iydir, zaruriydir, shubhasizdir. Holbuki shu zamonda kizb va sidqning o’rtasidagi masofa shunchalik qisqarganki, go’yoki yelkama-yelka holiga kelganlar. Sidqdan yolg’onga (o’tmoq) juda oson bo’lib qolgan. Hatto siyosat propagandasi vositasida yolg’onchilik to’g’rilikdan ustun qo’yilmoqda. Xullas, eng chirkin narsa eng go’zal narsalar bilan birga bir do’konda bir narxga sotilsa, albatta juda oliy bo’lgan va haqiqat javhariga aylangan sidq va haq olmosi u do’kondorning ma`rifatiga va so’ziga ishonib, ko’r-ko’rona olinmas.

Xotima

Asrlarga ko’ra shariatlar o’zgarar. Balki bir asrda qavmlarga ko’ra boshqa-boshqa shariatlar, payg’ambarlar kelishi mumkin va kelgan ham. Xotam-ul Anbiyodan so’ngra Shariati Kubrosi har asrda har qavmga kifoya qilganidan, xilma-xil shariatlarga ehtiyoj qolmagandir. Biroq tafarruotida bir daraja boshqa-boshqa mazhablarga ehtiyoj qolgandir. Ha, qandayki mavsumlarning o’zgarishi bilan liboslar almashar, mijozlarga ko’ra dorilar o’zgarar. Shuning kabi, asrlarga ko’ra shariatlar o’zgarar, millatlarning iste`dodiga ko’ra hukmlar o’zgarar. Chunki, shar`iy hukmlarning tafarruot qismi insonlarning hollariga qarar. Unga ko’ra kelar, darmon bo’lar. Avvalgi payg’ambarlar zamonida inson tabaqalari bir-biridan juda uzoq va fe`l-atvorlari ham bir daraja qo’pol, ham shiddatli va fikran ibtidoiy va badaviylikka yaqin bo’lganidan, u zamondagi shariatlar ularning holiga muvofiq tarzda boshqa-boshqa kelganlar. Hatto bir qit`ada bir asrda boshqa-boshqa payg’ambarlar va shariatlar bo’lgan. So’ngra, oxirzamon Payg’ambarining kelishi bilan insonlar go’yo ibtidoiy darajadan o’rta maktab darajasiga taraqqiy etgani uchun ko’p inqiloblar va o’zgarishlar ila insoniyat qavmlari bir xil dars oladigan, birgina muallimni tinglaydigan, birgina shariat bilan amal qiladigan vaziyatga kelgani tufayli, boshqa-boshqa shariatga ehtiyoj qolmagan, boshqa-boshqa muallimning ham keragi bo’lmay qolgan. Biroq tamoman bir saviyaga kelmaganidan mazhablar ko’paygandir. Agar insoniyatning mutlaq aksariyati bir oliy maktabning talabasi kabi bir xil ijtimoiy hayot tarziga kirsa, bir saviyaga kelsa, shunda mazhablar ham birlashtirilishi mumkin. Lekin olamning hozirgi holati bunga yo’l qo’ymaganidan, mazhablar ham bir bo’lmas.
Agar desang: Haq bitta bo’lar, qanday qilib to’rt va o’n ikki mazhabning har xil hukmlari haq bo’lishi mumkin?
Javob: Birgina suv besh xil mijozli xastalarga ko’ra qandayin besh xil hukm olar, shundayki: Birisiga xastaligining mijoziga ko’ra suv davodir, tibban vojibdir. Boshqa bir odamga xastaligi uchun zahardek zararlidir, tibban unga haromdir. Boshqa birovga oz zarar berar, tibban unga makruhdir. Boshqa birovga zararsiz manfaat berar, tibban unga sunnatdir. Boshqa birovga esa na zarardir, na manfaatdir, salomatlik ila ichsin, tibban unga mubohdir. Mana bu yerda haq ko’paydi. Beshi ham haqdir. Sen deya olasanmi: "Suv faqat davodir, faqat vojibdir, boshqa hukmi yo’qdir".
Аудио мавжуд эмас