So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 429
(428-452)
Birinchi Deraza
Shubhasiz ko’rib turibmizki, butun ashyo, xususan hayot sohibi bo’lganlarning juda ko’p turli xil ehtiyojlari va juda ko’p navdagi talablari bordir. U talablari, u hojatlari kutmagan va bilmagan va qo’li yetmagan yerdan munosib va loyiq bir vaqtda ularga berilmoqda, yordamga yetishtirilmoqda. Holbuki u hadsiz maqsadlarning eng kichigiga u muhtojlarning qudrati yetishmas, qo’llari yetmas. Sen o’zingga boq: Zohiriy va botiniy tuyg’ularing va ularga zarur narsalar kabi qo’ling yetishmagan naqadar ashyolarga muhtojsan. Barcha jonzotlarni o’zingga qiyos qil. Xullas, ularning barchasi bittadan-bittadan vujubi Vojibga shahodat va vahdatiga ishora qilganlari kabi, hay`ati majmuasi ila Quyoshning ziyosi Quyoshni ko’rsatgani kabi u hol va bu kayfiyat g’ayb pardasi orqasida bir Vojib-ul Vujudni, bir Vohidi Ahadni, ham g’oyat Kariym, Rahiym, Murabbiy, Mudabbir unvonlari ichra aqlga ko’rsatar.
Endi ey inkor qiluvchi johil va ey g’ofil gunohkor! Bu hakiymona, basirona, rahiymona faoliyatni nima bilan izoh eta olasan? Garang tabiat ilami, ko’r quvvat ilami, esi yo’q tasodif ilami, ojiz va jonsiz sabablar ilami izoh eta olasan?...

Ikkinchi Deraza
Ashyolar vujud va tashahhusotlarida nihoyatsiz imkonot yo’llari ichra beqaror, hayron, shaklsiz bir suratda ekan, birdaniga g’oyat muntazam, hakiymona shunday bir tashahhusi vajhiy beriladiki, masalan har bir insonning yuzida butun insonlarga nisbatan har birisiga qarshi bittadan farqli alomat u kichik yuzda bo’lgani va zohir va botin tuyg’ulari ila mukammal hikmat ila jihozlangani jihat ila u yuz g’oyat porloq bir Ahadiyat muhri bo’lganini isbot etar. Har bir chehra yuzlab jihatdan bir Sone`i Hakiymning mavjudligiga shahodat va vahdatiga ishora etgani kabi, barcha yuzlarning hay`ati majmuasi ila ko’rsatib turganlari u muhr butun ashyolarning Xoliqiga maxsus bir tamg’a ekanini aql ko’ziga ko’rsatadi.
Ey inkor qiluvchi! Hech bir jihat ila taqlid qilib bo’lmaydigan shu muhrlarni va majmuidagi porloq Samadiyat muhrini qaysi dastgohga havola eta olasan?...

Uchinchi Deraza
Zamin yuzida to’rt yuz ming turli-tuman toifadan(Izoh) tashkil topgan butun hayvonot va o’simlik navlarining qo’shini, ko’rib turganimizdek boshqa-boshqa ozuqalari, suratlari, qurollari, liboslari, ta`limlari, xizmatdan ozod qilinishlari mukammal mezon va intizom ila hech bir narsa unutilmasdan, hech birini chalkashtirmasdan bir suratda tadbir va tarbiya etmoq shunday bir muhrdirki, hech bir shubha qabul qilmas, Quyosh kabi porloq bir Vohidi Ahad muhridir. Hadsiz bir qudrat va muhit bir ilm va nihoyatsiz bir hikmat Sohibidan boshqa kimning haddi borki, u hadsiz darajada g’aroyib bo’lgan shu boshqaruvga aralasha olsin. Chunki shu bir-biri ichida aralashgan navlarni, millatlarni umumini baravariga boshqarib tarbiyalay olmagan ularning biriga aralashsa, albatta chalkashtirib yuboradi. Holbuki, فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَى مِنْ فُطُورٍ ning siri ila, hech bir chalkashlik alomati yo’qdir. Demakki, hech bir barmoq aralasha olmaydi.

To’rtinchi Deraza
Iste`dod tili ila barcha urug’lar tarafidan va fitriy ehtiyoj tili ila butun hayvonlar tarafidan va nochorlik tili ila butun bechoralar tarafidan qilingan duolarning maqbuliyatidir.
Xullas, bu nihoyatsiz duolarning ko’zimiz o’ngida qabul va ijobat bo’lishining har biri vujubga va vahdatga shahodat va ishora qilgani kabi, majmui buyuk bir miqyosda yaqqol tarzda bir Xoliqi Rahiym va Kariym va Mujibga dalolat etar va qaratar.
----------------------------------------------------------------
(Izoh) Hatto u toifalardan bir qismi borki, bir yildagi soni Odam (A.S.) zamonidan qiyomatga qadar vujudga kelgan barcha inson sonidan ziyodadir.
Аудио мавжуд эмас