So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 428
(428-452)
O’ttiz Uchinchi So’z

O’ttiz Uch Derazadir
[Bir Jihatda O’ttiz Uchinchi Maktub Va Bir Jihatda O’ttiz Uchinchi So’z]
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
سَنُرِيهِمْ اٰيَاتِنَا فِى اْلاٰفَاقِ وَفِىۤ اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ

Savol: Shu ikki jome` oyat ifodalagan vujub va Allohning vahdoniyati va Rabboniy sifatlar va faoliyatlarga kichik va katta olam bo’lgan inson va koinotning dalolat qilgan jihatlarini muxtasar va qisqa bir shaklda bayonlarini istaymiz. Chunki inkor etuvchilar juda ilg’orlab ketdilar. Qachongacha
وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ deb, qo’limizni ko’tarib o’tiramiz" demoqdalar.
Javob: Yozilgan butun o’ttiz uch adad So’zlar u oyat dengizidan va fayz bahsh etgan haqiqat ummonidan o’ttiz uch qatradir. Ularga qarasangiz javobingizni olishingiz mumkin. Hozir esa yolg’iz u dengizdan bir qatraning bir zarrasiga ishora navidan shunday deymizki:
Masalan, qandayki bir mo’`jizakor zot katta bir saroy qurishni istasa, avvalo poydevorlarini, asoslarini muntazam ravishda hikmat ila barpo qilar. Va kelajakdagi natijalariga va g’oyalariga muvofiq bir tarzda tartib etar. So’ngra xonalarga, qismlarga mahorat ila ajratadi va tafsil etadi. So’ngra u xonalarni intizom va tartibga soladi. So’ngra naqshlar ila bezaydi. So’ngra elektr chiroqlari ila yoritadi. So’ngra u muhtasham va ziynatli saroyda mahoratini, ehsonlarini yangilab turish uchun har bir qavatda yangi-yangi ijodlar, o’zgarishlar qilib, boshqa-boshqa holatlar beradi. So’ngra har bir xonada o’zining qarorgohiga bog’liq bittadan telefon o’tkazadi va bittadan deraza ochadi. Har biridan uning qarorgohi ko’rinib turadi.
Aynan shuningdek: وَلِلّهِ اْلمَثَلُ اْلاَعْلَى Sone`i Zuljalol, Hokimi Hakiym, Adli Hakam va ming bir muqaddas ismlar ila ataluvchi Fotiri Bemisol shu olami akbar bo’lgan koinot saroyining va yaratilish shajarasining ijodini iroda qildi. Olti kunda u saroyning, u shajaraning asoslarini hikmat dasturlari va azaliy ilmining qonunlari ila barpo qildi. So’ngra yuqori va quyi tabaqalarga va shoxalarga ajratib, qazo va qadar dasturlari ila tafsil va tasvirladi. So’ngra har maxluqotning har toifasini va har tabaqasini san`at va inoyat dasturi ila nizomga soldi. So’ngra har narsani, har bir olamni unga loyiq bir tarzda, masalan samoni yulduzlar ila, zaminni chechaklar ila ziynatlaganidek, bezab ziynatladi. So’ngra u umumiy qonunlar va dasturlar maydonlarida ismlarini namoyon qildirib yoritdi. So’ngra bu umumiy qonunlarining tazyiqidan faryod chekkan maxluqlarga Rahmonirrahiym ismlarini xususiy bir suratda yordamga yetishtirdi. Demak u kulliy va umumiy dasturlari ichida xususiy ehsonlari, xususiy yordamlari, xususiy jilvalari borki, har narsa har vaqt har qanday ehtiyoji uchun Undan madad so’rar, Unga qaray olar. So’ngra har manzildan, har bir tabaqadan, har olamdan, har toifadan, har shaxsdan, har narsadan o’zini ko’rsatadigan, ya`ni mavjudligini va vahdatini bildiradigan derazalar ochgan. Har qalb ichida bittadan telefon o’rnatgan. Hozir shu hadsiz derazalardan, albatta haddimizdan oshib bahsga kirishmaymiz. Ularni Allohning har narsani qamrab olgan ilmiga havola etib, faqatgina Qur`on oyatlarining yog’dulari bo’lgan o’ttiz o’ch derazani O’ttiz Uchinchi So’zning O’ttiz Uchinchi Maktubining namozdan keyingi tasbehotning o’ttiz uch muborak adadiga muvofiq bo’lmoq uchun o’ttiz uch derazaga qisqacha va muxtasar bir suratda ishora qilib, izohini boshqa So’zlarga havola etamiz...
Аудио мавжуд эмас