So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 437
(428-452)
Va shu nihoyat darajadagi intizom va hikmat doirasidagi ishlar, yaqqol tarzda unvonlari va ismlari mukammal bo’lgan bir foilni ko’rsatadi. Chunki muntazam, hakimona faoliyatlar foilsiz bo’lmasligi qat`iyan ma`lum.
Va nihoyatda mukammal unvonlar u foilning nihoyatda mukammal sifatlaridan dalolat beradi. Chunki sarf ilmiga ko’ra, qandayki ismi foil masdardan yasaladi. Xuddi shuningdek, unvonlarning va ismlarning ham o’zaklari va negizlari sifatlardir.
Va nihoyatda mukammal sifatlar, shubhasiz nihoyatda mukammal bo’lgan zotiy shuunotlarga dalolat qiladi.
Va zotiy qobiliyat esa biz ta`riflay olmagan u mukammal zotiy shuun, haqqalyaqiyn darajasida hadsiz kamolot egasi bo’lgan bir Zotdan dalolat beradi.
Xullas, butun olamdagi san`at asarlari va butun maxluqot, har biri bittadan mukammal asar bo’lgani tufayli, har biri bir ishga va ish esa ismga, ism esa vasfga, vasf esa xususiyatga, xususiyat esa Zotga shahodat etganlari uchun, koinotdagi san`at asarlari adadicha birgina Sone`i Zuljalolning vujubi vujudiga shahodat va ahadiyatiga ishora qilganlari kabi, jami birlashib, maxluqotlar silsilasi qadar quvvatli bo’lgan bir ma`rifat me`rojini tashkil qiladi. Hech bir jihatda shubhaga o’rin qolmagan chambarchas haqiqatning bir hujjati bo’ladi.
Endi ey bechora inkor qiluvchi g’ofil! Koinot silsilasi qadar quvvatli shu hujjatni nima bilan sindira olasan? Shu san`atlar adadicha haqiqat shu`lalarini ko’rsatgan hadsiz tuynukli va qafasli shu derazani nima bilan berkita olasan? Ustiga qaysi g’aflat pardasini torta olasan?

O’n To’qqizinchi Deraza
تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ siriga ko’ra Sone`i Zuljalol samovotdagi jismlarga shu qadar hikmatlar, ma`nolar berganki, go’yo jalol va jamolini ifodalab ko’rsatish uchun samovotni quyoshlar, oylar, yulduzlar kalimalari bilan bezagani kabi, havo olamidagi mavjudotlarga ham shunday hikmatlar va ma`nolar va maqsadlar berganki, go’yo u havo olamini chaqmoqlar, yashinlar, momaqaldiroqlar, yomg’ir tomchilari kalimalari bilan nutqqa keltiradi. Va mukammal hikmatini va rahmati jamolini dars beradi. Va qandayki yer yuzini hayvonot va o’simliklar deb atalmish ma`nodor kalimalar ila tilga kiritib, san`atining kamolotini koinotga qanday ko’rsatayotgan bo’lsa. Shuningdek, ul yer yuzining bittadan kalimasi bo’lmish o’simliklarni va daraxtlarni ham yaproqlar, chechaklar, mevalar kalimalari ila nutqqa keltirib, yana san`ati mukammalligini va rahmati jamolini e`lon etadi. Va har biri bittadan kalima bo’lmish chechaklaru mevalarni ham mayda urug’lar kalimalari ila so’zlatib, san`atining nozik sirlarini va mukammal rububiyatini idrok ahliga ta`lim beradi.
Xullas, bu hadsiz tasbeh kalimaliri ichida faqat birgina nihol va birgina chechakning ifoda tarziga quloq solib tinglab ko’ramiz. Qanday shahodat berar ekan, bilamiz.
Ha, har bir o’simlik, har bir daraxt juda ko’p tillar bilan Sone`larini shunday ko’rsatadiki, diqqat ahlini hayratga soladi. Va e`tibor berganlarga "Subhanalloh! Naqadar go’zal shahodat berayotir!" dediradi.
Ha, har bir o’simlikning gullash paytida va nihol berish onida tabassumkorona ma`naviy so’zlashuvlari hangomidagi tasbehlari o’zlaridek go’zal va zohirdir. Chunki har bir chechakning chiroyli og’zi bilan va muntazam niholning tili bilan va mavzun urug’larning va muntazam donlarning kalimalari bilan hikmatni ko’rsatgan u nizom, ko’rinib turganidek, ilmni ko’rsatgan bir mezon ichradir. Va u mezon esa san`atning mahoratini ko’rsatgan bir san`at naqshi ichidadir.
Аудио мавжуд эмас