So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 436
(428-452)
Ham yana, ahamiyatsizlikni, qiymatsizlikni taqozo qilgan g’oyatda mo’llik va nihoyatda arzonlik ham yer yuzida masnu`ot va san`at jihatidan nihoyat daraja qiymatdor va qimmatli bir kayfiyatda ko’rinadi.
Mana, u hadsiz san`at ajoyibotlari ichra yer yuzining Rahmoniy dasturxonida faqatgina qudrat qandalat mahsulotlari bo’lmish tut navlariga boq! Mukammal rahmat ichra mukammal san`atni ko’r.
Xullas, butun ro’yi zaminda g’oyat qiymatdorlik bilan birga hadsiz arzonlik; va hadsiz arzonlik ichra hadsiz yaqinlik va aralash-quralashlik bilan birga hadsiz imtiyoz va ajralish;
va hadsiz imtiyoz va ajralish ichra bir-biridan g’oyat uzoqlik bilan birga nihoyat daraja muvofiqlik va o’xshashlik;
va nihoyat daraja o’xshashlik ichra g’oyat daraja yengillik va osonlik bilan birga nihoyatda ahamiyat berib yaratilish;
va g’oyatda go’zal yaratilish ichra mutlaq sur`at va tezlik bilan birga g’oyatda mavzun va mezonli va isrofsizlik;
va g’oyat daraja isrofsizlik ichra nihoyatda ko’plik va mo’llik bilan birga nihoyat daraja san`at go’zalligi;
va nihoyat daraja san`at go’zalligi ichra nihoyatda sahovat bilan birga mutlaq intizom;
albatta kunduz yorug’likni, yorug’lik Quyoshni ko’rsatganidek bir Qodiyri Zuljalolning, bir Hakiymi Zulkamolning, bir Rahiymi Zuljamolning vujubi vujudiga va mukammal qudratiga va rububiyati jamoliga va vahdoniyatiga va ahadiyatiga shahodat etadilar. لَهُ اْلاَسْمَآءُ الْحُسْنَى ning sirini ko’rsatadilar.
Endi ey bechora johil, g’ofil, qaysar, noshud inson! Bu azim haqiqatni qanday tafsir qila olasan? Bu nihoyat darajada mo’`jiza va ajoyib vaziyatni qanday izohlay olasan? Bu hadsiz daraja ajib san`atlarni nimaga bog’lay olasan? Yer yuzi kengligidagi shu derazani qaysi g’aflat pardasi bilan berkita olasan? Sening tasodifing qayoqda? Sen tabiat deb ishongan ongsiz yo’ldoshing va zalolatda tayanching va oshnang qayoqda? Bu ishlarga tasodifning aralasha olmog’i yuz daraja amri-mahol emasmi? Va shu g’aroyib ishlarning mingdan birini tabiatga havola qilish ming daraja amri-mahol bo’lmaydimi?
Bo’lmasa jonsiz, ojiz tabiatning har bir narsaning ichida u narsadan yasalgan ashyolar adadicha ma`naviy uskuna va matbaalari bormi?

O’n Sakkizinchi Deraza
اَوَلَمْ يَنْظُرُوا فِى مَلَكُوتِ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ
Yigirma Ikkinchi So’zda izoh etilgan shu misolga boqki: Qandayki mukammal, muntazam, san`atli saroydek bir asar yaqqol tarzda muntazam bajarilgan ishdan dalolat berar. Ya`ni, bir bino binokorlikdan dalolat berar. Va mukammal, muntazam bajarilgan ish, zarurat darajasida mukammal bir foildan va mohir bir ustadan, bir binokordan dalolat berar. Va mukammal usta va binokor unvonlari, yaqqol tarzda mukammal bir sifatdan, ya`ni hunar malakasidan dalolat berar. Va mukammal sifat va u hunar malakasi, yaqqol tarzda mukammal bir iste`dodning mavjudligidan dalolat berar. Va mukammal bir iste`dod esa, oliy bir ruh va yuksak bir zotning mavjudligidan dalolat berar.
Xuddi shuningdek, zamin yuzini, balki koinotni to’ldirgan yangilanib turuvchi asarlar, yaqqol tarzda g’oyat mukammal faoliyatni ko’rsatmoqda.
Аудио мавжуд эмас