So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 432
(428-452)
Sakkizinchi Deraza
Navi bashardagi butun nuroniy ruh sohiblari bo’lgan Anbiyolar (Alayhimussalom) oshkora va zohir mo’jizalariga tayanib hamda barcha munavvar qalblarning qutblari bo’lgan avliyolar kashf va karomatlariga tayanib hamda barcha ziyoli aql arboblari bo’lgan asfiyolar izlanishlariga tayanib birgina Vohidi Ahad, Vojib-ul Vujud, Xoliqi Kulli Shayning vujubi vujudiga va vahdatiga va mukammal rububiyatiga shahodatlari juda buyuk va nuroniy bir derazadir. Ham har vaqt o’sha rububiyat maqomini ko’rsatmoqdadir. Ey bechora munkir! Kimga ishonmoqdasanki, bularni tinglamayotirsan? Va yoxud kunduz payti ko’zingni yummoq ila dunyoni tun bo’ldi deb o’ylayotirsanmi?

To’qqizinchi Deraza
Koinotdagi butun ibodatlar yaqqol tarzda bir Ma`budi Mutlaqni ko’rsatadi. Ha, botin va ruhlar olamiga borgan va ruhoniy va maloikalar ila ko’rishgan zotlarning shahodatlari ila borligi isbot bo’lgan barcha ruhoniy va maloikalarning mukammal itoat ila ubudiyatlari va shubhasiz barcha jonzotlarning mukammal intizom ila ubudiyatkorona vazifalar bajarishlari va shubhasiz unsurlar kabi barcha jonsiz moddalarning mukammal itoat ila ubudiyatkorona xizmat qilishlari bir Ma`budi Bilhaqning vujubi vujudini va vahdatini ko’rsatgani kabi, har bir toifasi ijmo` va tavotur quvvatini toshigan barcha oriflarning haqiqatli ma`rifatlari, butun shokirlar toifasining samarador shukrlari va butun zokirlarning fayzli zikrlari va butun homidlarning ne`mat ortirgan hamdlari va butun muvahhidlarning burhonli tavhidlari va vasflari va butun sevganlarning haqiqiy muhabbat va ishqlari va butun muridlarning sodiq iroda va rag’batlari va butun muniblarning jiddiy talab va tavbalari yana Ma`ruf, Mazkur, Mashkur, Mahmud, Vohid, Mahbub, Marg’ub, Maqsud bo’lgan u Ma`budi Azaliyning vujubi vujudini va mukammal rububiyatini va vahdatini ko’rsatgani kabi, komil insonlardagi butun maqbul ibodatlarning va u maqbul ibodatlarning natijasida hosil bo’lgan fayzlar va munojot, mushohadalar va kashfiyotlar yana u Mavjudi Lamyazal va u Ma`budi Loyazalning vujubi vujudini va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatar. Xullas, shu uch jihatda ziyodor buyuk bir deraza vahdoniyatga ochilar.

O’ninchi Deraza

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَاَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِهِ وَسَخَّرَ لَكُمُ اْلاَنْهَارَوَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَائِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَآتَيكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللّهِ لاَ ُتحْصُوهَا
Shu koinotdagi mavjudotlarning bir-biriga yordamlashishi, qarshilikli javob berishi, bir-biriga tayanishi ko’rsatadiki, umum maxluqot birgina Murabbiyning tarbiyasidadirlar, birgina Mudabbirning idorasi ostidadirlar, birgina Mutasarrifning tasarrufi ostidadirlar, birgina Sayyidning xizmatkoridirlar.
Chunki zamindagi tirik jonzotlarning hayoti uchun lozim bo’lgan zaruratlarni Allohning amri ila pishirgan Quyoshdan va taqvimlik qilgan Oydan tortib, to ziyo, havo, suv va ozuqalarning jonzotlar tomon madadga chopishi va o’simliklar esa hayvonlar tomon madadga chopishi va hayvonlar esa insonlar tomon madadga chopishi, hatto badan a`zolarining bir-biri tomon madadga chopishlari va hatto taom zarralarining badan hujayralari tomon madadga chopishiga qadar joriy bo’lgan bir yordam dasturi ila jonsiz va ongsiz bo’lgan shu yordamchi mavjudotlar bir karam qonuni, bir shafqat qoidasi, bir rahmat dasturi ostida g’oyat hakiymona, kariymona bir-biriga yordam qilmog’i, bir-birining ehtiyojiga javob bermog’i, bir-birini quvvatlamog’i, albatta yaqqol tarzda yakkayu-yagona Vohidi Ahad, Fardi Samad, Qodiyri Mutlaq, Aliymi Mutlaq, Rahiymi Mutlaq, Kariymi Mutlaq bir Zoti Vojib-ul Vujudning xizmatkorlari va ma`murlari va san`at asarlari ekanini ko’rsatadi.Xullas ey bechora, xonavayron falsafachi! Bu muazzam derazaga nima deya olasan? Sening tasodifing bunga aralasha oladimi?
Аудио мавжуд эмас