So’zlar | yigirma to’qqizinchi so’z | 338
(335-354)
Xullas, shu tamsil kabi yuksak yulduzlar va sayyor jismlar ichida Yer Kurrasining kichiklik va kasofati ila barobar bu qadar hadsiz ruh sohiblarining, idrok sohiblarining vatani bo’lishi va eng qiymatsiz va eng sassiq juzlari ham bittadan hayot manbai bo’lishi, bittadan kichik hayvonlarning mahshari bo’lishi shaksiz va shubhasiz va avvalo va qat`iy hads va qat`iy ishonch ila dalolat etar, shahodat aylar, e`lon etarki: Shu nihoyatsiz olam fazosi va shu muhtasham samovot burjlari ila, yulduzlari ila idrok sohiblari, hayot sohiblari, ruh sohiblari ila to’ladir. Olovdan, nurdan, otashdan, ishiqdan, zulmatdan, havodan, ovozdan, xushbo’y hiddan, kalimalardan, efirdan va hatto elеktrdan va boshqa latif oquvchi moddalardan xalq etilgan u hayot sohiblari va u ruh sohiblari ila va u idrok sohiblari ila Buyuk Islom Shariati, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon "Malaklar va jinlar va ruhoniyatdir" dеr, ismlantirar. Malaklarning esa jismlarning muxtalif jinslari kabi jinslari muxtalifdir. Ha, albatta bir qatra yomg’irga muakkal bo’lgan malak Quyoshga muakkal malakning jinsidan emasdir. Jin va ruhoniyatning ham juda ko’p muxtalif jinslari bordir.
Shu asos nuktaning xotimasi: Tajribalar ila, modda asos emaski, vujud unga musahhar qolsin va tobе bo’lsin. Balki modda bir ma`no ila qoimdir. Xullas, u ma`no hayotdir, ruhdir. Ham shubhasiz, modda mahdum emaski hamma narsa unga yo’nalsin. Balki xodimdir, bir haqiqatning takammuliga xizmat etar. U haqiqat hayotdir. U haqiqatning asosi xam ruhdir. Shaksiz, modda hokim emaski, unga murojaat etilsin, kamolot undan istanilsin. Balki mahkumdir, bir asosning hukmiga boqar, u ko’rsatgan yo’llar ila harakat etar. Xullas, u asos hayotdir, ruhdir, idrokdir. Ham albatta, modda mag’z emas, asos emas, barqaror emaski, ishlar va kamolot unga toqilsin, unga bino etilsin. Balki yorilishga, erishga, yirtilishga muhayyo bir ko’ylakdir, bir qobiqdir va ko’pikdir va bir suratdir. Ko’rilmayotirmikin: Ko’z ila ko’rilmagan mikroskopik bir hayvonning naqadar kеskin tuyg’ulari borki, birodarining ovozini eshitar, rizqini ko’rar, g’oyat hassos va kеskin hislari bordir. Shu hol ko’rsatadiki, moddaning kichrayib mayinlashishi nisbatida hayot nishonlari ziyodalashadi, ruh nuri quvvatlashadi. Go’yo modda mayinlashish ila, bizning moddiyligimizdan uzoqlashish ila ruh olamiga, hayot olamiga, idrok olamiga yaqinlashayotganday ruh harorati, hayot nuri yanada shiddatli tajalliy etadi. Xullas, hеch mumkinmidirki: Bu modda pardasida bu qadar hayot va idrok va ruhning sizmalari bo’lsin, u parda ostida bo’lgan ich olami ruh va idrok sohiblari ila to’la bo’lmasin. Hеch mumkinmidirki: Shu moddiyot va shahodat olamidagi ma`noning va ruhning va hayotning va haqiqatning shu hadsiz sizmalari va yog’dulari va samaralarining manbai yolg’iz moddaga va moddaning harakatiga qaratilib izoh etilsin. Yo’q va qat`iyan va aslo! Bu hadsiz sizmalar va yog’dular ko’rsatadiki: Shu moddiy narsalar olami va shahodat olami malakut va ruhlar olami ustida tashlangan tantanali bir pardadir.

Ikkinchi Asos
Malaklarning vujudiga va ruhoniylarning sobitligiga va haqiqatlarining vujudiga ma`naviy bir ittifoq ila, ta`birda ixtiloflari ila barobar, butun aql sohiblari va naql etganlar bilib bilmasdan ittifoq etganlar dеb bo’ladi. Hatto moddiyotda ko’p oldin kеtgan Ishrokiyun faylasuflarining Mashaiyun qismi malaklarning ma`nosini inkor etmasdan:"Har bir navning bir ruhoniy ma`naviy misoli bordir",- dеrlar. Malaklarni shunday ta`bir etadilar. Eski faylasuflarning Ishrokiyun qismi ham maloikalarning ma`nosida qabulga majbur qolib, faqat xato bo’lib "Uquli ashara va Arbob-ul Anvo'" dеya ism bеrganlar. Butun to’g’ri din sohiblari "tog’larning malaki, dеngizlarning malaki, yomg’irlarning malaki" kabi har navga ko’ra bittadan vazifador malak vahiyning ilhomi va irshodi ila bo’lganini qabul etib, u nomlar ila ataydilar. Hatto aqllari ko’zlariga tushgan va insoniyatdan jonsizlar darajasiga ma`nan sukut etgan Moddiyun va Tabiiyun ham malaklarning ma`nosini inkor etolmasdan(Izoh) "Quvva-i Sariya" nomi ila bir jihatda qabulga majbur bo’lganlar.
----------------------------------------------------------------
(Izoh) Malaklar ma`nosini va ruhoniyatning haqiqatini inkorga imkon topolmaganlar, balki fitratning nizomlaridan "Quvva-i Sariya" deya "jarayon etgan quvvatlar" nomini berib xato bir suratda tasvir ila bir jihatdan tasdig’iga majbur qolganlar. (Ey o’zini aqlli o’ylagan!..)
Аудио мавжуд эмас