So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 434
(428-452)
O’n To’rtinchi Deraza

قُلْ مَنْ بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ عِنْدَنَا خَزَآئِنُهُ مَا مِنْ دَآبَّةٍ اِلاَّ هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا اِنَّ رَبّىِ عَلَى كُلّ ِشَيْءٍ حَفِيظٌ
sirlariga ko’ra, har bir narsa har narsasida va har bir ishida birgina Xoliqi Zuljalolga muhtojdir. Ha, koinotdagi mavjudotlarga qarab ko’ramizki:
Mutlaq zaiflik ichra mutlaq bir quvvat namoyon bo’ladi. Va mutlaq ojizlik ichra mutlaq bir qudratning asari ko’rinadi. Masalan, o’simliklarning urug’lari va ildizlaridagi hayot negizlarining uyg’onish vaqtida ko’rsatgan ajib vaziyatlari kabi.
Ham mutlaq faqirlik va quruqlik ichra mutlaq bir boylik namoyon bo’ladi. Qishdagi tuproqning va daraxtlarning faqirona vaziyatlari va bahorda dabdabali sarvat va boyliklari kabi.
Ham mutlaq jonsizlik ichra mutlaq hayotning sizib chiqayotgani ko’rinadi. Jonsiz unsurlarning hayotdor moddalarga aylanishi kabi.
Ham mutlaq johillik ichra keng bir idrokning namoyon bo’lishi ko’rinadi. Zarralardan yulduzlarga qadar har bir narsaning harakatlarida — olam nizomlariga va hayot qonunlariga va hikmat talablariga muvofiq harakat qilishlari va idrokli tarzdagi vaziyatlari kabi.
Xullas, bu ojizlikdagi qudrat va zaiflikdagi quvvat va faqirlikdagi sarvat va boylik va jonsizlik va johillikdagi hayot va idrok, yaqqol tarzda va zarurat darajasida, bir Qodiyri Mutlaq va Qaviyi Mutlaq va G’aniyi Mutlaq va Aliymi Mutlaq va Hayyi Qayyum bir Zotning vujubi vujudiga va vahdatiga qarata har tarafdan derazalar ochadi. Jami bir bo’lganda esa buyuk bir miqyosda nuroniy bir yo’lni ko’rsatadi.
Xullas, ey tabiat botqog’iga tushgan g’ofil! Agar tabiatni tashlab Ilohiy qudratni tanimasang, har bir narsada, hatto har bir zarrada hadsiz bir quvvat va qudrat va nihoyatsiz bir hikmat va mahorat, balki barcha ashyolarni ko’radigan, biladigan, boshqaradigan bir iqtidor bor deb qabul qilish lozim bo’ladi.

O’n Beshinchi Deraza
اَلَّذِى اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ siriga ko’ra har bir narsaga uning mohiyatidagi qobiliyatiga ko’ra mukammal mezon va intizom ila bichilib, chiroyli san`at ila tartibga solinib, eng qisqa yo’lda, eng go’zal suratda, eng oson tarzda iste`mol qilish jihatidan eng qulay bir shaklda (masalan qushlarning liboslariga va har vaqt patlarini osonlik bilan o’ynatishlariga va iste`mol qilishlariga boq), ham isrofsiz hikmatli bir tarzda vujud bermoq va surat kiydirmoq ashyolar adadicha tillar bilan bir Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga shahodat va bir Qodiyri Aliymi Mutlaqqa ishora etadilar.

O’n Oltinchi Deraza
Ro’yi zaminda mavsum-bamavsum yangilanib turgan maxluqotlarning ijodi va tadbiridagi intizom va tartiblar yaqqol tarzda umumiy bir hikmatni ko’rsatadi. Sifat egasiz bo’lmaganidek, albatta bu umumiy hikmat, zarurat darajasida bir Hakiymning mavjudligini ko’rsatadi.
Ham yana u hikmat pardasi ichra ajoyib ziynatlar, yaqqol tarzda nuqsonsiz bir inoyatni ko’rsatadi. Va u nuqsonsiz inoyat zarurat darajasida inoyatkor bir Xoliqi Kariymni ko’rsatadi.
Va u inoyat pardasida barchaga tegishli bir iltifotlar va ehsonlar yaqqol tarzda keng bir rahmatni ko’rsatadi. Va u keng rahmat zarurat darajasida bir Rahmoni Rahiymni ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас