So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 430
(428-452)
Beshinchi Deraza
Ko’rayotirmizki, ashyolar, xususan tirik jonzotlar birdaniga, bir onda vujudga kelmoqdalar. Holbuki birdaniga va bir onda oddiy bir moddadan chiqqan narsalar g’oyat oddiy, shaklsiz, san`atsiz bo’lishi lozim ekan, katta mahoratni talab qiluvchi go’zal bir san`atda ko’p vaqtni talab qiluvchi juda nozik naqshlar ila naqshlangan, ko’p asbob-uskunalarni talab qiluvchi ajib san`atlar ila ziynatlangan, ko’p moddalarga muhtoj bir suratda yaratilmoqdalar. Xullas, bu bir zumda va bir onda vujudga kelayotgan bu ajoyib san`at va go’zal surat har biri bir Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga shahodat va rububiyatining vahdatiga ishora etganlari kabi, jami birgalikda g’oyat porloq bir tarzda nihoyatsiz Qodiyr, nihoyatsiz Hakiym bir Vojib-ul Vujudni ko’rsatadi.
Endi, ey esankiragan munkir! Qani buni nima bilan izohlaysan! O’zingdek esankiragan, ojiz, johil tabiat bilanmi? Va yoxud hadsiz daraja xatoga yo’l qo’yib, u Sone`i Muqaddasga "tabiat" nomini berib, Uning qudrat mo’`jizalarini u nomni berish bahonasi ila tabiatga bog’lab, ming daraja maholni baravariga qabul etishni-mi istaysan?

Oltinchi Deraza

اِنَّ فِى خَلْقِ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِى َتجْرِى فِى الْبَحْرِ ِبمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَا اَنْزَلَ اللّهُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ مَاءٍ فَاَحْيَا بِهِ اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ اْلمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَاءِ وَاْلاَرْضِ َلآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Shu oyat vujub va vahdatni ko’rsatgani kabi, bir ismi a`zamni ko’rsatgan g’oyat buyuk bir derazadir.
Xullas, shu oyatning xulosasining xulosasi shudirki: Koinotning yuqori va quyi tabaqalaridagi barcha olamlar boshqa-boshqa tillar ila yagona natijani, ya`ni yagona Sone`i Hakiymning rububiyatini ko’rsatmoqdalar. Shundayki: Bamisoli, ko’klarda (hatto Astronomiyaning e`tirofi bilan ham) g’oyat buyuk natijalar uchun g’oyat muntazam harakatlar bir Qodiyri Zuljalolning vujud va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatganidek, zaminda shubhasiz (hatto jo’g’rofiyaning shahodati va iqrori ila) g’oyat buyuk foydalar uchun mavsumlardagi kabi g’oyat muntazam o’zgarishlar ham aynan u Qodiyri Zuljalolning vujub va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatar. Ham qandayki quruqlik va dengizda mukammal rahmat ila rizqlari berilgan va mukammal hikmat ila turli-tuman shakllar kiydirilgan va mukammal rububiyat ila turli-tuman tuyg’ular ila jihozlangan butun hayvonot har biri yana u Qodiyri Zuljalolning mavjudligiga shahodat va vahdatiga ishora etmoq ila barobar hay`ati majmuasi ila g’oyat keng bir miqyosda uluhiyatining azamatini va mukammal rububiyatini qandayin ko’rsatsa, shuningdek bog’lardagi muntazam o’simliklar va o’simliklar namoyon qilgan ziynatli chechaklar va chechaklar namoyon qilgan mavzun mevalar va mevalar namoyon qilgan ziynatli naqshlar har biri yana u Sone`i Hakiymning mavjudligiga shahodat va vahdatiga ishora etmoq ila barobar, kulliyati ila g’oyat dabdabali bir suratda rahmatining jamolini va mukammal rububiyatini ko’rsatar. Ham qandayin osmondagi bulutlardan muhim hikmatlar va g’oyalar va kerakli bo’lgan foydalar va samaralar uchun vazifalantirib yuborilgan tomchilar tomchilar adadicha yana u Sone`i Hakiymning vujubini va vahdatini va mukammal rububiyatini qandayin ko’rsatsa, shuningdek zamindagi barcha tog’larning va tog’lar ichidagi ma`danlarning xilma-xil xosiyatlari ila birga xilma-xil foydalar uchun hozirlangani va to’plangani tog’ matonatidek bir quvvat ila yana u Sone`i Hakiymning vujub va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас