So’zlar | yigirma to’qqizinchi so’z | 340
(335-354)
Ham hеch mumkinmidirki: U qat`iy ishonch, u yaqiyni shuhudiy hadsiz alomatlardan va u alomatlar hadsiz ko’rilgan voqеalardan va u ko’rilgan voqеalar shaksiz va shubhasiz mabadi-i zaruriyaga tayanmasin. Unday bo’lsa, shu din sohiblaridagi bu umumiy e`tiqodlarning sababi va vasiqasi ma`naviy tavotur quvvatini ifoda etgan juda ko’p dafalar ila malaklar mushohadalaridan va ruhoniylarning ru`yatlaridan hosil bo’lgan mabadi-i zaruriyadir, qat`iy asoslardir.
Ham hеch mumkinmidir, hеch ma`qulmidir, hеch qabulmidirki: Bashariyat ijtimoiy hayoti samosining quyoshlari, yulduzlari, oylari hukmida bo’lgan payg’ambarlar va valiylar tavotur surati ila va ma`naviy ijmo` quvvati ila xabar bеrganlari va shahodat etganlari malaklar va ruhoniyatning vujudlari va mushohadalari bir shubha qabul etsin, bir shakka mador bo’lsin. Boxusus ular shu masalada ahli ixtisosdirlar. Ma`lumdirki, ikki ahli ixtisos minglab boshqalaridan ustundirlar. Ham shu masalada ahli isbotdirlar. Ma`lumdirki, ikki ahli isbot minglab ahli rad va inkordan ustundirlar. Va xususan koinot samosida doim porlagan va hеch bir vaqt botmagan xaqiqat olamining Shamsushshumusi bo’lgan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning xabarlari va risolat quyoshi bo’lgan Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) shahodati va ko’rganlari, hеch qabulmidirki, bir shubha qabul etsin. Modomiki bitta ruhoniyatning vujudi bir zamonda isbotlansa, shu navning umuman isbotlanganligini ko’rsatar. Va modomiki shu navning vujudi isbotlanar. Albatta ularning shaklan isbotlanganligining eng go’zali, eng ma`quli, eng maqbuli Shariatning sharx etgani kabidir, Qur`onning ko’rsatgani kabidir, Sohibi Mе`rojning ko’rgani kabidir.

To’rtinchi Asos
Shu koinot mavjudotlariga nazari diqqat ila boqilsa, ko’rinarki: Juz`iyot kabi kulliyotning ham bittadan ma`naviy shaxs bordirki, bittadan kulliy vazifasi ko’rinar. Unda umumiy xizmatlar ko’rinar. Masalan: Bir gul o’zicha bir san`at naqshini ko’rsatib, hol lisoni holi ila Asmo-i Fotirni zikr etgani kabi, Yer Kurrasi bog’i ham bir gul hukmidadir. G’oyat muntazam kulliy tasbеh vasifasi bordir. Qandayki bir mеva bir intizom ichida e`lonlarni, tasbеhlarni ifoda etar. Xuddi shuning kabi: Katta bir daraxtning umumiy surati ila g’oyat muntazam bir fitriy vazifasi va ubudiyati bordir. Qandayki bir daraxt yaproq, mеva va gullarining kalimalari ila bir tasbеhoti bor. Xuddi shuning kabi: Katta samovot dеngizi ham kalimalari hukmida bo’lgan quyoshlar, yulduzlar va oylari ila Fotiri Zuljaloliga tasbеhot qilar va Sonе`i Zuljalollariga hamd etar va hokazo... Mavjudoti xorijiyaning har biri suratan jonsiz, idroksiz ekan, g’oyat hayratkorona va idrokona vazifalari va tasbеhotlari bordir. Albatta, qandayki malaklar bularning malakut olamida tamsilchilaridir, tasbеhotlarini ifoda etarlar. Bular ham mulk va shahodat olamida u malaklarning timsollari, xonalari, masjidlari xukmidadirlar. Yigirma To’rtinchi So’zning To’rtinchi Shoxida bayon etilgani kabi, shu olam saroyining Sonе`i Zuljaloli u saroy ichida ishlattirgan to’rt qism ishchilarining birinchisi: Malaklar va ruhoniylardir. Modomiki nabotot va jamodot bilmasdan va bir bilganning amrida g’oyat muhim maoshsiz xizmatdadirlar. Va hayvonot juz`iy bir maosh muqobilida bilmasdan g’oyat kulliy maqsadlarda xizmat kilmoqdalar. Va inson kеyinga qoldirilgan va darrov bеriladigan ikki maosh muqobilida u Sonе`i Zuljalolning maqsadlarini bilib turib uyg’un harakat etishi va har narsada nafslariga ham bir hissa chiqarishi va boshqa xizmatchilarga nazorat etishi ila ishlattirishlari shubhasiz ko’rinmoqda. Albatta, to’rtinchi qism, balki eng birinchi qism bo’lgan xizmatkorlar, ishchilar topilar. Ham insonga o’xsharki, u Sonе`i Zuljalolning kulliy maqsadlarini biladigan bir ubudiyat ila uyg’un harakat etarlar. Ham insonning xilofiga bo’lib nafsning zavqidan va juz`iy maoshlardan xalos bo’lib yolg’iz Sonе`i Zuljalolning nazari ila, amri ila, tavajjuhi ila, hisobi ila, nomi ila va qurbiyati ila ixtisos ila va bog’lanish ila hosil etganlari lazzat va kamol va zavq va saodatni yеtarli ko’rib, xolisan muxlisan ishlaydilar. Jinslariga ko’ra koinotdagi mavjudotning navlariga ko’ra ibodat vazifalari turlanadi. Bir hukumatning muxtalif doiralarda muxtalif vazifadorlari kabi, saltanati rububiyat doiralarida ubudiyat va tasbеhot vazifasi shunday turlanadi. Masalan: Hazrati Mikoil yеr yuzi ekinzorida ekilgan Allohning san`atli asarlariga Janobi Haqning havli ila, quvvati ila, hisobi ila, amri ila bir noziri umumiy hukmidadir. (Ta`bir joiz bo’lsa) umum dеhqon-misol malaklarning raisidir.
Аудио мавжуд эмас