So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 433
(428-452)
O’n Birinchi Deraza
اَلاَ بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ Barcha ruhlar va qalblarning zalolatdan kelib chiqqan iztiroblari va halovatsizligi va iztiroblardan kelib chiqqan ma`naviy alamlaridan qutulmog’i birgina Xoliqni tanimoq ila bo’ladi. Butun mavjudotni birgina Sone`ga berish bilan najot topadilar. Birgina Allohni zikr qilish bilan halovat topadilar.
Chunki hadsiz mavjudotning ijodi birgina Zotga berilmasa, Yigirma Ikkinchi So’zda qat`iy isbotlanganidek, u vaqt har bir narsani hadsiz sabablarga bog’lash lozim bo’ladiki, u holda bir narsaning vujudga kelishi umum mavjudot qadar mushkul bo’ladi. Chunki Allohga bersa, hadsiz narsalarni bir zotga beradi. Unga bermasa, har bir narsani hadsiz sabablarga berishga to’g’ri keladi. U payt bir mevaning ijodi koinot qadar mushkullik paydo qiladi, balki undan ham mushkulroq bo’ladi.
Chunki, misol uchun bir askar yuz xil odamning qo’liga topshirilsa, uni boshqarish yuz barobar mushkullashadi. Ammo yuzta askar bir zobitning qo’liga topshirilsa, bir askarchalik osonlashadi. Xuddi shuningdek, turli xildagi ko’p sabablarning birgina narsani ijod qilishda ittifoqlari yuz daraja mushkuldir. Ammo juda ko’p ashyoning ijodi birgina zotga berilsa, yuz daraja osonlashadi.
Xullas, inson mohiyatidagi tashvishlanish va haqiqatni izlash jihatidan kelgan nihoyatsiz alamdan qutqaruvchi narsa faqatgina Xoliq tavhidi va Allohning ma`rifatidir. Modomiki kufrda va shirkda nihoyatsiz mushkulliklar va qiyinchiliklar bor ekan, albatta u yo’l amri-maholdir, haqiqati yo’qdir. Modomiki tavhidda mavjudotning yaratilishidagi osonlikka va ko’plikka va san`atning go’zalligiga muvofiq nihoyatsiz osonlik va yengillik bor ekan, albatta ul yo’l zaruriydir, haqiqatdir.
Xullas, ey badbaxt zalolat ahli! Zalolat yo’li naqadar qorong’i va alamli ekaniga boq! Seni u yo’ldan yurishga nima majbur qiladi? Ham yana boq, iymon va tavhid yo’li naqadar yengil va sog’lom. U yo’lga kir, qutul!

O’n Ikkinchi Deraza
سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ اْلاَعْلَى اَلَّذِى خَلَقَ فَسَوَّى وَالَّذِى قَدَّرَ فَهَدَى
siriga ko’ra umum ashyolarda, xususan hayotdor san`at asarlarida hikmatli bir qolipdan chiqqanga o’xshash, har narsaga hikmat ila muntazam bir miqdor va surat berilgani hamda u surat va u miqdorda manfaat va foydalarni ko’zlagan egri-bugri hududlarning borligi; ham hayotlari davomida o’zgartirgan liboslarning surati va miqdorlari, ham yana foydalarga muvofiq bir tarzda hayotiy o’lchovlardan tarkib topgan ma`naviy va muntazam bittadan suratning, bittadan miqdorning borligi yaqqol tarzda ko’rsatadiki, bir Qodiyri Zuljalolning va bir Hakiymi Zulkamolning taqdir doirasida suratlari va bichimlari tuzilgan va qudratning dastgohida vujudlari berilgan u hadsiz san`at asarlari u Zotning vujubi vujudiga dalolat va vahdatiga va mukammal qudratiga hadsiz tillar ila shahodat etadilar.
Sen o’z jismingga va a`zolaringga va ulardagi egri-bugri yerlarning mevalariga va foydalariga boq! Mukammal hikmat ichra mukammal qudratni ko’r!

O’n Uchinchi Deraza
وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ siriga ko’ra har narsa o’ziga xos til bilan Xoliqini yod etadi, muqaddas tutadi. Ha, butun mavjudotning aytgan va holati bilan ifoda etgan tasbehlari bir Zoti Muqaddasning mavjudligini ko’rsatadi. Ha, fitratning shahodatini rad qilib bo’lmaydi. Holat, xususan ko’p jihatlar bilan dalolat qilsa, shubhaga o’rin qolmaydi. Boq, hadsiz fitriy shahodatlarni o’zida jamlagan va son-sanoqsiz tarzlarda holati bilan dalolat qilgan va bir-biri ichiga kirgan doiralar kabi bir markazga qaragan shu mavjudotlarning muntazam suratlarining har biri bittadan tildir. Va mavzun vaziyatlarining har biri bittadan shahodat tilidir. Va mukammal hayotlarining har biri bittadan tasbeh o’quvchi tildirki, Yigirma To’rtinchi So’zda qat`iy isbotlangani kabi, barcha u tillar bilan juda zohir bir suratda o’qiyotgan tasbehotlari va tahiyyotlari va yagona muqaddas Zotga keltirgan shahodatlari, ziyo quyoshni ko’rsatganidek, bir Zoti Vojib-ul Vujudni ko’rsatadi. Va mukammal uluhiyatiga dalolat qiladi.
Аудио мавжуд эмас